QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AKIS VEB-SAYTI BO‘YICHA O‘QUV TRENINGI BO‘LIB O‘TDI

💻Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi — AKIS markazlarining AKT va media bo‘limlari uchun markaz veb-sayti bo‘yicha o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi.

Treningda bir qator masalalar, xususan fermer va agrar tadbirkorlar uchun ishonchli bilim va axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, platformaning ishga tushirilishida yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda AKIS veb-sayti tizimining nazariy hamda texnik jihatlari muhokama qilindi.

#oquv_trening #veb_sayt #fermer #AKIS
*****
СОСТОЯЛСЯ ОБУЧАЮЩИЙ ТРЕНИНГ ПО САЙТУ АКIS

💻Сегодня в Ташкентском государственном аграрном университете состоялся тренинг по работе с веб-сайтами системы знаний и
инноваций в сельском хозяйстве AKIS для отделов ИКТ и медиа-центров.

На тренинге, в частности, обсуждались вопросы создания доступа к достоверным знаниям и информационным сервисам для фермеров и сельхоз-предпринимателей, устранения проблем и недочётов, возникающих при запуске платформы, а также теоретические и технические аспекты работы системы веб-сайтов AKIS.

#тренинг #веб_сайт #фермер #платформа

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘QUV-SEMINAR AMALIYOT BILAN UYG‘UNLIKDA O‘TKAZILDI

🌾Surxondaryo viloyati Denov tumaning Hazorbog‘ agro-texnologiya texnikum kollejiga qarashli dala maydonida takroriy ekin ekish bo‘yicha amaliy o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, tumanlar sektorlari rahbarlari, fermer va klaster vakillari ishtirok etdi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida ham g‘allachilik sohasida klaster faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada o‘ziga xos maktab yaratilgan. Tumandagi “Muhabbat Alovuddin Attor” klasteri faoliyatiga e’tibor qaratamiz. Ushbu klaster bilan tumandagi 365 ta fermer xo‘jaliklari o‘rtasida don yetishtirib berish yuzasidan shartnomalar tuzilgan. Mazkur fermer xo‘jaliklari hisobidagi 9 ming 77 gektar yer maydonida g‘alla yetishtirildi.

#qishloq_xojaligi #gallachilik #seminar #takroriy_ekin #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Studiya 24” teledasturida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida intervyu efirga uzatildi.

Intervyuda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Alisher Shukurov ushbu hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollariga batafsil to‘xtalib o‘tgan.

Shuningdek, suhbatda FAOning imkoniyatlaridan foydalangan holda, oliy taʼlim muassasalari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yib, yoshlarni bu boradagi yangiliklardan xabardor qilishga ham e'tibor qaratilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Studiya_24 #FAO

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
4️⃣4️⃣4️⃣
Joriy yilning 16-17-iyun kunlari Toshkent shahrida Hayot fanlari festivali – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining “ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi!

Festival doirasidan “Yashil hayot uchun innovatsiyalar” ko‘rgazmasi, bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi, ingliz tili o‘qituvchilari konferensiyasi, jurnalistlar uchun seminar, shuningdek mavzuiy taqdimotlar, ko‘ngil ochar tadbirlar va konsert dasturlari o‘rin olgan.

Ushbu nufuzli tadbirda Singapur va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ilm-fan va ta'lim muassasalari vakillari ham qatnashadi.

Festivalda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid loyiha tajribalari, agrosohada qo‘llaniladigan robotlar, dronlar va yangi texnologiyalarning ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

Sizni ham tirik organizmlar va hayot jarayonlari qiziqtirsa va ularni o‘rganish istagida bo‘lsangiz, albatta Hayot fanlari festivaliga tashrif buyuring!

Manzil: Toshkent shahridagi Qishloq xo‘jaligi universitetlari shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 2-uy.

Darvoqe, iau.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganlar uchun kirish bepul.

#elon #IAU #TDAU #seminar #konferensiya #tadbir

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣
16-17 июня этого года в Ташкенте пройдет Фестиваль наук о жизни - «день открытых дверей» Международного сельскохозяйственного университета!

В программу фестиваля вошли: выставка «Инновации для зелёной жизни», ярмарка вакансий, конференция преподавателей английского языка, семинар для журналистов, а также тематические презентации, развлекательные мероприятия и концертные программы.

В данном престижном мероприятии примут участие представители научных и образовательных учреждений Сингапура и стран Юго-Восточной Азии.

На фестивале также пройдет выставка опытных проектов в агросфере, роботов, дронов и новых технологий, используемых в сельском хозяйстве.

Если вы тоже интересуетесь живыми организмами и жизненными процессами, хотите узнать об этом больше, обязательно посетите Фестиваль наук о жизни!

Адрес: Университетская улица, 2, городок сельскохозяйственных университетов Ташкента.

Кстати, вход бесплатный для тех, кто зарегистрируется на сайте iau.uz.

#объявление #семинар #конференция #выставка

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JANUBIY KOREYA QISHLOQ XO‘JALIGINI DRONLAR BILAN TA'MINLASH NIYATIDA

🕹Toshkentda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari hamda Janubiy Koreyaning KOTRA agentligi vakillari o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish istagida bo‘lgan koreyalik yetakchi korxonalarning uchuvchisiz parvoz apparatlari taqdim etildi.

Jumladan Janubiy Koreyaning “Geospatial Information”, “HUINS”, “PRENEU”, “Samsung drone”, “Meissa” va “SEESAW D&U” kompaniyalari ishlab chiqargan va aynan qishloq xo‘jaligida qo‘llash mumkin bo‘lgan dronlar – uchuvchisiz parvoz apparatlari (UPA) bilan o‘zbekistonlik mutaxassislar tanishtirildi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #uchuvchisiz_parvoz_apparatlari #Geoaxborot #O‘zdaverloyiha #O'zbekiston #Janubiy_Koreya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
HAYOT FANLARI FESTIVALI – AGRAR VA BIOLOGIYA FANLARI UYG‘UNLIGI

🔰Bugun Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Hayot fanlari festivali” ish boshladi.

Tadbirni ochar ekan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tadbir ishtirokchilarini qutlab, respublika agrar sohasi oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi.

Tadbirning birinchi kunida “Yaxshi hayot uchun innovatsiyalar” ko‘rgazmasida robotlar va avtomatlashtirilgan mashinalar, zamonaviy qurilmalar va yangi texnologiyalar, shuningdek laboratoriya tajribalari taqdim etildi. “Sifatli ta'lim va muvaffaqiyatli martaba” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, unda abiturientlar Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining faoliyati hamda xorijdagi o‘quv kurslari uchun ariza taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishdilar, karera bo‘yicha maslahatlar oldilar.

#festival #vazir #FAO #BMT #innovatsiya #yarmarka #oziq_ovqat
*****
ФЕСТИВАЛЬ НАУК О ЖИЗНИ - ВЗАИМОДОПОЛНЕНИЕ АГРАРНЫХ И БИОЛОГИЧЕСКИХ НАУК

🔰Сегодня в Международном сельскохозяйственном университете стартовал «Фестиваль наук о жизни».

Открывая мероприятие, министр сельского хозяйства Азиз Воитов поприветствовал участников и остановился на задачах, стоящих перед сегодняшним агропромышленным комплексом республики.

В первый день мероприятия на выставке «Инновации для лучшей жизни» были представлены роботы и автоматизированные машины, современные приборы и новые технологии, а также лабораторные эксперименты. Помимо этого, была организована ярмарка вакансий «Качественное образование и успешная карьера», где абитуриенты ознакомились с деятельностью Международного сельскохозяйственного университета и порядком подачи заявлений на обучение на курсах за рубежом, а также получили консультации для карьерного роста.

#фестиваль #министр #ФАО #ООН #инновация #ярмарка

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram