QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
INNOVATSIYA, STARTAP VA YANGILANISHLAR OG‘USHIDAGI QORAQALPOG‘ISTON

🔰Qoraqalpoq zamini tarixan qishloq xo‘jaligi uchun maqbul hudud sifatida qayd etilgan. Ayni davrda ham shunday. Mintaqa uchun o‘ziga xos agrar tarmoq yo‘nalishlari bor. Bu paxtachilik, don-dukkakli o‘simliklar, sholichilik, chorvachilik, baliqchilik va bog‘dorchilik.

Mazkur ko‘rsatkichlar Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazgan amaliy uchrashuvlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Nukus tumani “Biogumus farm” startapini olib ko‘raylik. 60 gektar yerga pomidorning Italiyadan olib kelingan “Sanmarsano” navi ekilgan.

Organika yetishtirish uslubiga xos navlar 30 gektarga joylangan. Usuli shunday. Kasallikka va tuproq sho‘rlanishiga chidamli. Har tupidan 280 kilogrammga qadar meva beradi, qoyilmisiz? Hosili uzunchoq, bizni bozorlarda ko‘zga tashlanmaydigan nav. Ko‘zimiz o‘rganmagan-da. Ammo Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan xaridor bisyor. Yillik eksport 310 ming dollar. Loyiha qiymati – 3,07 mlrd so‘m. Korxonada 90 ta doimiy, mavsumda qo‘shimcha 110 nafar ishchi mehnat bilan ta'minlangan. Hali bu hammasi emas. Uning biznes rejalari bor. Pomidorga yog‘ aralashmasida ishlov berib, qo‘shimcha qiymat yaratish niyatida. Shunda 1 dollarlik mahsulot, tayyor 7-10 dollarlik qiymat hosil qiluvchi mahsulotga aylanadi.

#vazir #tashrif #klaster #startap #sholichilik #chorvachilik #baliqchilik #Qoraqalpogiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram