QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uzum #eksport #hosil
🍇 UZUM EKSPORTI KO‘PAYMOQDA

Respublikamiz tokzorlarida yetishtirilayotgan uzum xorijga eksport qilinmoqda. 2022-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, 56,3 mln AQSH dollarlik 65,5 ming tonna sarxil uzum va 4,2 mln AQSH dollarlik 8,1 ming tonna mayiz eksporti amalga oshirildi. Sarxil uzumni xorijiy mamlakatlarga yetkazib berish ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘paygan. Bugungi kunda uzum mahsuloti Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, BAA, Latviya, Estoniya kabi dunyoning 14 davlatiga eksport qilinmoqda.

Shuningdek, 2022-yilda mamlakatimizda jami 1,8 mln tonna (o‘tgan yilga nisbatan +122 ming tn/107,2%) uzum ishlab chiqarish kutilmoqda.

👉 Uzum haqida ko‘proq maʼlumotlarni saytimizda o‘qishingiz mumkin

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uzum #nok #degustatsiya

DEGUSTATSIYA-YUQORI SIFATLI NAVLARNI TANLAB OLISH MEZONI

🍇Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIda uzum va nokning 10 ga yaqin navlari bo‘yicha degustatsiya tadbiri bo‘lib otdi.

Degustatsiya tadbirida uzum va nok navlarining o‘ta sifatli, hosildorligi yuqori bo‘lganlarini tanlab olish, uni yetishtirish va ishlab chiqarishga joriy etish va shu orqali mamlakatimizda meva navlarini yanada ko‘paytirish maqsad qilingan.

Usbu navlar va degustatsiya jarayonlari to‘grisida batafsil saytimizda berilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #uzum

🍇OLTIARIQLIK BOG‘BON UZUMNI KEYINGI MAVSUMGACHA SAQLAYDI

🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi dehqonning uzumni mavsumdan mavsumgacha saqlash sirlari to‘g‘risidagi lavha namoyish etildi.

Uzum aslida noziktabiat mevalar sarasiga kiradi. Uni bir necha kun saqlashning o‘zi mushkul. Ammo oltiariqlik dehqon Husanboy G‘afurov nafaqat uzumning bir nechta navlarini yetishtirish, balki uni qish mavsumida xuddi endi pishib yetilgandagidek saqlashni ham hadisini olgan. Uzumchilikda uzoq yillik tajribaga ega bog‘bon uzumni tok, saqlama, bakalajka kabi 3 xil usulda saqlash yo‘lini topdi.

Uzumni bunday usulda saqlashning mashaqqatli mehnati bor. Biroq bog‘bon ushbu yilda pishgan mevani keyingi yil bahor, yoz fasllarida ham xalqimizning dasturxonida bo‘lishini istab, uning mehnatidan qochmaydi. Qarabsizki, xalqimiz yil bo‘yi sarxil uzumlardan bahramand bo‘ladi.
Lavha orqali bog‘bonning uzum saqlash sirlaridan voqif bo‘lishingiz mumkin.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
CHILLAKI CHILLADAN AVVAL PISHDI

🍇Qishloq xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi ishchi guruhning ayni kunlarda Surxondaryo viloyatiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi borasida ma'lumot berib borayapmiz.

Mazkur amaliy tashrifda yana bir yangilikka duch kelindi. Termiz tumani, “Xalqobod” hududidagi aholi xonadonlarida uzumning ertapishar (chillaki) navi g‘arq pishibdi. Odatda bu hudud uchun ham uzumning bu navi bir necha kundan so‘ng hosil yig‘ishga omil bo‘lishi kerak edi. Ammo, bu yilgi ob-havoning o‘ziga hos kelganligi mazkur mevaga ijobiy ta'sir qilgan. Ayni mana shu nav bozor rastalariga va dasturxonlarga tortiq qilishga shay. Ham yetilgan, ham ayni tobida. Qishloq xo‘jaligi vaziri hududda aholi bilan muloqot qildi.

Bog‘dorchilik ko‘nikmalari borasida fikrlashdi. O‘z navbatida chillakini yetilgan boshlarini ko‘zdan kechirib, yangilik hamyurtlarimiz uchun ham o‘ziga hos xushxabar ekanligini e'tirof qildi.

#vazir #tashrif #uzum #chillaki #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
GUARA BODOMLARI ENDI SURXONDA HAM BITADI

🥜Dunyoga mashhur va eksport geografiyasida o‘ziga xos mavqe'ga ega Guara va Avijo bodom navlari mahalliylashtirilmoqda. Buning uchun Samarqand viloyatida joylashgan Invitro laboratoriyasidan birlamchi ko‘chat buyurtma qilinib, dastlabki nihollar yerga ekildi. Surxondaryo viloyatidagi ishchi tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mazkur amaliyot bilan yaqindan tanishish maqsadida Termiz tumanida bo‘ldi. “Surxon oltin mevalari” MChJ umumiy 185 gektar yerda ish yuritadi.

Shundan 32.7 gektari Termiz tumanida joylashgan bodom bog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. “Xalqobod” hududidagi maydonda yangi intensiv usulda bodom ekish jarayonlari bilan tanishildi. Klaster asosan uzum, o‘rik va bodom yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu yildan bodomning dunyoga mashhur navlari sinov tariqasida ekildi. Ta'kid o‘rinli-katta maydonga! 3 yilda navnihollar bo‘yi 2 metrga yetuvchi daraxtga aylanadi. Hosildorlik to‘liq yetuklik davriga kirganida bitta daraxtdan o‘rtacha 50 kilogrammni tashkil etadi.

#vazir #tashrif #bodom #uzum #orik #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BUGUNGI SURXON – BOG‘LARGA KON

🌳“Surxon oltin mevasi agrofirmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham bog‘dorchilikga ixtisoslashgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 908,6 gektarni tashkil etadi. Bu maydonga shaftoli, o‘rik, uzum, olxo‘ri va bodom kabi daraxtlar ekilgan.

2022-yilda korxona jami 2049 tonna mahsulot yetishtirgan, shundan o‘rik – 450 tonna, shaftoli – 429 tonna, olxo‘ri – 278 tonna, uzum – 875 tonna, bodom – 17 tonna. Bugungi kunda “Surxon oltin mevasi agrofirmasi” MCHJda 58 ta doimiy ish o‘rinlari yaratilgan.
*****
СЕГОДНЯШНИЙ СУРХАН СЛОВНО БОЛЬШОЙ САД

🌳Общество с ограниченной ответственностью «Сурхон олтин меваси агрофирмаси» специализируется на садоводстве. На его территории площадью 908,6 гектаров высажены персики, абрикосы, виноград, сливы и миндаль.

Всего в 2022 году предприятие произвело 2 049 тонн продукции, включая абрикосы – 450 тонн, персики – 429 тонн, сливы – 278 тонн, виноград – 875 тонн и миндаль – 17 тонн. На сегодняшний день здесь создано 58 постоянных рабочих мест.

#bogdorchilik #shaftoli #orik #uzum #olxori #bodom #agrofirma #muzlatkich #eksport #садоводство #абрикос #виноград #слива #миндаль #экспорт

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"FERGANA FRANS" MCHJ: HAMKORLIKDAGI SAMARALI LOYIHA

🍇Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning keyingi manzili "Fergana Frans" MCHJ tomonidan barpo etilgan uzum plantatsiyasi bo‘ldi.

MCHJ bugungi kunda 538 gektar maydonni o‘zlashtirgan bo‘lib, shuning 400 gektar maydoniga uzum ekilgan. Bu yerdagi navlar sanoatbop va vinobop uzum hisoblanadi. Bundan tashqari 10 gektar yer maydoni  tajriba tariqasida ajratilgan.

Shundan so‘ng, Aziz Voitov «Fergana Frans» MCHJning “Wine Garden” uzumni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida u yerga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasi soatiga 44 tonna uzumni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu yerga dunyodagi yetakchi kompaniyalarning texnologik liniyalari olib kelib o‘rnatilgan. 120 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu yerda vino mahsulotlari ishlab chiqarish 2 yo‘nalishga bo‘lingan, ya’ni ishlash va qayta ishlash. Bundan tashqari bu yerda 5 ta davlatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. 20 dan ziyod mahsulot turi mavjud.

#tashrif #vazir #uzumchilik #uzum_plantatsiyasi #issiqxona #qayta_ishlash #vinochilik #eksport #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UZUM - BOG‘DORCHILIKNING HAQIQIY MO‘JIZASI

🍇Mamlakatimizda uzum yetishtirish borasida Oltiariq mirishkorlari tomonidan ulkan tajriba to‘plangan.
Bu yerda deyarli har bir oila uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashriflari davomida suvsiz, rentabelligi past hududlarda uzumzorlarni barpo etish bo‘yicha tashabbuslaridan kelib chiqqan holda barcha viloyatlarda o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, Oltiariq tajribasi asosida uzumzorlarni tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan Andijon, Sirdaryo, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarining qator tumanlarida uzumzorlarni tashkil etishda Oltiariq tajribasini qo‘llashga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi belgilab olinmoqda.

Bu kabi seminarlarda hududlardagi mavjud uzumzorlarni kengaytirish va ularning hosildorligini oshirish, yangi uzumzorlarni barpo etish uchun yerni tayyorlash, sug‘orish va oziqlantirishda qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ham batafsil ma'lumotlar berilmoqda.

#uzum #oltiariqtajribasi #bogdorchilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍇Toshkent viloyatining Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida nufuzli tadbirlardan biri — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" boshlandi.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI

🍇Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida nufuzli tadbir — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu festival Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
*****
НАЧАЛА СВОЮ РАБОТУ МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

🍇В селе Заркент Паркентского района Ташкентской области проходит престижное мероприятие"Узум сайли и международный фестиваль виноделия".

Данный фестиваль организован Министерством сельского хозяйства совместно с Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан и хокимиятом Ташкентской области в соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан ПП-260 "О мерах, направленных на дальнейшее развития сферы виноградарства и виноделия в 2023-2026 годах" от 3 августа этого года.

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya #seminar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍇PARKENT TUMANINING ZARKENT QISHLOG‘IDA "UZUM SAYLI VA XALQARO VINOCHILIK FESTIVALI" QIZGʻIN PALLADA
*****
🍇В СЕЛЕ ЗАРКЕНТ ПАРКЕНТСКОГО РАЙОНА В САМОМ РАЗГАРЕ «ФЕСТИВАЛЬ ВИНОГРАДА И МЕЖДУНАРОДНЫЙ ФЕСТИВАЛЬ ВИНОДЕЛИЯ».

#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM