QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.1K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“ISPARON LIVESTOCK AND GREENHOUSE”: ISHTIYOQ VA IMTIYOZLAR NATIJASI

🐄Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Bugun mamlakatimizda go‘shti va suti bilan ro‘zg‘orlarga baraka olib kiradigan chorva mollarini boqish va uning mahsulotlaridan xalq isteʼmoliga tortiq etish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Imkoniyat va ishtiyoq bor joyda esa, ishda rivoj va baraka bo‘ladi.

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi “Isparon livestock and greenhouse” fermer xo‘jaligi chorvachilikka ixtisoslashgan va moliyaviy ko‘mak bilan o‘z o‘rni va nomiga ega bo‘layotgan fermer xo‘jaliklaridan biri hisoblanadi.

2020-yilda Jahon bankining kredit liniyalari hisobidan 1 mln 632 ming AQSH dollari miqdorida kredit olib, unga Avstriyadan 310 bosh semental zotli chorva mollari olib kelindi. Ushbu zotli sigirlarning boshqa chorva mollaridan farqi sut va go‘sht mahsuldorligi yuqoriligi sanaladi.

Bu yerda parvarishlanayotgan sigirlar bir kunda ikki mahal sog‘ilib, 18-25 litrgacha sut beradi. Fermer xo‘jaligi bir kunda 2800-3000 tonna sutni aholiga yetkazib bermoqda. Natijalar kutilganidek, shunga yarasha rejalar ham bisyor. Fermer xo‘jaligiga yana 150 bosh chorva molini olib kelish rejalashtirilgan. Agar ushbu mollardan olinadigan sutni ham xomcho‘t qiladigan bo‘lsak, fermer xo‘jaligi kuniga 6 ming tonnagacha sut yetkazib berishi mumkin.

#chorvachilik #gosht #sut #bogdorchilik #sigir #Namangan

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada respublikamizning qaysi hududi go‘sht yetishtirish bo‘yicha yetakchi ekanligi haqida so‘rov o‘tkazilgandi. Sizningcha, joriy yilning birinchi yarim yilligida qaysi viloyatda eng ko‘p go‘sht yetishtirilganligini bilishingizga qiziqqandik.

So‘rovda jami 703 kishi qatnashdi, shulardan 90 nafari to‘g‘ri javob berdi: 2023-yilning birinchi yarim yilligida Toshkent viloyati go‘sht yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi barcha turdagi xo‘jaliklar tomonidan taqriban 1,3 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.

🥩 Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha TOP-5:
- Toshkent viloyati – 153,3 ming tonna
- Qashqadaryo viloyati – 146,5 ming tonna
- Samarqand viloyati — 145,1 ming tonna
- Buxoro viloyati – 134 ming tonna
- Xorazm viloyati – 97,2 ming tonna

So‘rovlarimizda qatnashing. Shu tariqa, qishloq xo‘jaligi sohasiga oid yangi bilimlarga ega bo‘lishingiz yoki o‘z bilimingizga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlab olishingiz mumkin.

#sorovnoma #gosht

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM