QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💧YAXOB SUVI: AFZALLIGI, MIQDORI, TALABLARI

Ekinlarga nega yaxob suvi beriladi

Yaxob suvining mevali daraxtlar uchun foydasi bormi

Yaxob suvi berilganda suvning miqdori qanday belgilanadi

👉Yaxob suvi haqidagi eng muhim ma’lumotlar maqolamizda

📺To'liq video

#yaxob_suvi #suv #sugorish #daraxt #foydasi
*****
💧ЗИМНЕЕ ОРОШЕНИЕ: ПРЕИМУЩЕСТВА, КОЛИЧЕСТВО, ТРЕБОВАНИЯ

Для
чего посевы поливают водой зимой

Полезна ли вода для фруктовых деревьев зимой

Как определяется количество воды при поливе зимой

👉Важная информация о зимнем поливе в нашем материале

📺Полное видео

#зимний_полив #вода #полив #деревья #польза

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💧🌱Qish faslining chillasida ekinlarga yaxob, ya’ni chilla suvi beriladi. Yaxob suvining mevali daraxtlar uchun foydasi katta. U bog‘lar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan agrotexnik tadbirdir. Aksariyat ekinlarga yaxob suvi yanvar oyida beriladi. Yanvar oyida ekinlarga yaxob suvi berilmagan bo‘lsa, fevral oyida 1-2 marta bog‘ va tokzorlar uchun berish zarur.

#yaxob_sugorish #sugorish #bog #tokzor #daraxt #qish #fermer #dehqon #agronom
*****
💧🌱В «чиллю» зимой наши фермеры и дехкане начинают поливать свои сады водой по специальным арычкам в садах. Такой полив приносит большую пользу для фруктовых деревьев. Это важное агротехническое мероприятие для садов. Большинство культур поливают такой водой в январе. Если в январе посевы не поливали, то в феврале необходимо 1-2 раза подкормить сад и виноградники удобрением.

#полив #сады #зима #деревья #фермер #дехканин #агроном

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XOVOS TUMANIDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN UNUMLI FOYDALANILMOQDA

💧Xovos tumani mamlakatimizning yerlari hosildorligi bilan ajralib turadigan o‘ziga xos maskanidir. Sirdaryo viloyatining boshqa joylariga qaraganda bu yerda qishloq xo‘jaligi ekinlari tez pishib yetiladi. Ekinlar esa suv bilan barhayot. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, asosan toshloq yerlar suvni ko‘p talab qiladi. Joriy yilda tumanda 8 ming gektar ekin maydoniga g‘alla, 8,5 ming gektarga chigit ekildi. Bu maydonlarda 650 nafar fermer faoliyat yuritmoqda.

Suv tanqisligi inobatga olinib, joriy yilda viloyatda suvni tejaydigan texnologiyalar orqali 2600 gektarga yaqin paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish tizimlarini qayta ishga tushirish uchun qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda, 1400 gektar bog‘lar tomchilatib sug‘orilmoqda hamda 400 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orishga erishildi.

#sugorish_texnologiyalari #tomchilatib_sugorish #yomgirlatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQUACROP MODELINING YANGI TALQINI

💻AquaCrop modelining 7.1 – eng oxirgi talqinini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin bo‘ldi.

AquaCrop – bu qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tizimining unumdorligi modeli bo‘lib, atrof-muhit sharoitlari va sug‘orish uslublarining ekinlar hosildorligiga ta'sirini baholash imkonini beradi. Model FAOning Yer va suv resurslari bo‘limi tomonidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. AquaCrop ekinlarning hosildorligini suv iste'moliga qarab prognozlaydi, bu qurg‘oqchilik xatari mavjud mintaqalarda ayniqsa dolzarbdir.

Dastur o‘simliklar o‘sishi jarayonining kompyuterdagi imitatsiyasini yaratadi, bunda tuproq-iqlim omillarini hisobga oladi va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan maksimal hosil olish uchun kerakli suv miqdorini hisoblab chiqish imkonini beradi.
*****
НОВАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ МОДЕЛИ AQUACROP

💻Последнюю версию модели AquaCrop 7.1 можно загрузить по ссылке.

AquaCrop — это модель производительности системы орошения сельскохозяйственных культур, которая позволяет оценить влияние окружающей среды и методов орошения на урожайность. Модель была разработана отделом земельных и водных ресурсов ФАО для обеспечения продовольственной безопасности. AquaCrop прогнозирует урожайность на основе потребления воды, что особенно актуально в регионах, подверженных засухе.

Программа создает компьютерную имитацию процесса роста растений, с учётом почвенно-климатических факторов и позволяет рассчитать количество воды, необходимое для получения максимального урожая сельскохозяйственных культур.

#AquaCrop #qishloq_xojaligi #sugorish_tizimi #FAO #сельское_хозяйство #ФАО

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tomchilatib sug'orish - suv tejashning samarali usuli

💧 Butun dunyoda boʼlgani kabi yurtimizda ham suvni tejab ishlatish muhim ahamiyatga ega. Mavjud suv resurslarining salmoqli qismi qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanishi eʼtiborga olinsa, bu beminnat neʼmatdan tejab-tergab foydalanish samarali usuldir.

🔰 Shu maqsadda qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilsa, hosildorlik oshishi bilan birga, suvni tejash imkoniyati ham yuzaga keladi.

Mazkur infografikada resurs tejamkor texnologiyalarning joriy etilishi natijasida energiya tejamkorlik hamda tomchilatib sug'orishning afzalliklari aks etgan.

#sugorish #hosildorlik #tomchilatib_sugorish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yomg‘irlatib sug‘orish – tejamkorlik asosi

Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mana shunday ishlardan biri "Xorazm Pilla Xolding" pillachilik klasteri tomonidan amalga oshirildi. Xususan, klaster tomonidan Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 4.7 gektar tutzorga tut ko'chatlarini hamda mavsumiy ekiladigan oraliq ekinlarni sug'orish maqsadida yomg'irlatib sug'orish inshooti o'rnatildi.

Loyiha qiymati har bir gektar uchun 25 million so'mni, umumiy qiymati esa, 117,5 million so'mni tashkil etib, mazkur loyiha korxonaning o'z mablag'lari evaziga amalga oshirilgan.

#yomgirlatib #sugorish #tejamkorlik

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM