QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYA AGROBIZNESI O‘ZBEKISTON CHORVACHILIGIGA 90 MLN YEVRO INVESTITSIYA KIRITADI
🇺🇿🤝🇮🇹
Italiya chorvadorlar uyushmasi, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda, Mirzaobod va Quyi Chirchiq tumanlarida jami 90 mln yevroga teng ikkita loyihani joriy qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Aytish kerakki, Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘z sohasida Yevropadagi eng yirik tashkilot bo‘lib, 40 000 a’zoga ega. Tashkilotning 14 ta shaxsiy veterinariya va genetik laboratoriyalari mavjud. Uyushma O‘zbekiston bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik tajribasiga ega. Jumladan Toshkent viloyatida dunyodagi eng yirik quyonchilik fermalaridan birini tashkil etish loyihasini amalga oshirgan. Fermer xo‘jaligi negizida har yili 2 million boshgacha quyon boqish, shuningdek, chorva ozuqasi, tabiiy o‘g‘it va go‘sht mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan.

#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #qishloq_xojaligi #memorandum #chorvachilik #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining Tahlilnoma dasturida Italiya-O‘zbekistonning G‘arbiy Yevropadagi birinchi strategik hamkoriga aylangani xususida lavha efirga uzatildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella taklifiga binoan 7-9-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lgani, tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilingani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #xalqaro_hamkorlik #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI RIMDA
🇺🇿🤝🇮🇹
Joriy yilning 1-7-iyul kunlari Italiya poytaxti yana bir nufuzli tadbirga mezbonlik qiladi. Qarorgohi Rimda joylashgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘zining 43-konferensiyasini o‘tkazayapti. Mazkur anjuman doirasida navbatdagi muddatga tashkilot bosh direktori saylanadi va lavozimiga kirishadi.

Ayni jarayonda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi vakillari Rimda bo‘lib turishibdi. Delegatsiyaga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchilik qilmoqda.

Konferensiya davomida turli sessiyalar tashkil etilishi belgilangan. Unda ishlab chiqarishni takomillashtirish orqali suv resurslaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat isteʼmoli sifatini yaxshilash, atrof-muhit holatini yaxshilash hamda hayot tarzini takomillashtirishga oid qator masalalar muhokama qilinadi. Yagona va konstruktiv yechimlar belgilanishi kun tartibidan o‘rin olgan.

Bugundan O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur tashkilot tadbirlarida ishtiroki boshlandi. Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy tadbirlarda O‘zbekistondan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya qatnashmoqda.

FAO konferensiyasining kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bugungi global o‘zgarishlar davrida o‘zining ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. O‘zbekiston uchun ham inchunun. Bunda har tomonlama maqbul qishloq xo‘jaligini tashkil qilish, tashqi omillar taʼsiridan himoyalana oladigan agrotizim yaratish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini majmuaviy yechimi hamda istiqbollarini belgilash shular jumlasidan.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #delegatsiya #konferensiya #Ozbekiston #Italiya #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM