QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DALA UYLARI – FERMERLAR UCHUN QO‘SHIMCHA QULAYLIK

🏡2023-yilda Respublikada paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida kichik, yengil konstruksiyali, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan “dala uylari” tashkil etiladi. Jumladan, Jizzax viloyatining Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlarida namuna tariqasida quriladigan “dala uylari” uchun talabgorlarning ro‘yxati tuzildi.

“Dala uylari” Jahon banki mablag‘lari hisobidan 15 yillik ipoteka krediti asosida quriladi. Kredit 2 yillik imtiyozli davr bilan xorijiy valyutada, yillik 6 foiz stavkada ajratiladi. Bunda fermer loyiha qiymatining 20 foiz miqdorida to‘lovni oldindan amalga oshiradi. Loyihaning umumiy qiymati 280 mln so‘mni tashkil qiladi.

👉Batafsil

#dala_uylari #fermer #dehqon #kredit

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #videoselektor #kredit

Prezident oilaviy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘lami kengaytirilishini taʼkidladi. Jumladan, 2023-yilda:

- tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi;

- dehqon xo‘jaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million so‘mgacha oshiriladi (amalda 33 million so‘m);

- avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija ko‘rsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi (hozir faqat bir marta olish mumkin);

- kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ruxsat beriladi.

2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion so‘m beriladi (2022 yilda – qariyb 10 trillion so‘m). Prezident yaqinda imzolagan qarorga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlikka qo‘shimcha 300 million dollar ajratiladi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2890
QISHLOQ XOʻJALIK MASHINALARINI LIZINGDA SUGʻURTALASH: SHARTLARI, XAVFLAR TURLARI, SUGʻURTA SUMMASI

📝🚜
2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – tarmoqni boshqarishda davlatning rolini kamaytirish va investitsiya jozibadorligini oshirishdan iborat. Bu yo‘nalishda agrooziq-ovqat tarmog‘ining strategik ustuvor yo‘nalishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kreditlash va sug‘urtalash mexanizmlarini takomillashtirishdek vazifa turibdi.

Bunda fermer va dehqonlarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar asosiy omillardandir. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish bo‘yicha lizing xizmati hisoblanadi.

👉Batafsil

#agrosugurta #lizing #kredit #texnika #traktor #fermer

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONADA JAHON BANKI ISHTIROKIDAGI ZAMONAVIY ISSIQXONA

🍓Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan “Dolina Stroy” MCHJga ham 2019-yilda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon banki ishtirokidagi loyihalar doirasida 600 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Bu yerda hozirda doimiy 14 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib borishmoqda. Ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu issiqxonada bir yilda 50 tonnagacha hosil yetishtirilib, aholi dasturxoniga tortiq qilinmoqda.

#qishloq_xojaligi #Jahon_banki #Oziq_ovqat #kredit #issiqxona #qulupnay #gidroponika

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram