QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#ASK #Yevropa_Ittifoqi

QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT SEKTORI RIVOJINI QO‘LLAB-QUVVATLASH: O‘ZBEKISTON VA
YEVROPA ITTIFOQI HAMKORLIGI

🌐O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan mustahkam xalqaro aloqalarni olib borishda davom etmoqda va buning yaqqol isbotini O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati misolida kuzatish mumkin. Xususan, YEI tomonidan O‘zbekistondagi oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va agrar siyosatga doir dolzarb vazifalarni amalga oshirishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizim tashkilotlariga texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish (ASK) dasturi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. ASK dasturi, shuningdek, mamlakatning agrar oziq-ovqat sektoridan manfaatdor tomonlar o‘rtasida barqaror muloqot va hamkorlik o‘rnatishga ham xizmat qiladi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini uzoq vaqtdan beri qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Chunki bu soha mamlakatda aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha katta salohiyatga ega hamda milliy iqtisodiyotga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Qolaversa, ishonamizki, sektor taraqqiyoti mamlakatning chekka va zaif hududlarida yangi daromad manbalarini yaratish uchun yirik imkoniyatlarni taqdim etadi” deydi ASK dasturi haqida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI HAMKORLIK

👥Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatlarining Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilxom Norqulov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov va tegishli tuzilma rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riepma, loyiha menejeri Adrian Nil ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi tomonidan mamlakatimizda agrar sohada amalga oshiriliayotgan islohotlarga ko‘mak tariqasida taqdim etilayotgan 27 million yevro miqdoridagi grant mablag‘lari va uni maqsadli yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

#uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Iqtisodiyot_va_moliya_vazirligi #Yevropa_Ittifoqi #grant #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT SEKTORIDA STRATEGIK REJALASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

👥Toshkentda “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorini strategik rejalashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, maslahatchilar hamda Yevropa Ittifoqi ASK dasturi xalqaro ekspertlari ishtirok etdilar. Norasmiy tarzda, do‘stona muhitda o‘tgan tadbirda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorini isloh qilishni strategik boshqarish, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, taraqqiyotni monitoring qilish va hisobot berishning samarali tizimini yaratish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, yevropa Ittifoqi ASK dasturi xalqaro ekspertlari qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorini isloh qilishning konsolidatsiyalashgan va ustuvor rejasini ishlab chiqish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

2023-2024-yillar uchun rejalashtirish va ustuvorliklarni belgilash jarayonini joriy va istiqboldagi mavjud byudjet resurslari bilan bog‘lash mexanizmi va jarayonini yaratish ham davra suhbati ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.

Tadbir davomida mavjud tizimning SWOT tahlili va taklif qilinayotgan muqobil variantlar o‘rganildi, Konsolidatsiyalangan amalga oshirish yo‘l xaritasi ko‘rib chiqildi, ustuvorliklar belgilandi hamda bu yo‘nalishdagi keyingi harakatlar kelishib olindi.

#davra_suhbati #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Yevropa_Ittifoqi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGROTARMOQ STRATEGIK RIVOJI: QISHLOQ XO‘JALIGINI REJALASHTIRISHDAGI USTUVORLIK

👥So‘nggi yillarda faqat qishloq xo‘jaligi transformatsiyasiga qaratilgan bir necha qonuniy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilgani ham qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar qanday ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu to‘g‘ri. Lekin soha vakillari, turli yo‘nalishlarda agrotarmoqni taqdim etayotgan mutaxassislar mana shu o‘zgarishlarga tayyormi? Haqli savol. Chunki barcha o‘zgarish va yangilanish, avvalambor, eng quyi bo‘g‘indan boshlab natija bersagina yuqoridagi savollarga javob berilgan bo‘ladi.

Shu va boshqa muhim masalalar Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Yevropa Ittifoqining agroyo‘nalishdagi yetuk eksperti Adrian Nil hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida muhokama markazidan o‘rin oldi. O‘zbekiston mintaqada agrosalohiyati yetuk mamlakat. Buni ko‘z-ko‘z qilib emas, soha ertasi, yurt rivoji, aholi ma’murligi uchun foydalanish manbasiga aylantirish lozim. Organik qishloq xo‘jaligi, dunyoga O‘zbekiston mahsuloti brendi targ‘ibotini tarqatish va eng asosiysi, 2030-yilga qadar sohani strategik rivojlantirish masalalari ishtirokchilar tomonidan tahlil qilindi.

#davra_suhbati #vazir #aqlli_qishloq_xojaligi #transformatsiya #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Yevropa_Ittifoqi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

🔰Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk Britaniyalik professor, xalqaro ekspert Richard Woody tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Oziq-ovqat va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro ekspert tomonidan mavzuga oid quyidagi yo‘nalishlarda huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, savol-javoblar o‘tkaziladi:

🔴Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi / oziq-ovqat xavfsizligi (FS);
🔴Oziq-ovqat biznesi /Oziq-ovqat biznesi operatori (FBO);
🔴Oziq-ovqat mahsulotlarini bozorda joylashtirish;
🔴Oziq-ovqat zanjirida xavf tahlili.
*****
ПИЩЕВАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ ПОД ПРИСТАЛЬНЫМ ВНИМАНИЕМ ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ АГРАРНОГО СЕКТОРА

🔰10-11 августа этого года международный эксперт, профессор Ричард Вуди (Великобритания) проводит в Ташкентском государственном аграрном университете семинар-тренинг на тему «Безопасность продовольственной продукции».

В рамках Программы Европейского союза по поддержке сельского хозяйства и повышению знаний в агросфере (ASK) международный эксперт по продовольствию и безопасности продовольственной продукции анализирует различные вопросы отрасли, даёт правовые практические пояснения, поднимает актуальные темы и ищет адекватные ответы:

🔴Безопасность продовольственной продукции/продовольственная безопасность (FS);
🔴Продовольственный бизнес/оператор продовольственного бизнеса (FBO);
🔴Размещение продовольственной продукции на рынке;
🔴Анализ рисков в продовольственной цепочке.

#seminar_trening #oziq_ovqat #Yevropa_Ittifoqi #xalqaro_ekspert #TDAU #семинар_тренинг #продовольственная_продукция #Европейский_союз #международный_эксперт #ТГАУ

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

🔰Joriy yilning 10-11-avgust kunlari
Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk Britaniyalik professor, xalqaro ekspert Richard Woody tomonidan "Oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Maʼlumki, butun dunyoda, jumladan respublikamizda ham Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash eng muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Bizda “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” deganda “daladan dasturxongacha” tamoyili tushuniladi. Aslida, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash bu o‘sha mahsulotni yerini, o‘g‘itlarini tayyorlashdan tortib, toki isteʼmolchi tanovvul qilib, uning salomatligiga ziyon yetmaganiga ishonch hosil qilingungacha jarayonni o‘z ichiga olishi lozim.

#seminar_trening #oziq_ovqat #Yevropa_Ittifoqi #xalqaro_ekspert #TDAU

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OHANGARONDA INNOVATSION GURUH ISH BOSHLADI

🔰Ohangaron shahrida chorvachilik sohasini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni maqsad qilgan Innovatsion guruh o‘z faoliyatini boshladi.

Bugungi kunda har qanday sohaga innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi judayam muhim. Uskunalarimiz bir kunda 200 litr sutni qayta ishlaydi. Biz buni 3-4 barobar ko‘paytirib, bir kunda 600-800 litr sutni qayta ishlash imkoniyatiga egamiz. Hozircha, bizda 5-6 xil mahsulot ishlab chiqarilmoqda, keyinchalik bu mahsulotlar sonini ko‘paytirish niyatimiz ham bor.

Bundan tashqari biz echki sutini ham qayta ishlamoqchimiz. Global iqlim o‘zgarishi sharoitida chorvachilikni shunga moslashimiz kerak. 50° havoda chorva mollarimizning sog‘ligini saqlashimiz va ulardan sut ham olishimiz kerak”.

#Innovatsion_guruh #yashil_iqtisodiyot #Yevropa_Ittifoqi #sutni_qayta_ishlash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM