QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#moziyga_sayohat #tashriflar

TEMURIYLAR TARIXI MUZEYI VA USMON YUSUPOV MEMORIAL UY-MUZEYIGA TASHRIF

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi “Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan taʼlim muassasalarining o‘quvchi va talabalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va boshqa fuqarolarning mamlakatimizdagi muzeylarga tashriflarini nazarda tutuvchi “Moziyga sayohat” dasturini tashkil etish to‘g‘risida”gi 172-son bayonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh ilmiy xodimlari “Temuriylar tarixi” davlat muzeyiga sayohat qilishdi.

Ushbu muzey Amir Temur va temuriylar davridagi ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettiradi. Yosh olimlar sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy maʼlumotlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyasi sertifikatlash va sinash markazi xodimlari Toshkent viloyatidagi Usmon Yusupov memorial uy-muzeyiga sayohat uyushtirdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM