QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12K subscribers
21.7K photos
2.63K videos
7 files
8.98K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🟩🟩🟩🟩🟩
Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetining yangi Magistratura dasturlariga qabul ochildi!

📱 Qishloq xo’jaligida texnologiyalar va innovatsiyalar
🥗 Barqaror qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi
🤵‍♂️ Biznes boshqaruvi

Dasturlarimiz aynan o’z sohasida yetakchi bo'lishni maqsad qilganlar uchun!

Nega aynan Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti?

👨‍🎓Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo’jaligi universiteti diplomi;

📈Qishloq xo’jaligi sohasida ilg’or bilimli va malakali mutaxassislarga talab yuqoriligi;

✈️Bir yil davomida chet elda o’qib kelish imkoniyati;

📝O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-237-sonli qarori bilan universitetning tashkil etilganligi.

📞Hoziroq murojat qiling!
👉 +998 99 981 09-19
👉 +998 91 010 74-75
👉 +998 99 315 98-60

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍇Tok novdalarini sovuq urdi. Shu novdalarni nima qilish kerak. Qanday ishlov bersa bo‘ladi?

📝Qishki sovuqdan zararlangan tok tuplari ildiz bo‘g‘zi atrofini yer yuzasidan 5 sm chuqurlikda qazish va tok tuplarini kesish; (bunda tok tupining yashirin kurtaklaridan rivojlangan novdalar, shuningdek, qo‘ltiq novdalarining kuchli rivojlanishi hisobiga tok tupini tiklash imkoniyatini beradi).

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni www.agro.uz saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #kochatchilik #uzumchilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA “PLUG AND PLAY” KOMPANIYASI DELEGATSIYASI QABUL QILINDI

🤝Uchrashuvda “Plug and Play” kompaniyasi bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda innovatsion startap-loyihalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama etildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qatnashdi. Vazir O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jadal rivojlanib borayotgani, bunda raqamlashtirish katta o‘rin egallashini ta’kidladi. Bu borada O‘zbekiston tomoni hamkorlikka ochiq ekanligini bildirdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #plug_and_play
*****
ДЕЛЕГАЦИЯ КОМПАНИИ «PLUG AND PLAY» БЫЛА ПРИНЯТА В МИНИСТЕРСТВЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🤝На встрече с представителями компании «Plug and Play» были обсуждены возможности использования инновационных стартап-проектов в цифровизации сельского хозяйства Узбекистана.

Принявший участие в мероприятии министр сельского хозяйства Азиз Воитов отметил, что агропромышленный комплекс Узбекистана стремительно развивается, и большую роль в этом процессе играет цифровизация. В связи с этим, узбекская сторона выразила готовность к сотрудничеству с данной компанией.

#международное_сотрудничество #министр #визит #встреча #делегация #сельское_хозяйство

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Dala chetlaridan samarali foydalanish haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-aprel kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori sohada ishlar ko‘lamini yanada kengaytirgani, xususan, dala chetlaridan unumli foydalanish, turli ekinlar ekish va daraxt ko‘chatlari o‘tqazish bo‘yicha Toshkent viloyatida 6 721 nafar fermer xo‘jaliklarining 5 510 gektar dala chetlari o‘zlashtirilib 14 million 387 ming dona ko‘chatlar ekilishi rejalashtirigani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
CAMC ENGINEERING: “O‘ZBEKISTON BILAN HAMKORLIKKA TAYYORMIZ”

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi o‘rtasida video-konferensaloqa tarzidagi uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi texnikasi va tomchilab sug‘orish tizimlari yetkazib berilishi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashdi va Xitoy tomonini bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va zamonaviy texnika-texnologiya bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Xitoy
*****
«CAMC ENGINEERING»: «МЫ ГОТОВЫ К СОТРУДНИЧЕСТВУ С УЗБЕКИСТАНОМ»

🤝Состоялась встреча в формате видеоконференцсвязи между руководством Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и китайской компании «CAMC Engineering». В рамках мероприятия обсуждались возможности поставки сельхозтехники и систем капельного орошения.

Министр сельского хозяйства Азиз Воитов, принявший участие во встрече, ознакомил китайскую сторону с проводимой в нашей стране работой по модернизации сельского хозяйства и оснащению его современной техникой и технологиями.

#международное_сотрудничество #министр #встреча #сельское_хозяйство #Узбекистан #Китай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BOY OTA, BOG‘DA O‘RIK PISHIBDI...”

Asta pishib yetila boshlagan o‘rikning shifobaxsh xususiyatlari bilan tanishamiz.

💊O‘rik mevalarida A, B va C vitaminlari ko‘p miqdorda mavjud. Shu sababli, o‘rikni muntazam iste’mol qilish xotirani, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, vitamin yetishmasligidan xalos qiladi, ishchanlikni oshiradi.

🩸O‘rik qon bosim oshishida, aterosklerozda yordam beradi, qon tarkibini yaxshilaydi, yurakni tonusda ushlaydi, muhimi – bu xususiyatlar turshakda ham saqlanib qoladi.

🧬Barra o‘rik va o‘rik sharbati kamqonlikda va leykemiyada tavsiya qilinadi. Shuningdek, o‘rik saraton hujayralari yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi va og‘ir metallar bilan zaharlanishda yordam beradi.

👉Batafsil

#bu_qiziq #orik #faktlar
*****
ПЕРВЫЕ В СЕЗОНЕ АБРИКОСЫ УЖЕ ПОСПЕЛИ

Поговорим о лечебных свойствах этого фрукта.

💊В плодах абрикосов повышенное содержание витаминов А, В и C. Поэтому при регулярном употреблении абрикос благотворно влияет на память, работу желудка, предупреждает авитаминоз, повышает работоспособность.

🩸Эти фрукты помогают при гипертонической болезни, атеросклерозе, улучшают состав крови, поддерживают сердце в тонусе, причем полезными качествами обладают не только свежие, но и сушеные абрикосы.

🧬Свежие абрикосы и абрикосовый сок рекомендуют употреблять при малокровии и лейкемии. А также абрикос препятствует образованию раковых клеток и помогает при отравлении тяжелыми металлами.

👉Подробнее

#это_интересно #абрикос #факты

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 1-5-MAY 2023

🥔KARTOSHKANING “TOSHKENT ERTAGISI” NAVI IXTIRO QILINDI

🤝SAUDIYA ARABISTONI BILAN AGROSOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🌿O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH DOIRASIDAGI XALQARO HAMKORLIK

👥QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHIDA XALQARO ME’YORLARNI JORIY QILISH YO‘LLARI O‘RGANILDI

📌BUZILGAN YERLARNI REKULTIVATSIYA QILISH, TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

🤝O‘ZBEKISTON-GERMANIYA: IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI FAOL RIVOJLANTIRISH

🎓O‘ZBEKISTON VA BUYUK BRITANIYA QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVYERSITYETLARI: TA’LIM SOHASI UCHUN QO‘SHMA TAJRIBA

📲“SMART ISSIQXONA”: EKINLARNING YANGI NAV KO‘CHATLARI YETISHTIRILMOQDA

🤝O‘ZBEKISTON VA GERMANIYA O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI MOLIYALASH VA TA'LIM BO‘YICHA KELISHUVLARGA ERISHILDI

🍒“BIR MAMLAKAT — BITTA USTUVOR MAHSULOT” GLOBAL HARAKATLAR DASTURI O‘ZBEKISTONDA

🍓DALALARDA QULUPNAY PISHIQCHILIGI

🌾YANGI NAV – YUQORI HOSILDORLIK VA SIFAT GAROVI

#dayjest #hafta_yakuni #qiziqarli #yangiliklar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Inson qadridek baland hilpirar bayroqlar...

#kun_fotosi #xotira_va_qadrlash
*****
🇺🇿Флаги развеваются высоко, как человеческое достоинство...

#фото_дня #день_памяти_и_почести

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Tugayotgan Oy: 8-maydan 14-maygacha

🧲Geomagnit faollik:
Hafta mobaynida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar kuzatiladi (Kp-indeks: 2-3).

🔅Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida juda yuqori indeks kuzatiladi (9-10 ball).

🔤Havoning namligi:
8-may – 39%; 9 -may – 30%; 10-may – 25%; 11-may – 23%; 12-may – 30%; 13-may – 37%; 14-may – 36%.

Haftalik ob-havo haqida qisqacha:

🌤Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, hafta o‘rtalariga borib o‘z yo‘nalishini shimoli-g‘arbga o‘zgartiradi.

🌡O‘rtacha harorat – kechqurun 15-23°, kunduzi 29-35° ni tashkil qiladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-10° iliq, kunduzi 13-22° gacha ko’tariladi.

Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:

📝Bu haftada bog‘ va uzumzorlarni sug‘orish, birinchi azotli, kaliyli oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurash choralarini olib borish lozim. Sabzavot, poliz va kartoshka ekin maydonlarida ekilgan ekinlar sug‘oriladi, shuningdek, qator oralariga ishlov berish, begona o‘tlardan tozalash, kimyoviy va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish kabi agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi.

#ob_havo #iqlim #tavsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌖Убывающая луна: с 8 по 14 мая

🧲Геомагнитная активность:
Всю неделю будут лишь небольшие геомагнитные возмущения (Кп-индекс: 2-3).

🔅Ультрафиолетовый индекс:
Всю неделю будет наблюдаться очень высокий индекс (9-10 баллов).

🔤Влажность воздуха:
8 мая – 39%; 9 мая – 30%; 10 мая – 25%; 11 мая – 23%; 12 мая – 30%; 13 мая – 37%; 14 мая – 36%.

Кратко о погоде на неделю:

🌤Неделя будет теплой, по республике – переменная облачность, без осадков. Ветер восточный с переходом на северо-западный 7-12 м/с.

🌡Температура в среднем – ночью 15-23°, днем 29-35°. В горных районах Узбекистана переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура ночью 3-10° тепла, днем повышение до 13-22°.

Рекомендации дехканам и фермерам:

📝На этой неделе необходимо поливать сады и виноградники, провести первую азотную и калийную подкормку, провести химические и биологические меры борьбы с болезнями и вредителями. Посевы, высаженные на овощных и картофельных полях, орошают, а также проводят агротехнические мероприятия, такие как междурядная обработка, прополка, подкормка химическими и минеральными удобрениями.

#погода #климат #рекомендации

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Konstitutsiya #referendum

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Unda davlatimiz rahbari o‘z nutqining avvalida Konstitutsiya bo‘yicha referendum yakunlariga to‘xtaldi.

“Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida hech shubhasiz tom ma’nodagi ulkan tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik” – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari xalq bilan muloqot qilib, uning fikrini olib, Asosiy qonunimizni takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shgan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolariga, barcha deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar vakillariga, qonun loyihasini xalqaro standartlar asosida ishlab chiqishda faol ishtirok etgan olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarga, referendum jarayonlarini haqqoniy yoritib, o‘zining xolis fikrlarini bildirgan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga, xalqaro kuzatuvchilarga alohida tashakkurlar aytdi.

Shuningdek, Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, deb qat’iy belgilab qo‘yilgani tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz suverenitetini yanada mustahkamlashda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat, energetika, logistika bilan bog‘liq xavf-xatarlar, suv taqchilligining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha yangi tashabbus va dasturlar ishlab chiqilishi va hamkorlarimiz bilan birga faol ish olib borilishi ta’kidlab o‘tildi.

Batafsil

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram