QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.1K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xo_jaligi_vazirligi #O_zdavyerloyiha #Yer_axborot_tizimi_portali

Yer axborot tizimi portali, aktual, aniq va tezkor tahliliy ma’lumotlar.

Respublikamizning ma’muriy hududidagi qishloq xo’jaligi
yer toifasiga tegishli 25 mln 639 ming gektar yer maydoni haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan Yer Axborot tizimi portali ishga tushurildi.


Bizlar ijtimoiy tarmoqlarda

Facebook | Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer #degradatsiya
#️⃣ YER DEGRADATSIYASI: OQIBATLARI VA YECHIMLARI

• Yerning degradatsiyasi nima, u qachon namoyon bo‘ladi
Yer degradatsiyasiga qarshi kurashish mumkinmi
• Dunyo bo‘ylab va O‘zbekistonda yerlarning qancha foizi degradatsiyaga uchragan

👉Bu haqda bizning maqolamizda o‘qing.
————
#почва #деградация
#️⃣ ДЕГРАДАЦИЯ ЗЕМЕЛЬ: ПОСЛЕДСТВИЯ И РЕШЕНИЯ ПО УСТРАНЕНИЮ

• Что такое деградация земель и когда она проявляется
• Можно ли противостоять деградации земель
• Какой процент земель по миру и в Узбекистане подвержен деградации

👉Об этом читайте в нашем материале.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kuzgi_bugdoy #yer_tayyorlash
KUZGI BUG‘DOY EKISHDA YERNI TAYYORLASH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?
• Yerni ekishga tayyorlash ikkiga bo‘linadi: tuproqqa asosiy ishlov berish va ekish oldidan unga ishlov berish.
• Kuzgi g‘alla ekiladigan yerlarni ishlash tizimi undan oldin shu maydonga qanday ekin turi ekilganligiga bog‘liq.

Yerlarni kuzgi g‘alla ekishga tayyorlashga oid shu kabi muhim tavsiya va maslahatlar maqolamizda batafsil berilgan.

🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾🌾
#озимая_пшеница #подготовка_почвы
КАК ПРОВОДИТСЯ ПОДГОТОВКА ЗЕМЛИ ПРИ ПОСАДКЕ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ?
• Подготовка земли к посадке делится на два этапа: основная обработка почвы и обработка почвы перед посевом.
• Система обработки земель с озимыми зерновыми, зависит от вида культур, засеянных на этой площади до этого.

Важные рекомендации и советы по подготовке почвы к осенней посадке зерновых подробно приведены в нашей статье.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_uchastkalari_ajratilishi

E-IJARA, E-AUKSION - shaffoflik va tenglikni ta’minlovchi mexanizmlar

🌱Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish, bunda ehtiyojmand fuqarolarga tanlovlarda ustuvorlik berish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔰2022-yil 17-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha tegishli avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yordamida 89 794 gektardan ortiq 396 833 ta lotlar ishlab chiqilgan bo‘lib, 73 804 ta lot bo‘yicha tanlov g‘oliblari aniqlangan. Jumladan, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 84 244 nafar g‘olibga 19 676 gektar yer uchastkalari ajratilib, ular dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga yutib olganlar va dehqon xo‘jaligi sifatida faoliyatni boshlaganlar.

Batafsil
#yer_uchastkasi #ijaraga_berish

♻️ Surxondaryo viloyatida “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 10.09.2022-y. PQ-373 qarori bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha viloyat kesimida:

📊 6 390,79 gektar maydonda 29 943 ta lot tayyorlangan;
📊 5 682,84 gektar maydonda 28 103 ta lot bo‘yicha “E-Auksion” elektron savdo platformasida tanlov g‘oliblari aniqlangan.

♻️ Surxondaryo viloyatida 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 7 797 gektardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga asosan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdaverloyiha” DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.

Obuna bo'ling:
WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
#yer_axborot_tizimlari #koreya_tajribasi

KOREYA RESPUBLIKASINING YER AXBOROT TIZIMLARINI YARATISH TAJRIBASI VA IMKONIYATLARINI O‘RGANISH

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi va Koreya Respublikasining “Geotwo Co. Ltd.” kompaniyasi vakillari o‘rtasida yer axborot tizimlarini yaratish tajribasi va imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

#создание_земельных_информационных_систем #Корея

ИЗУЧЕНИЕ ОПЫТА И ВОЗМОЖНОСТЕЙ КОРЕИ ПО СОЗДАНИЮ ЗЕМЕЛЬНЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ СИСТЕМ

🤝В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялась встреча между представителями управления развития геоинформационных технологий Минсельхоза РУ и компании «Geotwo Co. Ltd.» Республики Корея по изучению опыта и возможностей создания земельных информационных систем.

👉Подробнее

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
#yer_islohoti #seminar

QAROVSIZ YERLAR MUAMMOSINI HAL QILISH LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR

🔹O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zdavyerloyiha davlat ilmiy-loyihalash institutida “Qishloq xo‘jaligi yerlari bozorini mustahkamlash, qarovsiz yerlarning muammosini hal etish, ularni birlashtirish mexanizmini takomillashtirish (GCP/SEC/022/TUR)” loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Institut vakillari va vakolatli davlat muassasalarining texnik ekspertlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda loyiha faoliyatini, xususan, yer bozorini rivojlantirish, boshqaruv va yer islohoti bilan bog‘liq siyosat, huquqiy va institutsional bazani baholash masalalari muhokama qilindi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#E_auksion #yer_ajratish

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA NARXLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH: AHOLIGA
YER AJRATISHNING “Е-AUKSION” ELEKTRON TIZIMI

📍2022-yil 27-oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami
99 989 gektar yer maydoni zaxiraga olingan bo‘lib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan 99 936,41 gektar yer maydoni 439 114 ta lotga ajratilgan.

Shuningdek, “E-auksion” savdo platformasida respublika bo‘yicha umumiy 11 888,77 gektar yer maydonida 37 797 ta lot savdoga chiqarilgan.

Ayni damda umumiy 83 672,44 gektar yer maydoni
389 848 ta lot bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan.

👉Batafsil

*****
#E_auksion #выделение_земель

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ И СТАБИЛЬНОСТИ ЦЕН: СИСТЕМА “Е-AUKSION” ВЫДЕЛЕНИЯ ЗЕМЕЛЬ НАСЕЛЕНИЮ

📍По состоянию на 27 октября 2022 года в республике зарезервировано 99 989 га земель.

Со стороны института «Уздаверлойиха» при Минсельхозе РУ 99 936,41 га земли разделены на
439 114 лотов.

На торговой площадке “E-auksion” по Республике на продажу выставлено 37 797 лотов на площади
11 888,77 га.

На данный момент определены победители по 389 848 лотам общей площадью земель 83 672,44 га.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☔️Yomg‘irdan ranjimang azizlar aslo,
Yer-u falakni birlashtirar yomg‘ir...

#kun_fotosi #yomgir #yer #osmon
*****
☔️Не злитесь на дождь, ведь он соединяет небо и землю.

#фото_дня #дождь #земля #небо

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🗞Bugun #bu_qiziq ruknimizda yer tuzishning ahamiyati, bu boradagi bilimlar insonlarga mamlakat miqyosida ulkan natijalarga erishishiga qay darajada yordam berishi haqida hikoya qilamiz.

🇺🇸AQShning Janubiy Dakota shtatida joylashgan, mamlakatning asosiy turistik obyektlaridan biri sanaluvchi Rashmor tog‘i bunga yorqin misol bo‘la oladi. Granit tog‘ning bir tomonida AQSh tarixida muhim rol o‘ynagan to‘rt prezident monumenti ishlangan.

🔰Bu to‘rt prezident – Vashington, Jefferson, Ruzvelt va Linkoln qiyofasining tushirilgani o‘ziga xos sabablarga ega. Chunki ularning to‘rtalasi ham ish faoliyatining qaysidir davrida yer tuzish ishlari bilan shug‘ullangan, prezidentlik davrida esa AQSH mustahkamligi va taraqqiyoti yo‘lida muhim rol o‘ynagan shaxslar hisoblanadi.

Rashmor tog‘i monumenti haqida faktlar:
🟢18 metr balandlikdagi monument 15 yil davomida bunyod etilgan.
🟢Pandemiya davriga qadar ushbu turizm maskaniga yiliga 2,5 million inson tashrif buyurgan.
🟢Rashmor tog‘i ustida kechgan 15 yillik mehnat davomida 450 ming tonna granit ko‘chirib tushirilgan.
🟢Prezidentlar monumentini bunyod etish o‘ta qiyin sharoitlarda kechgan bo‘lsa-da, bironta ishchining hayoti qurbon etilmagan.

#Rashmor_togi #AQSH #yer_tuzish

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILDI

📐O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan “E-IJARA” avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2021-yil 23-dekabrdan ishga tushirilgan. Mazkur tizim tegishli vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilingan bo‘lib, lotlarni ochiq elektron tanlovlarni o‘tkazish maqsadida “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarish, shuningdek g‘oliblarning huquq va hujjatlarini tegishli idoralarda rasmiylashlashtirishga ko‘maklashish uchun foydalanilmoqda.

👉Batafsil

#yer_uchastkalari #E_IJARA #E_AUKSION

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
XALQARO YER KUNIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR

👥2023-yil 18-aprel kuni Samarqand viloyati Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti (DILI) bilan hamkorlikda Yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish va davlat kadastrlari munosabatlarini takomillashtirishda ilm-fan yutuqlari hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

#Ozdavyerloyiha #raqamlashtirish #yer_resurslari #innovatsion_texnologiyalar #anjuman
*****
СЕМИНАР, ПОСВЯЩЕННЫЙ МЕЖДУНАРОДНОМУ ДНЮ ЗЕМЛИ

👥18 апреля 2023 года Самаркандским государственным архитектурно-строительном университетом имени Мирзо-Улугбека совместно с Государственным научно-проектным институтом «Уздаверлойиха» (ГНИПИ) при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан была организована международная научно-практическая конференция на тему «Цифровизация использования земельных ресурсов и актуальные проблемы внедрения научных достижений, а также инновационных технологий в совершенствование отношений государственного кадастра».

#Уздаверлойиха #цифровизация #инновационные_технологии #конференция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2023-yil hosili uchun jami 3 179 126 gektar asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish prognozlashtirilgan.

Bunda jami ekinlarning 32,4 foizi texnik ekinlar, 31,8 foizi boshoqli ekinlar hamda 15,2 foizi ozuqabop ekinlar hissasiga to‘g‘ri kelishi ko‘zda tutilgan.

#infografika #yer_maydonlari #ekinlar

Vebsayt | Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Yer yuzidagi quruqlikning necha foizini dehqonchilik uchun yaroqli yerlar tashkil qilishi haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

So‘rovda jami 163 kishi ishtirok etdi. Respondentlardan 41 kishi to‘g‘ri javobni tanlagan – quruqlikning taqriban 13 foizi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun yaroqli.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #dehqonchilik #yer #resurslar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YERLAR DEGRADATSIYASI MASALASI MUHOKAMA QILINDI

💧Bugun respublikamizda yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

2023-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda ham aynan yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish, yagona makonda shakllantirish va foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumki, respublikamizda mavjud yerlar degradatsiya tadbirlari monitoringini yuritish, baholash va zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligidaYer degradatsiyasi” geoportalining dastlabki tahriri ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ma‘sul vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokidagi tadbirda esa Yer degradatsiyasi” geoportalini takomillashtirishda fazoviiy ma‘lumotlarni shakllantirish, uning tuzilmasi, idoralararo ma‘lumot uzatish, hisobot shakllari va boshqa masalalarga e‘tibor qaratildi.

Shuningdek, tegishli texnik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va idoralarda shakllanayotgan ma‘lumotlar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha ham o‘zaro kelishib olindi.

#Yer_degradatsiyasi #geoportal #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yerni kuzgi haydash – u nima uchun zarur?

Tuproqqa ishlov berish – muhim agrotexnik tadbir. Yerni ekin mavsumiga sifatli tayyorlash ekinlar hosildorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari nobud bo‘lishini kamaytirish imkonini beradi. Yer haydash foydasi haqida so‘z yuritamiz.

🔸 Yer haydash – bu tuproqqa maxsus usulda ishlov berishdir: yer qatlami taxminan 20 sm chuqurlikda ag‘dariladi, maydalanadi, qumoqlashtiriladi va plug yordamida aralashtiriladi. Shaxsiy va kichik fermerlik xo‘jaliklarida pluglar qo‘lbola bo‘ladi yoki kultivatorga ulanadi, ishlab chiqarish ko‘lamlarida plug qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘rnatiladi.

Yer haydalishi qator afzallikka ega: yer kislorodga boyiydi, unda o‘simliklar tezroq va baquvvatroq o‘sadi; kemiruvchilar va hasharotlarning yer osti yo‘llari buziladi; tuproq eroziyasining oldi olinadi; begona o‘tlarni yulish jarayoni osonlashadi, chunki ularning ildizlari yuzaga chiqib qoladi; yerning sho‘rlanishi darajasi kamayadi.

Kuzgi yer haydalishi begona o‘tlar ildizlari va yer ostida yashovchi bakteriyalar hamda zararkunandalarni yuzaga chiqaradi. Ular sovuqda halok bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik vaqtida, yer suvsizlanishining oldini olish maqsadida, yerni haydamagan ma'qul

#bu_qiziq #yer_haydash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer munosabatlarini rivojlantirishda xorij tajribasi

Bu yil Konstitutsiya qabul qilinganiga 31 yil to‘ladi. Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda ham Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati xususida so‘z bordi.

Xususan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq, respublikamizda qishloq xo‘jaligi yerlarida yer islohotlarni rivojlantirish, yerlar bozorini shakllantirish va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror boshqarish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning yer tuzish va huquqshunoslik yo‘nalishidagi xalqaro konsultantlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Adliya vazirligining ushbu yo‘nalishdagi masʼul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Seminar doirasida amalga oshirilgan ishlar ham har tomonlama tahlil qilinib, bu bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va salohiyatni rivojlantirish orqali mintaqaviy hamkorlikning yaxshi ishlaydigan mexanizmi yaratilgani ham qayd etildi.

#yer_resurslari #rivojlantirish

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM