O‘ZBEKISTON - OZARBAYJON: FUNDUK YETISHTIRISH BO‘YICHA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
⚡️O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi davom etmoqda. Bundan biroz avval Ozarbayjon Prezidentining “Zug‘ulba” qarorgohida Davlatimiz rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅Prezidentning davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Agrarko” kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi.
✅Muzokaralar chog‘ida o‘rmon yong‘og‘ini yurtimizda yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha yirik loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
✅Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
#memorandum #funduk #Ozarbayjon
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZDA O‘RMON YONG‘OG‘INI YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILADI
🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Davlatimiz rahbarining Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida o‘zaro manfaatli uchrashuvlar o‘tkazish bilan birga qator agrar soha obyektlarida ham bo‘lib ish jarayoni bilan tanishayotgani haqida xabar bergan edik. Jumladan yurtimizda o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
✅Shu bois Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha Ozarbayjonning shimolida joylashgan “Agrarko” kompaniyasiga qarashli intensiv bog‘da ham bo‘ldi.
✅Vazir Aziz Voitov intensiv bog‘ bilan tanishish jarayonida o‘rmon yong‘og‘ining yangi navlari, ularni yetishtirishda ko‘rsatiladigan agrotexnik tadbirlar, intensiv bog‘ uchun tanlanadigan yer maydoniga qo‘yiladigan talablar haqida ham ozarbayjonlik soha mutaxassislari bilan atroflicha ma'lumot almashdi.
✅Kezi kelganda shuni e'tirof etish kerakki, Ozarbayjonda yiliga 80 ming tonna funduk yetishtiriladi. Bu ko‘rsatkich uni dunyoda 3 o‘ringa olib chiqqan. Mamlakatning 82 ming gektar yeriga o‘rmon yong‘og‘i ekiladi. O‘rtacha hosildorlik gektaridan bir tonnani tashkil qiladi.
#agrarko #vazir #memorandum #intensivbog

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XITOY VA O‘ZBEKISTON OLIYGOHLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK MUNOSABATLARI RIVOJLANMOQDA
🤝Bugun oliy taʼlim tizimida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning ijrosida esa, nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijlik hamkorlarning tajribalaridan keng foydalanish bo‘yicha aniq tizim ishlab chiqilgan.
Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy–O‘zbekiston ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va unda respublikamizning 20 dan ortiq oliy o‘quv yurti vakillari, talabalar ishtirok etishdi.
Jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti (NWAFU) hamda O‘rmon xo‘jaligi universiteti bilan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining bitiruvchi talabalari Xitoydagi oliygohlarda o‘qishini davom ettirishi, ikki tomonlama diplom olishi, olim va o‘qituvchilar esa malaka oshirishi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda.
Tadbir davomida Xitoy delegatsiyasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bir qancha universitet, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan ham kelishuv Memorandumlarini imzolashdi.
#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya #memorandum #oliy_talim_tizimi #TDAU

ITALIYA BILAN QISHLOQ XO‘JALIGIDA ILM-FAN YO‘NALISHIDAGI ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA
🤝 Turli davlat tashkilotlari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish borasida Italiya tajribasini o‘rganish va manfaatli hamkorlik o‘rnatish maqsadida Italiyaga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Viterbo shahrida joylashgan mamlakat qishloq xo‘jaligidagi yetakchi oliy ta’lim dargohi Tushia universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur universitet 8 mingdan ziyod talabalarga qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, o‘rmonchilik, ekologiya, biologiya fanlari va agroturizm yo‘nalishlarida ta’lim beradi.
Muzokaralar yakunida Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va Tushia universiteti o‘rtasida agrar ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv Memorandumi imzolandi. Tomonlar yaqin davr ichida xalqaro ta’lim dasturlari doirasida qo‘shma loyiha ishlab chiqishga kelishdi.
#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya #IAU #TDAU #memorandum
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Tashrif davomida Viterbo shahrida joylashgan mamlakat qishloq xo‘jaligidagi yetakchi oliy ta’lim dargohi Tushia universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur universitet 8 mingdan ziyod talabalarga qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, o‘rmonchilik, ekologiya, biologiya fanlari va agroturizm yo‘nalishlarida ta’lim beradi.
Muzokaralar yakunida Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va Tushia universiteti o‘rtasida agrar ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv Memorandumi imzolandi. Tomonlar yaqin davr ichida xalqaro ta’lim dasturlari doirasida qo‘shma loyiha ishlab chiqishga kelishdi.
#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya #IAU #TDAU #memorandum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 11-oktabr kuni Toshkentda O'zbekiston va Chexiya Qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Chexiya Respublikasi Sanoat va transport ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan birinchi O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Chexiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Marek Vyborniy, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, shuningdek, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi birlashmalari, korxona va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, muloqot o‘rnatish va o‘zaro manfaat keltirishi mumkin bo‘lgan qo‘shma istiqbolli loyihalarni aniqlash uchun platforma yaratish va rivojlantirishdan iborat.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo aloqalari ijobiy o‘sish dinamikasini ko‘rsatmoqda.
Bu ishlarning davomi o‘laroq, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazir hamda Chexiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Marek Vyborniy o‘rtasida anglashuv memorandum imzolandi. Bu esa ikki davlat savdo salohiyatini yanada oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
#biznes_forum #memorandum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM