QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ITALIYALIK EKSPERTLARNING MISSIYASI: YASHIL IQTISODIYOTGA INKLYUZIV O'TISHNI QO'LLAB-QUVVATLASH

🔰2023-yilning 30-yanvaridan 4-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Italiya milliy tadqiqot muassasasi – qishloq xo‘jaligi, agrosanoat, baliqchilik, o‘rmon xo‘jaligi va iqtisodiyot bo‘yicha tajribaga ega tashkilot.

👉Batafsil

#tashrif #delegatsiya #hamkorlik #Ozbekiston #Italiya #qishloq_xojaligi #agrosanoat #baliqchilik
*****
МИССИЯ ЭКСПЕРТОВ ИЗ ИТАЛИИ: ПОДДЕРЖКА ИНКЛЮЗИВНОГО ПЕРЕХОДА К «ЗЕЛЕНОЙ» ЭКОНОМИКЕ

🔰С 30 января по 4 февраля 2023 года при поддержке Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и Программы развития ООН (ПРООН) в Узбекистане проходит визит экспертов Совета по сельскохозяйственным исследованиям и экономике (CREA)итальянского национального научно-исследовательского учреждения с компетенцией в области сельского хозяйства, агропромышленности, рыбоводства, лесоводства и экономики.

👉Подробнее

#визит #делегация #сотрудничество #Узбекистан #Италия #сельское_хозяйство #агропромышленность #рыбоводство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYALIK MUTAXASSISLAR INNOVATSION GURUHLARNI TUZISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHADI

🔰2023-yil 31-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida Italiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar mavzusi: “Agrooziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalarining iqlimga yo‘naltirilgan tizimini rivojlantirish”.

Seminardan ko‘zlangan maqsad
O‘zbekiston fermerlarini Yevropa Ittifoqining innovatsion guruhlar faoliyati bo‘yicha tajribasi va bilimlari bilan tanishtirishdan iborat.

#tashrif #delegatsiya #hamkorlik #Ozbekiston #Italiya #qishloq_xojaligi #agrosanoat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" dasturida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan "axborot tizimlarining amaliyotga joriy etilishi" to‘g‘risida lavha namoyish etildi.

Unda Raqamli qishloq xo‘jaligi — yagona integratsion platforma ekanligi va sohani raqamlashtirish bo‘yicha 10 ga yaqin axborot tizimlari amaliyotga joriy etilayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #axborot_24 #agrosanoat #raqamlashtirish

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI RAQAMLASHTIRISH MARKAZIDA TAJRIBA VA BILIM ALMASHISH

👥O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish markazida Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2023-2025-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining savdo aylanmasi hajmini oshirish va agrosanoat majmui sohasida qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

#uchrashuv #raqamlashtirish #xalqaro_hamkorlik #agrosanoat
*****
ОБМЕН ОПЫТОМ И ЗНАНИЯМИ В ЦЕНТРЕ ЦИФРОВИЗАЦИИ МИНСЕЛЬХОЗА РУ

👥В рамках реализации совместных инвестиционных проектов в сфере агропромышленного комплекса (АПК) и увеличения товарооборота сельскохозяйственной продукции между Кыргызской Республикой и Республикой Узбекистан на 2023-2025 гг. прошла встреча в Центре цифровизации АПК при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан.

#встреча #цифровизация #международное_сотрудничество #агропромышленность

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining rasmiy saytida “Agar jismoniy mehnatdan qochmoqchi bo‘lsang, bilim o‘rgan” mavzusidagi maqola va lavha efirga uzatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi”ning bosh dasturchisi Odilxon Muxtorxo‘jayev faoliyati haqida hikoya qiluvchi ushbu lavhada uning IT sohasidagi ko‘p yillik bilim va tajribalari, o‘ziga xos qarashlari, erishgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tilgan.

Shuningdek, lavhada bugungi zamonaviy kasb egalari bo‘lmish yosh dasturchilarga muhim tavsiyalar hamda yo‘l-yo‘riqlar lavha qahramoni tomonidan bayon etilgan.

Ushbu maqola va lavhani bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Videoni 4K formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling

#repost #IT #texnologiyalar #agrosanoat #raqamlashtirish

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON VILOYATIDA ZAMONAVIY AGROSANOAT KLASTERI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov boshchiligidagi vazirlik vakillari yurtimizga tashrif buyurgan BAAning "Ye20 Investment Limited" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda “Andijon viloyatida zamonaviy agrosanoat klasterini yaratish” loyihasi muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Andijon viloyatida “Abu-Dabi-Uzbek Investment” investitsiya kompaniyasi hamda “E20 Investment Limited” kompaniyasi bilan birgalikda umumiy qiymati 28,5 mln dollarga teng bo‘lgan zamonaviy agrosanoat klasterini yaratish ko‘zda tutilgan.

Bu boradagi ishlarni tashkil etish maqsadida 2022-yil 25-martda “2 U” MCHJ kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda loyiha doirasida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida gilos va rezavor meva yekinlarining yuqori sifatli va eksportbop navlarini yetishtirish, saqlash, shuningdek, chuqur qayta ishlash jarayonlarini to‘liq qamrab oluvchi tizim joriy yetilgan.

Uchrashuv davomida Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov mazkur loyiha asosida yangi ish o‘rinlarining yaratilayotganligi, sifatli va jahon bozorida o‘z o‘rniga ega meva-sabzavot mahsulotlarning yetishtirilayotganligi juda quvonarli holat ekanligini alohida ta'kidladi. Shuningdek Azimjon Nazarov Mazkur loyihani yanada kengaytirish va rivojlantirish hamda to‘laqonli faoliyat olib borishida vazirlik yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

#andijon #agrosanoat #uchrashuv

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM