QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.2K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TIZIM TASHKILOTLARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA DARAXT KO‘CHATLARI EKILMOQDA

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi asosida amalga oshirilmoqda.

1-20-noyabr kunlari davomida vazirlik tizimidagi 30 dan ortiq tizim tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari, hududiy va tuman bo‘linmalari tomonidan 250 mingdan ortiq ko‘chatlarni ekish belgilangan.

Bugungi kunga qadar (11-noyabr holatiga ko‘ra), 26 mingdan ortiq (8,8 ming dona manzarali va 17,2 ming dona mevali daraxtlar) ko‘chatlar ekildi.

Xususan, bugun 11-noyabr kuni vazirlik tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” DILI Toshkent viloyati bo‘linmasi Bekobod tumani “O‘quv-tajriba” xo‘jaligida 10 ta pavlovniya va 50 ta terak, Samarqand viloyati bo‘linmasi Payariq tumani Bahor mahallasida 240 ta tut ko‘chati, Sirdaryo viloyati bo‘linmasi Xovos tumani Paxtakor massivida 30 ta terak, Buxoro viloyati bo‘linmasi Peshku tumani Y.Ergashev massivida 15 ta mevali va 35 ta archa ko‘chatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan 1054 ta ko‘chatlar o‘tqazildi. Namangan viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari ham Yangi Namangan shaharchasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da daraxt ekish jarayonida qatnashishdi.

👉Batafsil

👉На русском подробнее на сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Bugun, 12-noyabr kuni vazirlik tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining 46 nafar xodimi ko‘chat ekish jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida erta tongdanoq institutda hozir bo‘ldilar. Ular tomonidan muassasa binolari atroflari obodonlashtirilib, 300 tup mevali (olma, gilos, nok) daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, Institut tomonidan Qibray tumani Botanika mahalla guzari, 3-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisi va kam taʼminlangan xonadonlarga tegishli yer maydonlariga yordam sifatida mevali ko‘chatlar o‘tqazildi. Mutaxassis olimlar ko‘chat ekish davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Ko‘chat ekish qo‘llanmasi”dan foydalanishdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TIZIM TASHKILOTLARI TOMONIDAN “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA DARAXT KO‘CHATLARI EKILMOQDA

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

“Tuproq tarkibi va repozitoriysi sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi ishchi xodimlari tomonidan muassasa hududida 300 tupga yaqin manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tqazildi. Shuningdek, Olmazor tumani “G‘ani A’zamov” hamda “Gulsaroy” mahallalari hududiga 120 tup terak, 70 tup olma, 50 tup olxo‘ri, 25 tup nok, 25 tup xurmo hamda 10 tup shaftoli ko‘chatlari ekildi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy va texnik xodimlari institut atrofini obodonlashtirish barobarida “Zarbdor 40 kunlik” oyligi doirasida 400 dan ortiq manzarali va 100 dan ortiq mevali, jami 500 dan ortiq ko‘chatlarni ekishga erishdilar. Ekilgan mevali daraxtlar orasida intensiv mevali daraxtlar ko‘chatlari ham bor.

Farg‘ona viloyati Quva tumanida ham Qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishchi xodimlari tomonidan manzarali va mevali ko‘chatlarni ekish ishlari amalga oshirildi. Qaraqalpog‘iston Respublikası Xo‘jayli, Shumanay tumani mehnatkashlari peshqadamlar safida. Ular dala chetiga uzum hamda tut nihollarini ekishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon #Kochat_ekish #Umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Vazirlik tizimidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, “Agroservis operator” DUK, Agentlikning Toshkent viloyati rahbar va xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida 300 tup archa, 250 tup pavlovniya va 300 tup manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekildi. Toshkent viloyatining har bir tumanida 500 dan ortiq archa, pavlovniya va manzarali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida OTM jamoasi va talabalar birgalikda institut hududiga 20 tup Qrim qarag‘ayi, 280 tup eldar qarag‘ayi, 820 tup pavlovniya, 20 tup yapon sakurasi, 100 tup xurmo, 30 tup archa va 100 tupga yaqin boshqa manzarali ko‘chatlarni ekishdi. Professor-o‘qituvchilar yosh nihollarni ekish agrotexnikasi bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berib o‘tishdi. Bu kabi tavsiyalar mahallalar kesimida ham berib borilmoqda.

Daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari Buxoro viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan Vobkent tumanida ham boshlab yuborilgan bo‘lib, bu yerga Samarqand viloyatidan 22 300 dona “Qora kishmish” navli tok ko‘chatlari keltirildi. Ushbu ko‘chatlar tumanda mavjud fermer xo‘jaliklarining bug‘doy va paxta yer maydonlari atroflarini yashil makonga aylantirish maqsadida o‘tqazilmoqda.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Xususan, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Tajriba xo‘jaligi” hududiga 800 tupdan ortiq terak va pavlovniya kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Tadbirda institut rahbariyati, laboratoriya rahbarlari, tayanch doktorantlar hamda texnik xodimlar faol ishtirok etdi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan Yangiyo‘l tumani Epkendi MFYda joylashgan sinov-tajriba hududida obodonlashtirish ishlari o‘tkazilib, 200 dan ortiq (80 tup olma, 20 tup oʻrik, 20 tup uzum, 20 tup jiyda, 30 tup nok va 40 tup gilos) mevali daraxt ko‘chatlarini ekish amalga oshirildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ham ushbu ummumilliy loyiha doirasidagi ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, Milliy markaz va Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi jamoasi birgalikda AKIS markazining tajriba maydonida uzum bog‘i tashkil etildi. Unda uzumning “Husayni”, “Kishmish” va “Tayfi” navlari ekildi. “Zarbdor 40 kunlik” yakuniga qadar bu bog‘da 200 tup uzum ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Surxondaryo viloyat Agroxizmatlar markazida ham davom etdi. Milliy markaz vakillari hamda Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining xodimlari birgalikda Termiz tumanidagi Surxon-Namuna hududi “M.Eshtemirov” mahallasida joylashgan ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydoni atrofida 300 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Xususan, vazirlik huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazining 40 nafardan ziyod xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi ko‘chalar va yo‘llar yoqasi, bo‘sh yer maydonlariga 2 300 dan ortiq mevali, manzarali daraxtlar, gul va buta ko‘chatlari ekildi.

Markazning respublika bo‘ylab 13 ta hududiy boshqarmasi, 66 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari bor. Ularda ham ushbu ishlar davom etmoqda. Maqsad foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarini foydalanishga kiritib, ko‘chatlarni ekish va ularni parvarish qilishdan iborat.

Qashqadaryo viloyatida ko‘chat ekish ishlarini samarali tashkil etish, agrotexnik qoidalarga qatʼiy rioya etish, parvarishlash va sug‘orish ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha tajribali agronom, olim va bog‘bonlar ishtirokida Qamashi tumani Chim MFY, Nishon tumani Paxtakor MFY va Kasbi tumani “Mustaqilobod ko‘rki” fermer xo‘jaligida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Viloyat bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan ixota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarda 249 million dona, fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga 994 millin dona tut va tok hamda har xil turdagi manzarali daraxtlar ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 2022-yil kuz hamda 2023-yil bahor mavsumida jami 1 mln 83 ming tup ko‘chat va qalamchalarni har bir mahalla, korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari hududlarida, fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlari chetlariga hamda ijtimoiy soha (maktab, kasalxona, o‘quv yurtlari) obyektlari va tashkilotlar hududlariga ekish rejalashtirilgan.

Joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida 406,2 ming tup ko‘chatlar ekish belgilangan bo‘lib, bugungi kun holatiga 300 mingga yaqin ko‘chatlar o‘tqazildi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi yerlarida ixota daraxtzorlar barpo etiladigan maydonlarda 22,14 ming tup, fermer xo‘jaliklari va klaster dala chet maydonlariga 133,3 ming tup, ijtimoiy soha obyektlariga 34,9 ming tup, korxona va xizmat ko‘rsatish sohasi hududlariga 26,6 ming tup, mahallalar va boshqa obyektlar hududiga 82,1 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi taʼminlandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Jizzax viloyatining qishloq xo‘jaligi korxonalari, klasterlar, fermer xo‘jaliklarida 1 mln 954 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga qadar 1 mln 251 ming tup (64%) manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi taʼminlandi.

2 139 ta paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga ham manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tqazilmoqda. Kelgusi yil ko‘chat zahirasini yaratish maqsadida dala chetlariga ekilgan ko‘chatlar qator oralariga qalamchalar ekib chiqilmoqda.

Ko‘chatchilik fermer xo‘jaliklarida 2,2 mln dona, tadbirkorlik subyektlarida 2,6 mln dona, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIning filialida 76,0 ming dona ko‘chatlar zaxiralari yaratilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

AGROSANOATNI RAQAMLASHTIRISH MARKAZI XODIMLARI 500 TUP ARCHA KO‘CHATINI EKISHDI

🌱Bugungi kunda respublikamizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, joylarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 500 tup archa ko‘chatlari hashar tarzida ekildi.

Xayriya maqsadida ekilgan ushbu ko‘chatlar yetilganidan so‘ng, kasalxona bemorlari dardiga shifo bo‘lib, ularning ko‘nglini ko‘tarishiga umid qilamiz, deyishdi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi rahbariyati.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XANDON PISTA KO‘CHATI QANDAY YETISHTIRILADI?

🟢Xandon pista bog‘ini tashkil etishning qanday usullari bor?

🟢Ko‘chatni ekishning talablari qanday?

🟢Respublikada qancha xandon pista yetishtiriladi?

👉Barchasini maqolamizda o‘qing

#xandon_pista #kochat #yetishtirish #boglar
*****
КАК ВЫРАЩИВАТЬ САЖЕНЦЫ ФИСТАШКИ?

🟢Как организовать фисташковый сад?

🟢Каковы требования к посадке рассады?

🟢Сколько фисташковых садов есть в республике?

👉Читайте все в нашей статье

#фисташки #саженцы #выращивание #сады

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KO‘CHAT EKISHDA NIMALARGA E’TIBOR QARATISH KERAK?

🌱Ko‘chatning navi, turiga qarab, uni ekish muddatlari belgilanadi. Urug‘lik ko‘chatlarni bahor va kuz faslida ham ekish mumkin. Danakli ko‘chatlarni esa bahorda ekish maqsadga muvofiq.

🌐To‘liq video

#agromaslahat #kochat_ekish #kochatchilik
*****
КОГДА И КАК ВЫСАЖИВАЮТ РАССАДУ?

🌱Сроки высадки определяются в зависимости от сорта и вида саженца. Рассаду можно высаживать весной и осенью. Семена следует высаживать только весной.

🌐Полное видео

#агросовет #саженцы

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM