QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#nav_sinash #hamkorlik

O‘ZBEKISTON VA TURKIYA: EKIN NAVLARINI SINASH BO‘YICHA HAMKORLIK

📌2022-yil 6-oktyabr kuni O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) o‘rtasida Hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TIKA vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney va Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi direktor o‘rinbosari Mirjamshid Murtalibov boshchiligidagi mutaxassislardan iborat tadbirda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash, urug‘larni sertifikatlash va ro‘yxatga olish, ekinlar navlarining urug‘liklari savdosini yanada rivojlanishiga imkon beruvchi omillar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida mutaxassislarning tajriba almashishi, texnikaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, Turkiya davlatining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy ishlanmalari bilan yaqindan tanishish bo‘yicha kelishib olindi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Hamkorlik #Turkiya #nav_sinash

O‘ZBEKISTONLIK AGRAR SOHA VAKILLARI
NAV SINASH BORASIDA TURKIYA TAJRIBASINI O‘RGANISHMOQDA

🔬Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining mutaxassislari Anqarada safarda bo‘lib turishibdi. Hamyurtlarimiz Turkiyada qishloq xo‘jaligida navlarni sinash va sertifikatlash tizimining tarixi, qishloq xo‘jaligi ekinlari (jumladan, mevachilik va uzumchilik) nav va duragaylarining sinovida ko‘rsatiladigan xizmat turlari bilan tanishishdi.

Shuningdek, ikki davlatdagi sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi ustuvor vazifalar bilan tanishilib, iqlim o‘zgarishi jarayonida texnik, don, dukkakli, meva va sabzavot ekinlarining davlat sinovlariga oid o‘zaro fikrlar almashilib, muzokaralar o‘tkazildi.

Jumladan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxonasi ko‘magida, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihani birgalikda tayyorlash yuzasidan “TURKTOB” urug‘chilik uyushmasi hamda Turkiyaning qishloq xo‘jaligi navlarini sinash va sertifikatlashtirish markazi bilan bu borada ham kelishib olindi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI NAVLARINI SINASH MARKAZI YANGI NAVLARNI SINOVDAN O‘TKAZMOQDA

🔬O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi respublikamizning tuproq-iqlim sharoitiga mos, kasallik va zararkunandalarga chidamli, serhosil hamda mahsulot sifati yuqori bo‘lgan yangi navlarni sinovdan o‘tkazmoqda.

#nav_sinash #yangi_nav #sinov

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NAV SINASH TAJRIBA MAYDONLARIDAGI ISH JARAYONI О‘RGANILMOQDA

🚜Qishloq xо‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xо‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi xodimlari tomonidan respublikamiz hududlaridagi nav sinash stansiya va uchastkalarning tajriba maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar о‘rganilmoqda. Jumladan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida joylashgan tajriba maydonlaridagi ish jarayonlari bilan tanishdilar.

#nav_sinash_markazi
*****
ИСПЫТАНИЕ СОРТОВ НА РЕГИОНАЛЬНЫХ ОПЫТНЫХ СТАНЦИЯХ

🚜Сотрудники центра испытания сортов сельскохозяйственных культур при Министерстве сельского хозяйства анализируют процесс работы с сортами на испытательных станциях в различных регионах республики. В частности, была тщательно изучена работа на экспериментальных участках в Ферганской, Андижанской и Наманганской областях.

#центр_испытания_сортов

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM