QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
23.6K photos
2.69K videos
7 files
9.37K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AHOLINING IJTIMOIY MUHOFAZASINI KO‘ZLAGAN LOYIHALAR

🌱Seminar doirasida Sirdaryo viloyatdagi Boyovut tumanida joylashgan “Ijtimoiy issiqxonalar” faoliyati bilan ham tanishildi.

Prezident tashabbusi bilan respublikada foydalanilmay bo‘sh turgan dala chetlarida hamda kollektor-drenajlar atroflarida ixcham “Ijtimoiy issiqxona”lar tashkil qilinib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tayyor holda ajratilishi belgilangan.

Boyovut tumanida ham “Boyovut limonchlik klasteri” MChJning 148 gektar maydonida jami 1600 ta quyosh nuridan isitiladigan “Ijtimoiy issiqxonalar” tayyor holda qurib, aholiga topshiriladi. Bu esa 3200 dan ortiq aholi bandligi ta`minlanishi demakdir. Ijtimoiy issiqxonalarni qurib, ishga turishishga xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 15 mln dollar yo‘naltiriladi.

E`tiborlisi, tumanda 2,5 sotixli issiqxona tayyor holda qurib, aholiga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan kredit hisobidan topshiriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, issiqxonalardan yiliga 2-3 marta hosil olinib, 5-6 ming dollar daromad ko‘riladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir loyiha bilan tanishish maqsadida seminar qatnashchilari tumandagi "Hasanboy-Husanboy" fermer xo‘jaligida bo‘ldilar. Bu yerda ular takroriy ekinlar ekish hamda ehtiyojmand oilalarga 1 gektardan yer maydoni ajratish jarayoni bilan tanishishdi.

Fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydonlariga mosh kabi dukkakli ekinlar ekilib, “S.Ayniy” MFY da istiqomat qilayotgan 10 nafar ehtiyojmand oilalarning har biriga 1 gektardan ajratib berildi. Agar 1 gektardan 2 tonnadan mosh hosili olinadigan bo‘lsa, har bir oila o‘rtacha 20 mln so‘mdan sof daromadga ega bo‘ladi. Mana sizga imkoniyat, mana sizga daromad.

#seminar #Ijtimoiy_issiqxona #takroriy_ekin #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ILG‘OR TASHABBUSLARNI QO‘LLASHDA SIRDARYO TAJRIBASI O‘RGANILDI

🔰Sirdaryoda agrar sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Bu tadbirning Sirdaryoda o‘tkazilishi bejiz emas. Zero ushbu viloyatda bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida yirik innovatsion loyihalar, yangicha g‘oya va tashabbuslar hayotga joriy etilmoqda.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan unumli foydalanish, tomchilatib sug‘orish va boshqa suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, intensiv bog‘lar barpo qilish, “Ijtimoiy issiqxonalar” joriy qilish orqali aholi farovonligini oshirish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda Sirdaryo tajribasi o‘rnak bo‘larli darajada.

Seminar ishtirokchilariga ushbu loyihalar bilan bevosita tanishib, chuqur va atroflicha o‘rganish va viloyat tajribasini kelgusida respublika ko‘lamida keng yoyish imkoniyati taqdim etildi.

Seminarning nazariy qismida qishloq xo‘jaligiga jahon tajribasini, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda joriy qilish, bu boradagi e'tiborga molik jihatlar xususida fikr almashildi.

Tadbirning amaliy qismida viloyatdagi agrar obyektlarga tashrif buyurilib, ular faoliyati bilan atroflicha tanishildi. Ish tajribalari o‘rganildi, bu yerda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnikalar unumdorligi, suvni tejovchi texnologiyalar samarasi, ekin ekish va parvarishlashga yangicha yondashuvlarning afzal jihatlari bevosita ish jarayonida o‘rganildi. Seminar ishtirokchilari tadbirda tanishib, o‘rganilgan yangicha yondashuv, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarni butun respublika miqyosida keng tatbiq etish lozimligini bir ovozdan ma'qulladilar.

#seminar #tomchilatib_sugorish #uzumzor #Ijtimoiy_issiqxonalar #tomchilatib_sugorish #intensiv_boglar #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FEYK XABARLAR HAQIDA KO‘P GAPIRILGAN. FEYK O‘SIMLIK HAQIDA-CHI, ESHITGANMISIZ?

🌱Ha, shunday ham bo‘ladi. Tahririyatimizga go‘yoki Hindistonda o‘sadigan “mo‘jizaviy” o‘simlik – Kalir-kanda haqida yozishimiz so‘ralgan murojaat kelib tushdi. Emishki, bu daraxt bargidan ikki donasini yegan insonni bir hafta qorin ochligi bezovta qilmasmish! Albatta, bu ma'lumot bizni (ayniqsa, tahririyatdagi ozish istagida yurganlarni) qiziqtirib qo‘ydi – ovqat yemasangizu, qorningiz ham ochmasa, bu qanday ajoyib parhez!

Internet tarmog‘idan axborot yig‘dik, o‘rgandik. Ko‘rsak – birorta jiddiy saytda bu “mo‘jizakor” o‘simlik haqida aytilmagan. “Kalir-kanda” deb izlasangiz, asosan biologik faol qo‘shimchalar sotuvchi resurslar, oldi-qochdi xabarlar saytlari va... feyklardan ogohlantiruvchi manbalar chiqib keladi. “Kalir-kanda” shu darajada mashhur yolg‘on ekanki, hatto “faktcheking” – haqqoniy axborotni yolg‘ondan ajratishga bag‘ishlangan materiallarda uni yaqqol misol tariqasida keltirar ekanlar.

Xullas, aslini olganda, tabiatda bunday o‘simlik mavjud emas, uning lotincha nomiyam yo‘q, yolg‘on axborotga “isbot” o‘laroq tirkaladigan suratda esa, ko‘p hollarda, haqiqatan mavjud “Non daraxti” – Artocarpus altilis aks etgan bo‘ladi. Ammo u haftalab qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega emas.

Mana shunday, tabiatda o‘zi boru nomi yo‘q o‘simliklar singari, nomi boru, o‘zi yo‘q o‘simliklar ham uchrar ekan.

#bu_qiziq #feyk #kalir_kanda

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
МАЛО, КТО НЕ СЛЫШАЛ О ФЕЙКОВЫХ НОВОСТЯХ ИЛИ СООБЩЕНИЯХ. А МНОГО ЛИ ТЕХ, КТО ЗНАЕТ О ФЕЙКОВОМ РАСТЕНИИ?

🌱К нам в редакцию поступило обращение с просьбой написать о «калир-канде»«чудесном» растении, которое якобы растет в Индии. Говорят, что человека, съевшего два листка этого дерева, неделю не будет беспокоить чувство голода! Конечно, эта информация вызвала у всех нас (особенно у тех, кто хочет похудеть) неподдельный интерес – какая замечательная диета, ничего не ешь и чувствуешь себя сытым!

Мы собрали информацию из сети и тщательно её изучили. Ни на одном серьезном сайте это «чудо-растение» не упоминается. Если вы напишите в поисковике «калир-канда», то в основном выходят ресурсы с рекламой биологически активных добавок, новостные сайты со всякой всячиной, а также предупреждения о фейках. Так вот, выяснилось, что «калир-канда» настолько известная ложь, что ее даже приводят в качестве наглядного примера в «фактчекинге» — материалах, посвященных поиску отличий правдивой информации от лжи.

На самом деле, такого растения в природе не существует, латинского названия у него нет, а на фото, приложенном в качестве псевдо-доказательства, чаще всего изображено настоящее «Хлебное дерево»Artocarpus Altilis. Но оно не обладает свойством поддержания сытости в течение нескольких недель.

Вот так, в природе есть растения, у которых нет названия, но при этом есть названия растений, которых в природе нет и не было.

#это_интересно #фейк #калир_канда

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 9—15-IYUL 2023-yil

🔰AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

🇲🇳O‘ZBEKISTON-MO‘G‘ULISTON: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI

🌾DON MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH: IMKONIYAT VA NATIJALAR

💧QISHLOQ XO'JALIGIDA ISROIL TAJRIBASINI O‘RGANISH: HAMKORLIKGA YO‘L

🪰BIOMAHSULOTLAR – MO‘L VA SIFATLI HOSIL GAROVI

💻QISHLOQ XO‘JALIGIDA KENG QAMROVLI AGROXIZMATLAR MARKAZLARI TASHKIL ETILADI

🤝QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

💻EKINLAR TO‘G‘RISIDAGI RAQAMLASHGAN MA'LUMOTLARDAN FERMERLARGA MOLIYAVIY XIZMATLAR KO‘RSATISHDA FOYDALANILADI

🌾G‘ALLACHILIK: YUTUQLAR SARHISOBI

🔰ILGʻOR TASHABBUSLARNING AMALIYOTGA TATBIGʻI

🔰ILG‘OR TASHABBUSLARNI QO‘LLASHDA SIRDARYO TAJRIBASI O‘RGANILDI

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida kuni kecha Sirdaryo viloyatida tashkillashtirilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha sayyor-ko‘rgazmali seminar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda viloyatdagi ilg‘or usul va texnologiyalarni rivojlantirish, xususan, suvni tejash, hosildor navlarni ekish, yangi texnologiyalarni respublika miqyosida qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish, "Ijtimoiy issiqxonalar" ni ehtiyojmand oilalarga ajratib berish orqali kamabag‘allikni qisqartirish va sohani rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilingani hamda xo‘jaliklarda bo‘lib, jarayonlarni amaliyotda ko‘rishgani haqida so‘z yuritiladi.

Lavhada Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirishgan. 

Seminar tafsilotlarini lavhada tomosha qilishingiz mumkin.

#repost #Ozbekiston_24 #Axborot_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Tabiat ulug‘vorligi

#kun_fotosi #tabiat
*****
Величие природы

#фото_дня #природа

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM