QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINASOZLIGIDAGI INNOVATSION YECHIMLAR – MUTAXASSISLAR MUHOKAMASIDA 📈

Toshkent shahrida “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi.

Anjumanda onlayn-rejimda Xitoy, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Qozog‘iston va Tojikistondan olimlar, ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etdi. Anjuman ishtirokchilari o‘z ma'ruzalarida aqlli mexanizatsiya, zamonaviy, resurstejamkor ixcham texnikalarni yaratish ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma'lumotlar berdi.

Konferensiya ishtirokchilari sohada yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf qilish yuzasidan o‘zlarining ilmiy asoslangan takliflarini o‘rtaga tashladi.

#mashinasozlik #texnika #konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM