QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

🔰Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk Britaniyalik professor, xalqaro ekspert Richard Woody tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Oziq-ovqat va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro ekspert tomonidan mavzuga oid quyidagi yo‘nalishlarda huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, savol-javoblar o‘tkaziladi:

🔴Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi / oziq-ovqat xavfsizligi (FS);
🔴Oziq-ovqat biznesi /Oziq-ovqat biznesi operatori (FBO);
🔴Oziq-ovqat mahsulotlarini bozorda joylashtirish;
🔴Oziq-ovqat zanjirida xavf tahlili.
*****
ПИЩЕВАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ ПОД ПРИСТАЛЬНЫМ ВНИМАНИЕМ ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ АГРАРНОГО СЕКТОРА

🔰10-11 августа этого года международный эксперт, профессор Ричард Вуди (Великобритания) проводит в Ташкентском государственном аграрном университете семинар-тренинг на тему «Безопасность продовольственной продукции».

В рамках Программы Европейского союза по поддержке сельского хозяйства и повышению знаний в агросфере (ASK) международный эксперт по продовольствию и безопасности продовольственной продукции анализирует различные вопросы отрасли, даёт правовые практические пояснения, поднимает актуальные темы и ищет адекватные ответы:

🔴Безопасность продовольственной продукции/продовольственная безопасность (FS);
🔴Продовольственный бизнес/оператор продовольственного бизнеса (FBO);
🔴Размещение продовольственной продукции на рынке;
🔴Анализ рисков в продовольственной цепочке.

#seminar_trening #oziq_ovqat #Yevropa_Ittifoqi #xalqaro_ekspert #TDAU #семинар_тренинг #продовольственная_продукция #Европейский_союз #международный_эксперт #ТГАУ

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

🔰Joriy yilning 10-11-avgust kunlari
Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk Britaniyalik professor, xalqaro ekspert Richard Woody tomonidan "Oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Maʼlumki, butun dunyoda, jumladan respublikamizda ham Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash eng muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Bizda “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” deganda “daladan dasturxongacha” tamoyili tushuniladi. Aslida, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash bu o‘sha mahsulotni yerini, o‘g‘itlarini tayyorlashdan tortib, toki isteʼmolchi tanovvul qilib, uning salomatligiga ziyon yetmaganiga ishonch hosil qilingungacha jarayonni o‘z ichiga olishi lozim.

#seminar_trening #oziq_ovqat #Yevropa_Ittifoqi #xalqaro_ekspert #TDAU

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XITOY VA O‘ZBEKISTON OLIYGOHLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK MUNOSABATLARI RIVOJLANMOQDA

🤝Bugun oliy taʼlim tizimida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning ijrosida esa, nafaqat mamlakatimizdagi, balki xorijlik hamkorlarning tajribalaridan keng foydalanish bo‘yicha aniq tizim ishlab chiqilgan.

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy–O‘zbekiston ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va unda respublikamizning 20 dan ortiq oliy o‘quv yurti vakillari, talabalar ishtirok etishdi.

Jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti (NWAFU) hamda  O‘rmon xo‘jaligi universiteti bilan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining bitiruvchi talabalari Xitoydagi oliygohlarda o‘qishini davom ettirishi, ikki tomonlama diplom olishi, olim va o‘qituvchilar esa malaka oshirishi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda.

Tadbir davomida Xitoy delegatsiyasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bir qancha universitet, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan ham kelishuv Memorandumlarini imzolashdi.

#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya #memorandum #oliy_talim_tizimi #TDAU

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYA BILAN QISHLOQ XO‘JALIGIDA ILM-FAN YO‘NALISHIDAGI ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

🤝Turli davlat tashkilotlari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish borasida Italiya tajribasini o‘rganish va manfaatli hamkorlik o‘rnatish maqsadida Italiyaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Viterbo shahrida joylashgan mamlakat qishloq xo‘jaligidagi yetakchi oliy ta’lim dargohi Tushia universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur universitet 8 mingdan ziyod talabalarga qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, o‘rmonchilik, ekologiya, biologiya fanlari va agroturizm yo‘nalishlarida ta’lim beradi.

Muzokaralar yakunida Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va Tushia universiteti o‘rtasida agrar ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv Memorandumi imzolandi. Tomonlar yaqin davr ichida xalqaro ta’lim dasturlari doirasida qo‘shma loyiha ishlab chiqishga kelishdi.

#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya #IAU #TDAU #memorandum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TDAU: BARCHA IMKONIYATLAR BARKAMOL YOSHLAR UCHUN

🟢Toshkent davlat agrar universitetida barcha sharoitlar yoshlarning kelajakdagi hayotida mukammal va yetuk inson bo‘lishlari uchun yaratilgan.

Universitetda talaba yoshlar uchun 13 ta sport klubi, 5 ta badiiy jamoalar tashkil etilgan. Shuningdek, yoshlarning vaqtini qiziqarli va mazmunli o‘tkazish uchun kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, 5 ta ma'naviyat xonasi, Axborot resurs markazi, "Insight" sport klublari, "Universiada" da faoliyat yuritayotgan "Munozara" klubi mavjud.

🌍 Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Hamkorlik shartnomalariga asosan universitetning 150 dan ortiq talabasi Germaniyaning Bavariya fermerlar uyushmasiga, 300 nafardan ortiq talaba Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural davlat agrar universitetiga ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun borib kelishdi. 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar tuzilgan hamkorlik shartnomlariga asosan dunyoning turli davlatlarida xalqaro loyihalar doirasida o‘quv kurslari va seminarlarda ishtirok etib kelishdi.

🔸 Shuningdek talabalar turar joylarida ham talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

#tdau #barkamol_yoshlar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM