QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
PUSHTI ANANAS YARATISH UCHUN OLIMLARGA 16 YIL KERAK BO‘LDI

🍍Tadqiqotchilar “qo‘g‘irchoq” tropik meva yaratish ustida qariyb yigirma yil ish olib bordilar va nihoyat, bunga muvaffaq bo‘lganlarini e'lon qildilar.

Dunyoda birgina Del Monte kompaniyasi pushti ananas yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ular Kosta-Rika plantatsiyalarida, oddiy ananaslar bilan o‘sadi. G‘ayrioddiy rangga erishish uchun mevaning genetik kodiga aralashishga to‘g‘ri keldi. Gen muhandislari pomidor va tarvuzlarning qizil rangda bo‘lishiga javob beruvchilikopin miqdorini oshirdilar, buning evaziga anans pushti tus oldi. Rangdan tashqari, mevaning ta'mi ham biroz o‘zgardi – pushti ananas “sherik”lariga qaraganda ancha shirinroq chiqdi.

Kompaniya pushti ananas yaratish ustida ishlashni 2005-yildayoq boshlagandi.
Biroq AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari ustidan nazorat boshqarmasi mevani sotishni yaqindagina ma'qulladi. Tez orada okean ortida pushti ananas do‘konlar rastalaridan joy oladi.

#bu_qiziq #pushti_ananas

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍅Pomidor – mazali sabzavot, shuning barobarida barcha taomlarning qariyb yarmining tarkibiga kiruvchi masalliq. Pomidorlar dunyoning ko‘plab o‘lkalarida sevib iste'mol qilinadi – ularning yoqimli ta'mi va foydali xususiyati bu mahsulotni allaqachon favqulodda ommabop qilib yuborgan. U haqda bir nechta qiziq faktlar bilan o‘rtoqlashamiz.

🔴Pomidor – eng talabgir sabzavotlardan biri. Har yili dunyoda 60 million tonnadan ortiq pomidor yetishtiriladi.
🔴Pomidorning 10 000 dan ziyod turi mavjud. Eng maydasi atigi 2 sm diametrga ega bo‘lsa, eng katta turi qariyb 1,5 kilogramm keladi.
🔴Serotonin – “baxt gormoni” ko‘p miqdorda mavjudligi sababli, pomidorning kayfiyatni ko‘tarish xususiyati shokoladnikidan qolishmaydi.
🔴Pomidorning ayrim navlarida olimlar 24 tagacha foydali mikroelementlar aniqlashgan.
🔴Pomidor 95% suvdan iborat.
🔴Bir stakan pomidor sokida immunitetni faol tiklovchi C vitamini va A vitamini kunlik me'yorining yarmi mavjud.
🔴Gretsiya va Italiyada pomidorlar muzeylari faoliyat yuritadi.
🔴Ayrim pomidorlar o‘zlarining tashqi ko‘rinishlari yoki ta'mlarini aks ettiruvchi noyob nomlarga ega. Masalan, “Qora shahzoda” pomidori to‘q binafsharang bo‘lsa, “Yirik zebra” yashil va sariq yo‘l-yo‘l tusga ega.
🔴Har yil yoz oxirida Bunol shahrida pomidorlar sharafiga bayram o‘tkaziladi, u “La Tomatina” deb ataladi. Bayramga ko‘plab shaharlardan mehmonlar keladi va pomidorlar jangida qatnashadi.

#bu_qiziq #pomidor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Olma – eng foydali, mazali va hamyonbop mevalardan. Buni hamma biladi. Ammo turli rangdagi olmalarning xususiyatlari ham bir-biridan farq qilishini ko‘pchilik bilmaydi. Turli tusga ega olmalar turfa xil foydali xossalarga ega bo‘lib, ularni tanlashda quyidagi jihatlarga e'tibor berish lozim:

Yashil olma
– parhyezbop va allergiklar uchun foydali. Bundan tashqari, yashil olma zararli bakteriyalar ko‘payishining oldini olishi va ovqat hazm qilish tizimining ishini yaxshilashi mumkin.

Qizil olma – hujayralarni bevaqt qarishdan himoya qiladi. Qizil olmaning po‘sti C vitaminiga boy, u yurak-qon tomiri tizimi salomatligi uchun foydali.

Sariq olma – jigar va o‘t qopining faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

#Bu_qiziq #olma

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerni kuzgi haydash – u nima uchun zarur?

Tuproqqa ishlov berish – muhim agrotexnik tadbir. Yerni ekin mavsumiga sifatli tayyorlash ekinlar hosildorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari nobud bo‘lishini kamaytirish imkonini beradi. Yer haydash foydasi haqida so‘z yuritamiz.

🔸 Yer haydash – bu tuproqqa maxsus usulda ishlov berishdir: yer qatlami taxminan 20 sm chuqurlikda ag‘dariladi, maydalanadi, qumoqlashtiriladi va plug yordamida aralashtiriladi. Shaxsiy va kichik fermerlik xo‘jaliklarida pluglar qo‘lbola bo‘ladi yoki kultivatorga ulanadi, ishlab chiqarish ko‘lamlarida plug qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘rnatiladi.

Yer haydalishi qator afzallikka ega: yer kislorodga boyiydi, unda o‘simliklar tezroq va baquvvatroq o‘sadi; kemiruvchilar va hasharotlarning yer osti yo‘llari buziladi; tuproq eroziyasining oldi olinadi; begona o‘tlarni yulish jarayoni osonlashadi, chunki ularning ildizlari yuzaga chiqib qoladi; yerning sho‘rlanishi darajasi kamayadi.

Kuzgi yer haydalishi begona o‘tlar ildizlari va yer ostida yashovchi bakteriyalar hamda zararkunandalarni yuzaga chiqaradi. Ular sovuqda halok bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik vaqtida, yer suvsizlanishining oldini olish maqsadida, yerni haydamagan ma'qul

#bu_qiziq #yer_haydash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Anor haqida nimalarni bilamiz?

Hozir yurtimizda anor gʻarq pishgan payt. Anorning o'ziga xos shirin va nordon  ta'midan bahramand bo'lishning ayni vaqti.  Bunday paytda anor haqidagi qiziqarli faktlarni bilib olish zarar qilmaydi.

Anor pishib yetilishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.  Yozdan kuzgacha daraxt mo'l-ko'l gullaydi, lekin gullarning aksariyati toʻkilib ketadi.  Saqlanib qolgan mevalari esa 120-160 kun ichida pishib etiladi.  Pishganidan so'ng, meva namlikni yo'qotishni boshlaydi va osti yorila boshlaydi.

26- oktyabr Ozarbayjonda anor kuni.  Bu katta milliy bayram bo'lib, har bir kishi yangi hosildan yangi anor mevalari va  sharbatidan  tatib ko'radi.  Darvoqe, Ozarbayjon anorning barcha navlari yetishtiriladigan  yagona mamlakat.

Ba'zi mamlakatlarda anor bilan bog'liq maxsus an'analar ham  mavjud.  Misol uchun, Armanistonda to‘ydan oldin qiz nechta farzandli bo‘lishini bilish uchun devorga anor otadi. Anor donalarining sochilishini tasavvur qiling ... Lekin Xitoyda anor boylikni anglatadi, shuning uchun ular to'y sovg'asi sifatida anor tasvirlangan rasmlarni berishadi.

#bu_qiziq #anor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA DRONLAR

Uchuvchisiz uchish apparatlari dronlar hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishi tufayli fermer xo‘jaliklarining unumdorligini oshirishi e’tirof etilmoqda. Bu kabi ishlar dronlar yordamida an'anaviy usullardan ko‘ra arzonroq, tezroq va aniqroq amalga oshiriladi.

Dronlar dalalar va ekinlar holatini kuzatish samaradorligini oshiradi. Dronlar tufayli ko‘proq ma'lumot to‘plash va qayta ishlash tezroq amalga oshirilishi mumkin, bu esa hosildorlik va rentabellikni oshirishga olib keladi. Dronlardan foydalanishga o‘tish fermerlarni maxsus o‘lchash asboblari yordamida dala bo‘ylab mashaqqatli sayr qilishdan qutqaradi, shuningdek, istalgan vaqtda ekinlar holati to‘g‘risida ma’lumot to‘plashda yordam beradi.

Dronlarning yana bir muhim afzalligi - bu maydonlarni xaritalash va hududlarni belgilash qobiliyatidir. Agar siz aerofotosurat yordamida yer maydonlarining chegarasini aniqlasangiz, natija aniqroq bo‘ladi va kam vaqt sarflaysiz. Olingan ma'lumotlar qayta ishlanishi va batafsil elektron xaritalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin.

Dronlarning dizayni juda oddiy. Bundan tashqari, ularning parvozlari uchun maxsus ob-havo sharoitlari talab qilinmaydi. Qurilma ma'lum bir marshrut bo‘ylab aniq harakat qiladi, bu sizga ishning yuqori sifati va unumdorligini saqlashga imkon beradi. Ko‘pgina dronlar batareyada ishlaydi. Shu bois, qurilmalar chiqindi gazlar bilan atrof-muhitni ifloslantirmaydi.

#dron #qishloq_xojaligi #bu_qiziq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shakar olma haqida eshitganmisiz? 

Noina- shakar olma noodatiy meva bo'lib, uning o'xshashi yo'q va bizga tanish bo'lgan mevalarning hech biriga o'xshamaydi. 

Noinaning mevalari olma kattaligida, yashil rangda.

Mevaning ta'mi juda yoqimli, shirin aromatik magʻzi va loviya o'lchamidagi ko'plab qattiq urug'lari mavjud.  Pishmagan mevasining tuzilishi qattiq va umuman mazali emas, qovoqqa o'xshaydi.  Shuning uchun, bozorda pishmagan mevasini sotib olib, tatib ko'rgan ko'plab sayyohlar uni yoqtirmay, iste'mol qilishdan bosh tortishadi.  Ammo uni bir-ikki kun saqlasangiz, u pishib, juda mazali bo'ladi.  Pishganligini aniqlash uchun siz qobig'iga sal bosishingiz kerak. Bemalol bosilsa, meva pishgan bo'ladi.  Agar siz uni muddatidan oldin "ochsangiz", u pishib yetilishdan oldin yomon holatga kelishi mumkin.

Po‘stlog‘ini yeb bo‘lmaydi va uni tozalash juda noqulay.  Agar meva pishgan bo'lsa, unda mevani ikkiga bo'lgandan keyin mag'zini qoshiq bilan yeyish mumkin. To'liq pishgan yoki biroz pishgan mevalar sizning qo'lingizda tom ma'noda parchalanib ketadi.

Pishgan, mazali noinani tanlash uchun, birinchi navbatda, uning yumshoqligiga e'tibor berish kerak (yumshoq mevalar ko'proq pishgan boʻladi).

Meva C vitamini, aminokislotalar va kalsiyga boy.
Mavsumi: iyundan sentyabrgacha.

#bu_qiziq #shakar_olma #noina

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Qizil banan haqida eshitganmisiz?

Qizil banan tuzilishi jihatdan oddiy banan kabi ko‘rinadi. Biroq uning sariq banandan bir qancha farqlanuvchi xususiyatlari mavjud. Qizil banan nafaqat rangi, balki taʼmi bilan ham farqlanadi. Taʼmi haqida gapiradigan bo‘lsak, malina va mango taʼmlarining kombinatsiyasiga o‘xshaydi. Ular, shuningdek, sariq banan navlariga qaraganda yumshoqroq va shirinroq.

Qizil bananlarning aksariyati Sharqiy Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika va Birlashgan Arab Amirliklarida ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksport qilinadi. Ular Markaziy Amerikada Afrodizyak sharbatining bir shakli sifatida, shuningdek, unumdorlikni oshirish uchun Hindistonda sevimli bo'lish bilan birga, butun dunyoda sotiladi.

Sariq banan bilan taqqoslaganda, qizil bananda ko‘proq kaliy, beta-karotin va C vitamini mavjud.

#bu_qiziq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔠 🟢🔠🔠🔠🟢❗️

🍎Mazkur olma O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari hududlarida ekiladi. O‘sish davri 220-250 kun, bo‘yi 3-4 metrgacha yetadi.
🌳Bir tupdagi hosil vazni 80-90 kg, bir dona meva vazni esa 100-130 gramni tashkil etadi.
Mevalari yumaloq-yassi shaklda, yashilsimon-sariq rangli, biroz pushti rangdagi xoli bor. 3-4 yilda hosilga kiradi.
📅Avgust oyining oxiri, sentabr oyining boshlarida mevasi to‘liq pishib yetiladi. Nordon-shirin taʼmli bo‘lib, mevasi 30-40 kun davomida saqlanishi mumkin va transportda tashishga chidamli. Intensiv bog‘lar uchun juda maqbul navdir.

🍎Этот сорт выращивается во всех регионах Узбекистана.
Вегетационный период составляет 220-250 дней, высота куста достигает 3-4 метров.
🌳Масса урожая с одного куста составляет 80-90 кг, масса плода – 100-130 грамм. Вступают в урожай через 3-4 года.
Плоды округло-плоской формы, зеленовато-желтые с розовым оттенком.
📅Созревают плоды в конце августа – начале сентября. Вкус кисло-сладкий, плоды могут храниться 30-40 дней, устойчивы к транспортировке.Сорт также подходит для интенсивных садов.

#agro #mantet #olma #bu_qiziq #hosildorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰 😇🥰🥰🥰😇

🍫SHOKOLADLI UZUM (AKEBIA)

🍇Akebia shokoladli tok, besh bargli shokoladli tok yoki besh bargli akebiya sifatida tanilgan. Vatani — Yaponiya, Xitoy, Koreya. AQSHning sharqiy qismida Jorjiya, Michigan, Massachusetsgacha bo‘lgan hududlarda o‘sadi. Akebia ko‘pincha tepaliklarda, to‘siqlarda, daraxtlarda, o‘rmon chetlari, daryolar bo‘yida va tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.

Akebia doimiy yashil buta bo‘lib, bo‘yi 10 metrgacha yetadi. Barglari uchida tishli beshta ellips murakkab shaklda joylashgan.

Poyalari yasmiqsimon kulrang-jigarrang rangda. Gullari shokolad hidli. Mevalar kolbasa shaklidagi dukkaklar bo‘lib, meva eti iste’mol qilinadi.

Meva tarkibining shirin yuza qismi mavjud bo‘lib, asosan Yaponiyada iste’mol qilinadi. Biroz achchiq ta’mga ega qobig‘i ziravor sifatida ishlatiladi. Poyalari savat to‘qishda ishlatiladi.

O‘simlik poyasida taxminan 🥰😇 foiz kaliy tuzlari mavjud bo‘lib, diuretik ta’sirga ega

Bu mevalar ta’mi malinanikiga o‘xshab ketadi, ammo yoqimli shokolad aromasiga ega, shuning uchun bu mevalar shokolodli uzum deyiladi.

#bu_qiziq #uzum #shokolodli_uzum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM