QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
VENGRIYA KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida Vengriyaning “KITE GROUP” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekistonda keng qamrovli tashrif bilan bo‘lgan Vengriyaning “KITE GROUP” kompaniyasi bosh direktori Levente Szabo boshchiligidagi ushbu delegatsiya Qishloq xo‘jaligi vazirligida ham bo‘lib, vazirlik mutasaddilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston  tomoniga rahbarlik qilgan Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminov mehmonlarni mamlakat qishloq xo‘jaligining bugungi holati bilan tanishtirdi va ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, qulay sarmoyaviy muhit yaratilayotgani yirik xorijiy korxonalar bilan ishlashda yangi istiqbollar ochayotganini ta'kidladi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #KITE_GROUP

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA TURKIYA: AGRAR SOHANI SUG‘URTALASH

🤝15-may kuni Turkiyaning agrosug‘urta sohasi vakillari agrar sohani sug‘urtalashga oid hamkorlikka erishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurishdi.

Dastlab, Qishloq xo‘jaligining tarkibiy tuzilmasidan tortib, mamlakatimizning yer maydoni va demografik holati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari kabi muhim maʼlumotlarni Vazirlikning Statistik tahlil boshqarmasi boshlig‘i Nodirjon Sadriddinov uchrashuv ishtirokchilari eʼtiboriga taqdim etdi.

Shundan so‘ng mehmonlar mamlakatimizdagi yer maydonlari va unda kechayotgan degradatsiya jarayonlarining oldini olish borasida qilinayotgan ishlarga qiziqish bildirishdi. Ushbu savollarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari departamenti mudiri Oybek Soatov batafsil javob qaytardi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agrosugurta #Ozbekiston #Turkiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SUV XO‘JALIGIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI KENGAYTIRISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

💧Samarqand viloyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda bu sohada davlat-xususiy sheriklikning istiqbollariga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Samarqand viloyati Narpay tumanida 53 km kanal va 271,9 km kollektor tarmog‘i hamda 8 ta nasos stansiyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 10 yil muddatga “Maroqand Sifat” MChJ boshqaruviga berilgan. Loyihaning umumiy qiymati 462,8 mlrd so‘m bo‘lib, dastlabki yillarda xususiy sherik tomonidan 31,1 mlrd so‘m investitsiya kiritish belgilangan.

Sheriklik o‘z samarasini bermoqda – hozirga qadar yettita nasos stansiyasida jami summasi 795,5 mln so‘mga teng 7 ta nasos agregati ta'mirlandi hamda 4 880 mln so‘mga 2 ta gusenitsali ekskavator, 2 ta avtosamasval sotib olindi.

#seminar #suv_xojaligi #kollektor #nasos_agregati #investitsiya #Samarqand

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMIDA SUGʻURTALASHNING TURKIYA MODELI MUHOKAMA ETILDI

🇺🇿🤝🇹🇷
Shu kunlarda O‘zbekistonda Turkiya agrosug‘urta sohasi vakillaridan iborat delegatsiya ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Agrosug‘urta tizimini takomillashtirish, sug‘urtalash orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda Turkiya tajribasini o‘rganishga alohida e'tibor berilgan. Bu borada ikki mamlakat vazirlarining o‘zaro muloqotlarida ham fikr almashilgandi. Mana shu hamkorlik davomi o‘laroq, bugun O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiyaning “TARSIM” sug‘urta kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov agrosug‘urta  sohasidagi Turkiya tajribasiga yuqori baho berib, O‘zbekiston sharoitida uni qo‘llash yaxshi natija berishiga umid bildirdi.

“TARSIM” kompaniyasi bosh direktori va direktorlar kengashi a'zosi Bekir Engurulu Turkiya tomoni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasida hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi va bu yo‘lda dastlab qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olishni taklif etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda agrosug‘urta tizimini tashkil etish va rivojlantirishdagi hamkorlik ishlarini jadal boshlash, bu borada ishchi guruh tuzib, “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqishga kelishib olindi. Shuningdek, hamkorlik uchun mustahkam zamin o‘laroq, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash masalasi ko‘rildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agrosugurta #memorandum #Ozbekiston #Turkiya #TARSIM

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI ZAMONAVIY TALABLAR

🐄Bugun qishloq xo‘jaligi sohasidagi har bir yo‘nalish zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanishga intilmoqda. Bunda nafaqat mahalliy tajribalar asosidagi saʼy-harakatlar, izlanishlar, balki xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotimizga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida tashkil etilgan “Zotdor chorva mollarini oziqlantirish va ratsionini tuzish” mavzusidagi seminar ham aynan chorvachilikni davr talablari asosida rivojlantirishga bag‘ishlandi. Unda ushbu yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda muhokama etilgan mavzulardan biri: “Chorvachilikda yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar” — bu nafaqat o‘sha xo‘jalikning, balki respublikada sohaning rivojiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Buning oldini olish uchun esa, buzoqlarning o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish, ularning hayotini saqlab qolish,  to‘g‘ri parvarishlash lozim. 50 bosh buzoqning hayotini saqlab qolish orqali 250 ta chorva moli parvarishlanadigan fermadan 5 yildan keyin yana bitta katta ferma paydo bo‘lishiga erishish mumkin. Bu esa, bevosita mamlakatimizda sut, go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan aholi talabining qondirilishiga erishish demakdir.

#seminar #chorvachilik #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM