QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Prezident #videoselektor

Viloyat hokimlariga
o‘n kun muddatda ushbu obyektlarga birma-bir borib ko‘rib, sharoit va aholiga xizmat sifatini yaxshilash, energiya sarfi va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha taklif berish topshirildi.

Bugundan boshlab hokimlar, sektor rahbarlari hamma kuchini safarbar qilib, sharoit og‘ir mahallalarda odamlarni rozi qilish bilan shug‘ullanishi kerakligi taʼkidlandi.

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Milliy gvardiya, Energetika vazirligiga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘riliklar bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

“Umuman, energiya resurslari taʼminotidagi bugungi vaziyat tarmoq va hudud rahbarlari uchun katta saboq bo‘lishi lozim.

Energiya taʼminoti “qo‘l boshqaruvi” orqali emas, tizim asosida ishlashi kerak”,
- dedi davlatimiz rahbari.

Ikki oy muddatda energiya taʼminoti tizimini o‘zgartirish, yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

Ai-80 markali benzin narxini tushirish uchun 1-martgacha joriy etilgan aksiz solig‘idan ozod qilish imtiyozi joylarda “o‘yinga aylanib ketmasligi” kerakligi qatʼiy ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh prokuratura va Monopoliya qo‘mitasiga viloyat hokimlari bilan birga:

- birja savdolarida va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxining sunʼiy oshib ketishining oldini olish choralarini doimiy ko‘rib borish;

- suyultirilgan gaz va ko‘mirni aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2790
#Prezident #videoselektor

Yig‘ilishda kun tartibidagi asosiy masala – aholini daromadli mehnat bilan band qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yil boshidan tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda 2 million aholining doimiy bandligi taʼminlandi. Bundan tashqari, 4 milliondan ziyod aholi mavsumiy mehnat orqali daromadli bo‘ldi. Jumladan:

- oilalarga dehqonchilik uchun tarqatilgan 100 ming gektar yerlarda, 1 million 200 ming aholi doimiy va mavsumiy band bo‘ldi;

- hududlarda korxonalar 85 mingtaga ko‘payib, ularning soni 550 mingtaga yetdi. Buning hisobiga 2022-yilda daromad solig‘i to‘layotgan rasmiy band bo‘lganlar soni 400 mingtaga oshdi. Shuningdek, 3,5 mingta sanoat loyihasi ishga tushirilib, 160 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi;

- Yangi O‘zbekiston massivlari qurilayotgani, ipoteka va qurilish bozori kengaygani hisobiga bu yilning o‘zida 4,5 mingta yangi qurilish korxonasi tashkil etildi va 135 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi;

- turizm va servis sohalarida yirik xizmat ko‘rsatish markazlari ishga tushgani, servis-savdo ko‘chalari, turizm qishloqlari tashkil etilgani, ijtimoiy soliq 1 foiz qilingani, ish vaqtiga cheklovlar olib tashlangani hisobiga 1,5 million aholi qo‘shimcha daromadli bo‘ldi;

- yo‘lovchi tashish, rieltorlik, duradgorlik, kulolchilik, uyda sut mahsulotlari tayyorlash kabi 79 ta faoliyat turi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati yaratilgani natijasida bu yil 914 ming nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tib, o‘zini o‘zi band qilganlar soni 2 millionga yaqinlashdi.

Yaqinda Sirdaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlari hokimlari hisob-kitoblar bilan keyingi yilda “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha o‘ziga majburiyat oldi.

Boshqa viloyat, tuman va shahar hokimlari ham 20-dekabrgacha kelgusi yilda aholini band qilish dasturini qabul qilishi shartligi taʼkidlandi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2791
#Prezident #videoselektor

Yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim hududlarda aholi bandligini taʼminlash ko‘rsatkichlari yaxshi emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

2022-yil davomida doimiy bandlar soni Kitob, Koson, Mirzaobod, Narpay, Nishon, Furqat tumanlarida kamaygan.

Tegishli viloyat hokimlariga uch kun muddatda ushbu tuman hokimlarga nisbatan chora bo‘yicha taklif berish topshirildi.

Xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 232 mingta korxonada ishchilar soni bor-yo‘g‘i 1 nafarni tashkil qiladi. Bu degani, ular haliyam “yashirin iqtisodiyot” sharoitida ishlab, “konvert”da oylik to‘lab kelmoqda.

Bunday holat 47 ta tumanda eng yuqori. Misol uchun, Nukus, Zarbdor, Mirishkor, Muzrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida – 80%, Jondor, Koson, Urgut, Pastdarg‘om, Uchqo‘rg‘onda – 75%, Guliston, Namangan, Qo‘shko‘pir tumanlarida – 70% korxonalarda 1 ta ish o‘rni ko‘rsatilgan.

Chakana savdo, yo‘lovchi va yuk tashish, qishloq xo‘jaligi xizmatlari, mehmonxona, oshxona, Ay-Ti, avtomobil taʼmirlash kabi faoliyatlar bo‘yicha ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilgan.

Ushbu 47 ta tumandagi korxonalarning yarmidan ko‘pi aynan shu faoliyatlar bilan shug‘ullanadi.

Lekin, bu tumanlardagi korxonalar adolatli soliq to‘lash va davlat bilan hamkorlikka o‘ta olmayapti.

Shuningdek, 25 yoshgacha bo‘lganlarni ishga qabul qilganda, tadbirkorlar 6 oy davomida ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

"Bu imtiyozlar aynan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga turtki berishga qaratilgan-ku!

Lekin, ushbu tumanlarning hokimi, birinchi o‘rinbosari va soliq rahbari nima bilan band? Nima uchun, 70-80 foiz korxonalarida 1 nafardan xodim ishlayotgani bilan biror marta qiziqib ko‘rmagan?",
- so‘radi davlatimiz rahbari.

Viloyat hokimlariga masʼul idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bu 47 ta tumanda so‘rov o‘tkazib, har biriga alohida yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2792
#Prezident #videoselektor

Yig‘ilishda aholiga tarqatish uchun belgilangan 100 ming gektar yerning 4 ming gektarida ekin ekilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Kosonda – 1,2 ming gektar, Bekobodda – 141 gektar, Nishonda – 123 gektar, G‘uzorda – 116 gektar, Sariosiyo, Ellikqalʼa va Shumanayda – 90 gektardan yerlarda ekin ekilmagan.

“Odamlarimizni daromadli qilish maqsadida bu yerlarni oziq-ovqat ekish uchun bo‘lib berdik. Qachon bunday bo‘lgan? Lekin, tayyor ekin yeriga ega topa olmagan tuman hokimi o‘zi nima ish qiladi?”, - dedi Prezident.

Tegishli hududlar rahbarlariga ushbu 7 ta tuman hokimlari bo‘yicha taklif berish topshirildi.

O‘tgan davrda sanoat ishlab chiqarish hajmi 15 ta tumanda pasaygan. Xizmatlar sohasida ham 15 ta tumanda o‘sish surʼatlari past.

“Mayli, bular sanoatni qila olmasin, chetdan investitsiya olib kelishni bilmasin, lekin xizmatlarni rivojlantirib, odamlarni rozi qilishga intilmagan tuman hokimlarining ishlashga haqqi yo‘q”, - dedi davlatimiz rahbari.

Bu tumanlar hokimlarining 1-o‘rinbosarlari, iqtisodiy idoralar rahbarlari faoliyatiga baho berish topshirildi.

Kelgusi yilda 2 million aholiga daromad manbaini yaratib berish, bunda mehnat bozoriga kirib keladigan 700 ming nafar yoshlarni band qilishga alohida yondashuvlar joriy qilish, bugungi kunda mavsumiy va vaqtinchalik ishlar bilan band bo‘lgan 1,7 milliondan ortiq aholini yil davomida ishlashiga sharoit qilib berish, norasmiy band bo‘lgan 3,8 million aholining kamida 50 foiziga qonuniy faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar yaratish kabi vazifalar belgilab berildi.

O‘n kun muddatda aniq hisob-kitoblar bilan 2023-yil uchun aholi bandligi bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2793
#Prezident #videoselektor

Aholi bandligini taʼminlash
doirasida quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Birinchi yo‘nalish – kelasi yili paxta va g‘alladan bo‘shagan 100 ming gektarni aholiga bo‘lib berish eng katta zaxira bo‘ladi.

Endi yerni qo‘lidan ish keladigan, dehqonchilikni biladigan odamlarga berish, kamida 600 ming aholini doimiy va 900 ming aholini mavsumiy daromad olishini taʼminlash zarur.

8 trillion so‘mlik 600 dan ziyod saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun sanoatda ish o‘rinlari yaratishi kerak. Shu bilan birga, kelasi yili qishloq xo‘jaligiga xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan 400 million dollarni ko‘proq doimiy ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirish zarur.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2794
#Prezident #videoselektor #pilla_yetishtirish

Kelgusi yilda pilla yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish maqsadida ushbu sohaga ham erkinlik berilishi taʼkidlandi. Endilikda yetishtirilgan pilla aholidan jahon birjalaridan kam bo‘lmagan narxda xarid qilinadi.

Bu kamida 500 ming aholini band qilib, ularning daromadini 2-3 barobar oshirish imkonini beradi.

Ikkinchi yo‘nalish doirasida ishsizlik og‘ir bo‘lgan 1 mingta mahalla uchun 300 ta mikro-markaz tashkil etib, ularga tadbirkorlik uchun imkoniyat yaratishi zarur.

Tuman va shaharlarning 255 ta markaziy ko‘chasi hamda 274 ta mahalladagi savdo-xizmat ko‘chalari to‘liq ishga tushishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 17 ta tuman va shaharning master-rejalarini 1-aprelgacha yakuniga yetkazib, savdo va servis obyektlari uchun yangi yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Tushgan mablag‘lar yana 20 ta tuman va shaharning master-rejalarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2795
#Prezident #videoselektor

Umuman, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi investitsiya loyihalari va mahalliy sanoatda jami 320 mingta doimiy ish o‘rni yaratishga masʼul bo‘lishi taʼkidlandi.

Prezidentimiz to‘rtinchi yo‘nalish – Yangi O‘zbekiston massivlari, ipoteka dasturi doirasida va xususiy sektor bilan kelasi yili 90 mingta xonadonli uy-joylar qurish shartligini qayd etdi.

Bugungi kunga qadar ipoteka dasturlari doirasida qurilishi kerak bo‘lgan xonadonlarning atigi 20 mingtasi yoki 40 foizi yakuniga yetgan. Bundan tashqari, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida jami 1 ming xonadonli uy-joylarni qurish ishlari boshlanmagan.

Bosh vazirga o‘n kun muddatda rejani bajarmagan hududlar bo‘yicha xulosa qilib, taklif kiritish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2797
#Prezident #videoselektor

Kelasi yili har bir viloyat hokimi 5-10 ming xonadonli uy-joy qurish rejasini qilib, buning uchun bir oy muddatda yer uchastkalarini auksionga chiqarishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga bir oy muddatda qurilish sohasida 6 oygacha ishga qabul qilish bo‘yicha soddalashgan mehnat shartnomalarini ishlab chiqib, kelgusi yilda norasmiy sektordagi 100 ming aholini qonuniy faoliyatga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahallada qurilish brigadalari tuzib, 50 ming aholini daromadli mehnat bilan taʼminlashga topshiriq berildi. Bunda, ularga mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilishi taʼkidlandi.

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan Prezidentga hisobot berdi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2798
#Prezident #videoselektor

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, Andijon viloyati joriy yilda investitsiya loyihalari hisobiga 40 mingta, paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berish hisobiga 75 mingta va mavsumiy ishlar orqali 200 mingta, mahallalarda mikromarkazlar tashkil etish, sanoat zonalarida ishlab chiqarishni kengaytirish va markaziy ko‘chalarni xizmatlarga ixtisoslashtirish, savdo-servis obyektlarini barpo etish hisobidan 135 mingta; oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar hisobidan 20 mingta ish o‘rinlari yaratishni reja qilgan.

Yoki, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida kartoshkachilikni yo‘lga qo‘yib, 10 ming aholini daromadli ish bilan taʼminlash, bog‘larning sug‘orish tizimini tiklash hisobiga 2 ming, Ko‘kdalada tarvuz ekishni yo‘lga qo‘yib, 32 ming, Mirishkorda dala chetlariga tut ektirish hisobiga pillachilikda qo‘shimcha 6 ming aholini daromadli qilishni reja qilgan.

“Qolgan viloyatlar-chi? Bu borada hududlarning dasturlari bilan birma-bir tanishib chiqdim. Ochiq aytish kerak, ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari masalaning ichiga kirmagan, — dedi Prezident.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2888