QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.1K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#agrosugurta

Agrar sohada sug‘urtalash mavzusining dolzarbligi nimada va O‘zbekiston uchun bu nechog‘li muhim?
Xalqaro sug‘urta brendlari O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyormi?
Agrosug‘urtalashning reklamaga ehtiyoji bormi?
O‘zbekistonda agrar sohada asosiy sug‘urta xavflari nimalardan iborat?
Sug‘urta ishini agrar universitetlarning o‘quv jarayoniga joriy etish tavsiya qilinadimi?
Boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda O‘zbekistondagi agrosug‘urta bozori hajmini qanday baholaysiz?

O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Multimedia markazi tomonidan tayyorlangan ushbu va boshqa savollarga qishloq xo‘jaligidagi xavflarni sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro ekspert Yelena Sosenko javob beradi.

👉Batafsil
WWW / TELEGRAM / FACEBOOK / YOUTUBE / INSTAGRAM
#agrosugurta
☔️ AGROSUGʻURTA: XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Biz agrosug‘urta bo‘yicha materiallar turkumini davom ettiramiz.

🔰 Qishloq xo‘jaligi sohasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan daromad ulushi kattadir. Bundan tashqari, soha ham mahalliy, ham xorijiy investitsiyalar uchun jozibador sanaladi.
Agrosug‘urta qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yo‘qotishlardan kafolatlangan himoya qilishga qaratilgan.

👉 Batafsil ma’lumotlar materialimizda
————
#агрострахование
☔️ АГРОСТРАХОВАНИЕ: ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН

Мы продолжаем серию материалов, посвященных агрострахованию.
🔰 Аграрный сектор – основополагающая составляющая экономики страны с большой долей доходов от экспорта сельхозпродукции. Кроме того, сфера привлекательна для внутренних и внешних инвестиций.
Агрострахование нацелено на гарантированную защиту от потерь сельхозпроизводителей.

👉 Подробнее в нашем материале

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
#agrosugurta
(🌱) Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi mavzusini yoritishda davom etamiz. Ushbu xizmat Amerikada qanday taqdim etilishi haqida materialimizda o‘qing.

👉Batafsil
————
#агрострахование
(🌱) Мы продолжаем освещать тему агрострахования. В нашем материале читайте об опыте оказания данной услуги в Америке.

👉Подробнее

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#agrosugurta #sabzavot_ekinlari #hosil

SABZAVOT EKINLARI HOSILINI SUG‘URTA QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

📝Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozori sabzavot ekinlarini sug‘urtalashning quyidagi turlarini taklif etadi:

🟢qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining ochiq maydonlarda sabzavot ekinlari hosilini yetarlicha yig‘ib olmaslik oqibatidagi moliyaviy zararlarini sug‘urtalash;

🟠ochiq yerdagi sabzavot ekinlarining sovuqdan zararlanishi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib-terib olmaganligi sababli ko‘rgan moliyaviy zararlarini sug‘urta qilish;

🔴qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib olmaslik natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy zararlarini sug‘urtalash;

👉Batafsil
*****
#агрострахование #овощные_культуры #урожай

О ПОРЯДКЕ СТРАХОВАНИЯ УРОЖАЯ ОВОЩНЫХ КУЛЬТУР

📝На рынке агрострахования предлагаются следующие виды страхования на овощные культуры:

🟢страхование финансовых потерь сельхозпроизводителей в результате недобора урожая овощных культур на открытом грунте;

🟠страхование финансовых потерь фермеров-производителей сельхозпродукции из-за недобора урожая сельскохозяйственных культур из-за повреждения овощных культур открытого грунта заморозками;

🔴страхование финансовых потерь производителей сельскохозяйственной продукции в результате недобора урожая сельскохозяйственных культур;

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SABZAVOT EKINLARI HOSILINI SUG‘URTA QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

📝Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozori sabzavot ekinlarini sug‘urtalashning quyidagi turlarini taklif etadi:

🟢qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining ochiq maydonlarda sabzavot ekinlari hosilini yetarlicha yig‘ib olmaslik oqibatidagi moliyaviy zararlarini sug‘urtalash;

🟠ochiq yerdagi sabzavot ekinlarining sovuqdan zararlanishi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib-terib olmaganligi sababli ko‘rgan moliyaviy zararlarini sug‘urta qilish;

🔴qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ib olmaslik natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy zararlarini sug‘urtalash;

👉Batafsil

#agrosugurta #sabzavot_ekinlari #hosil
*****
О ПОРЯДКЕ СТРАХОВАНИЯ УРОЖАЯ ОВОЩНЫХ КУЛЬТУР

📝На рынке агрострахования предлагаются следующие виды страхования на овощные культуры:

🟢страхование финансовых потерь сельхозпроизводителей в результате недобора урожая овощных культур на открытом грунте;

🟠страхование финансовых потерь фермеров-производителей сельхозпродукции из-за недобора урожая сельскохозяйственных культур из-за повреждения овощных культур открытого грунта заморозками;

🔴страхование финансовых потерь производителей сельскохозяйственной продукции в результате недобора урожая сельскохозяйственных культур;

👉Подробнее

#агрострахование #овощные_культуры #урожай

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASINI SUG‘URTALASHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI VA KAFOLATLARI

Biz qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha turkum materiallar tayyorlashni davom ettiramiz. Bugun qishloq xo‘jaligi texnikasini sug‘urtalash haqida so‘z yuritamiz.

🚜Mamlakatimizda qabul qilingan “Oziq-ovqat dasturi”ning asosiy yo‘nalishlaridan biri fermerlikni yanada rivojlantirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish hisobidan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari va hajmini ko‘paytirishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarini qishloq xo‘jaligi texnikalari va jihozlar bilan ta’minlash zarur.

👉Batafsil

#agrosugurta #qishloq_xojalik_texnikalari #traktor #kombayn #fermer #agronom
*****
ЭКОНОМИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ И ГАРАНТЫ СТРАХОВАНИЯ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ТЕХНИКИ

Мы продолжаем серию выпусков материалов по агрострахованию. Сегодня расскажем о страховании сельскохозяйственной техники.

🚜Одним из основных направлений принятой в нашей стране «Продовольственной программы» является увеличение видов и объемов выращиваемой сельскохозяйственной продукции за счет дальнейшего развития фермерства и создания многоотраслевых фермерских хозяйств. Для достижения этих целей необходимо обеспечить фермерские хозяйства и сельскохозяйственные предприятия оборудованием и сельскохозяйственной техникой.

👉Подробнее

#агрострахование #сельскохозяйственная_техника #трактор #комбайн #фермер #агроном

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XOʻJALIK MASHINALARINI LIZINGDA SUGʻURTALASH: SHARTLARI, XAVFLAR TURLARI, SUGʻURTA SUMMASI

📝🚜
2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – tarmoqni boshqarishda davlatning rolini kamaytirish va investitsiya jozibadorligini oshirishdan iborat. Bu yo‘nalishda agrooziq-ovqat tarmog‘ining strategik ustuvor yo‘nalishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kreditlash va sug‘urtalash mexanizmlarini takomillashtirishdek vazifa turibdi.

Bunda fermer va dehqonlarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar asosiy omillardandir. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish bo‘yicha lizing xizmati hisoblanadi.

👉Batafsil

#agrosugurta #lizing #kredit #texnika #traktor #fermer

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIKDA SUG‘URTA HIMOYASI: XAVF-XATARLAR VA TOVON TO‘LASH TARTIBI

🐄Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi ruknida avvalroq bog‘lar, uzumzorlar, sabzavot va qishloq xo‘jaligi texnikalari qanday sug‘urtalanishi haqida hikoya qilgan edik. Ushbu maqolada biz qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urta qilish shartlarini taqdim etamiz.

#agrosugurta #qishloq_xojaligi_hayvonlari
*****
СТРАХОВАЯ ЗАЩИТА В ЖИВОТНОВОДСТВЕ: ВИДЫ РИСКОВ И ПОРЯДОК ВОЗМЕЩЕНИЯ

🐄В рубрике агрострахование ранее мы рассказывали, как застраховать сады, виноградники, овощные культуры, сельскохозяйственную технику. В данном материале приводим условия страхования сельскохозяйственных животных.

#агрострахование #сельскохозяйственные_животные

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON AGROSANOAT MAJMUASINI SUG‘URTALASH VA MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

👥2023-yil 25-mart kuni Toshkentda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi va “Swiss Re”, “Europa Re” yirik xalqaro qayta sug‘urta kompaniyalari ko‘magida “Agroinsurance-2023” ikkinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy va xalqaro tashkilotlardan ma’ruzachilar va mehmonlar ishtirok etishdi.

#xalqaro_konferensiya #agroinsurance_2023 #agrosugurta

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZARBAYJON AGROSUG‘URTA FONDI: FERMERGA KO‘MAK, EKSPORTGA RAG‘BAT

🤝Qishloq xo‘jaligi tizimi va sohasini atroflicha tahlil qilish va islohotlarni joylarda ko‘zdan kechirish maqsadida O‘zbekistonlik mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ozarbayjonda bo‘lib turganligini xabar qilgan edik.

Bugun delegatsiya a’zolari kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish uchun navbatdagi manzilga yo‘l oldi. Muloqot uchun navbatdagi lokatsiya Ozarbayjon agrosug‘urta fondi bo‘ldi.

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agrosugurta
*****
АЗЕРБАЙДЖАНСКИЙ ФОНД АГРОСТРАХОВАНИЯ И АГРОСУБСИДИРОВАНИЯ: ПОДДЕРЖКА ФЕРМЕРОВ, СТИМУЛИРОВАНИЕ ЭКСПОРТА

🤝Ранее мы сообщали, что рабочая группа отечественных экспертов и специалистов находится сейчас в Азербайджане с целью всестороннего изучения нововведений и реформ в аграрном секторе этой страны.

Сегодня члены делегации, в рамках программы визита, побывали на следующем объекте: Азербайджанский фонд агрострахования.

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство #агрострахования

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI HAYVONLARINING SUG‘URTA HIMOYASI BO‘YICHA TAVSIYALAR

🐄Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasiga bag‘ishlangan materiallar turkumini davom ettiramiz. Avvalroq sizni chorvachilikdagi sug‘urtalash bilan tanishtirgan edik.

Bu galgi materialda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urta himoyasi bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etamiz.

#agrosugurta #qishloq_xojaligi_hayvonlari
*****
РЕКОМЕНДАЦИИ ПО СТРАХОВОЙ ЗАЩИТЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ЖИВОТНЫХ

🐄Продолжаем серию материалов, посвященных агрострахованию. Ранее мы знакомили вас со страхованием в животноводстве.

В данном материале представляем рекомендации по страховой защите животных в агросекторе.

#агрострахование #сельскохозяйственные_животные

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA TURKIYA: AGRAR SOHANI SUG‘URTALASH

🤝15-may kuni Turkiyaning agrosug‘urta sohasi vakillari agrar sohani sug‘urtalashga oid hamkorlikka erishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurishdi.

Dastlab, Qishloq xo‘jaligining tarkibiy tuzilmasidan tortib, mamlakatimizning yer maydoni va demografik holati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari kabi muhim maʼlumotlarni Vazirlikning Statistik tahlil boshqarmasi boshlig‘i Nodirjon Sadriddinov uchrashuv ishtirokchilari eʼtiboriga taqdim etdi.

Shundan so‘ng mehmonlar mamlakatimizdagi yer maydonlari va unda kechayotgan degradatsiya jarayonlarining oldini olish borasida qilinayotgan ishlarga qiziqish bildirishdi. Ushbu savollarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari departamenti mudiri Oybek Soatov batafsil javob qaytardi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agrosugurta #Ozbekiston #Turkiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMIDA SUGʻURTALASHNING TURKIYA MODELI MUHOKAMA ETILDI

🇺🇿🤝🇹🇷
Shu kunlarda O‘zbekistonda Turkiya agrosug‘urta sohasi vakillaridan iborat delegatsiya ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Agrosug‘urta tizimini takomillashtirish, sug‘urtalash orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda Turkiya tajribasini o‘rganishga alohida e'tibor berilgan. Bu borada ikki mamlakat vazirlarining o‘zaro muloqotlarida ham fikr almashilgandi. Mana shu hamkorlik davomi o‘laroq, bugun O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiyaning “TARSIM” sug‘urta kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov agrosug‘urta  sohasidagi Turkiya tajribasiga yuqori baho berib, O‘zbekiston sharoitida uni qo‘llash yaxshi natija berishiga umid bildirdi.

“TARSIM” kompaniyasi bosh direktori va direktorlar kengashi a'zosi Bekir Engurulu Turkiya tomoni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasida hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi va bu yo‘lda dastlab qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olishni taklif etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda agrosug‘urta tizimini tashkil etish va rivojlantirishdagi hamkorlik ishlarini jadal boshlash, bu borada ishchi guruh tuzib, “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqishga kelishib olindi. Shuningdek, hamkorlik uchun mustahkam zamin o‘laroq, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash masalasi ko‘rildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agrosugurta #memorandum #Ozbekiston #Turkiya #TARSIM

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGROTARMOQNI SUG‘URTALASH VA SUBSIDIYALASH IMKONIYATLARI KO‘RIB CHIQILDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Mc KINSEY & COMPANY” kompaniyasining Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish uchun marketing tadqiqotlari o‘tkazish, sohada sug‘urta va subsidiya tizimini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, “Mc KINSEY & COMPANY” kompaniyasi qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga turli ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatish bo‘yicha boy tajribaga ega. Kompaniya shu kungacha turli davlatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni subsidiyalash tizimini optimallashtirish, qishloq xo‘jaligi ekotizimlarini rivojlantirish, agrotarmoqni raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish kabi yo‘nalishlarda ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #agrosugurta #eksport #subsidiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Oʼzbekiston–🇹🇷Turkiya: agrosugʼurta hamkorlikda rivojlantiriladi

Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirining oʼrinbosari А. Karimov boshchiligidagi mamlakat qishloq xoʼjaligi sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi.

Аvval xabar berganimizdek, joriy yil sentyabr oyida Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligi oʼrtasida “Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab quvvatlash va sugʼurtalash sohasida hamkorlik qilish toʼgʼrisida”gi qoʼshma bayonot hamda yoʼl xaritasi imzolangandi.

Mazkur qoʼshma bayonot ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari А.Karimov rahbarligidagi delegatsiya vakillari Turkiya Respublikasida boʼlib turibdi. Tashrif davomida Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vaziri oʼrinbosari Ahmet Gumen bilan Turkiya sugʼurta qonunchiligini tartib-taomillarini Oʼzbekiston Respublikasida tatbiq etish boʼyicha oʼzaro fikr almashilib, hamkorlikda qonun loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Shuningdek, Turkiya Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi vazirligining Qishloq xoʼjaligi islohotlari departamenti mudiri Osman Yildiz va departament tarkibiy tuzilmasi rahbarlari bilan Turkiya Qishloq xoʼjaligi sugʼurtasining tarixi, joriy etilishi bosqichlari, erishilgan yutuqlar toʼgʼrisida maʼlumot olindi va ushbu tizimni Oʼzbekistonda joriy etish yoʼnalishlari muhokama qilindi.

#agrosugurta

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM