QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Davra_suhbati #Vazir #Xalqaro_Vestminster_universiteti

🌐Ayni daqiqalarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida «agrar-oziq-ovqat siyosati sohasida tadqiqot olib boruvchi ekspertlar milliy tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish» masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

🔥Tadbirni to‘g‘ridan - to‘g‘ri kuzatish

*****
#Встреча #Министр #Международный_Вестминстерский_университет

🌐В Международном Вестминстерском университете в Ташкенте началась рабочая встреча по созданию и развитию национальной сети экспертов, которые будут осуществлять исследования в сфере агропродовольсвенной политики.

🔥За ходом мероприятия следите в прямом эфире здесь

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati #Vazir #Xalqaro_Vestminster_universiteti

Aziz Voitov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri:

Bugungi tadbirni tashkil etishda biz bilan hamkorlik qilgan barcha hamkorlarimizga, jumladan Vestminster xalqaro Universitetiga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan faol islohotlar, qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish, sohasida bozor munosabatlarining kengayishi - qisqa va uzoq muddatli chora-tadbirlar hamda islohotlarni muvofiqlashtirish zarurligini taqozo etdi.

Biz faqat ichki tahlil va ichki tahliliy salohiyat bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Vazirlik oldiga keng ko‘lamli vazifa va majburiyatlar, ko‘plab yangi tashabbuslarni rejalashtirganmiz.

Biz qishloq xo‘jaligi siyosati tadqiqotchilarining keng tarmog‘i fikrini tinglashga tayyormiz. Biz sheriklik, hamkorlik va bilim va axborot almashishning turli shakllarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz.

O‘ylaymanki, bugungi uchrashuv yakunlari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilib, hamkorlikning yangi mexanizmlari ishlab chiqiladi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati #oziq_ovqat

AGRO-OZIQ-OVQAT SIYOSATI SOHASIDA HAMKORLIK

🔰15-dekabr 2022-yilda Toshkentda «Agrar-oziq-ovqat siyosati sohasida tadqiqot olib boruvchi ekspertlar milliy tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish» masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqot instituti (IFPRI), Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi xalqaro markaz (ICARDA), Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (WIUT) va Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti (IWMI) tomonidan tashkil etildi.

👉Batafsil saytimizda berilgan

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#davra_suhbati #tadbirkorlik #oziq_ovqat

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TAKLIFLARI TAHLIL QILINDI

🔰Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida "Go‘sht, sut va tuxum yetishtiruvchi tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish va ushbu mahsulotlarni tannarxini tushirish" maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

👉Batafsil
*****
#круглый_стол #предпринимательство #продовольствие

ОБСУЖДЕНИЕ ПРЕДЛОЖЕНИЙ СУБЪЕКТОВ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

🔰В Ташкенте Торгово-промышленная палата Республики Узбекистан и Министерство сельского хозяйства РУ, Государственный комитет ветеринарии и развития животноводства обсудили проблемы, с которыми сталкиваются предприниматели, занимающиеся производством мяса, молока и яиц. В целях снижения себестоимости данных продуктов был проведен круглый стол с участием министерств и ведомств.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#davra_suhbati #mexanizatsiya #innovatsiya

QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI TAHLIL QILINDI

📷O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazirlikning boshqarma boshliqlari, yetakchi mutaxassislari va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil
*****
#круглый_стол #механизация #инновация

АНАЛИЗ ИННОВАЦИОННЫХ НАПРАВЛЕНИЙ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ МЕХАНИЗАЦИИ

📷В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялся круглый стол с участием руководителей ведомств, ведущих специалистов и ученых Научно-исследовательского института механизации сельского хозяйства.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillarining qishloq xo‘jaligi tizimidagi oliy ta‘lim muassasalarida ta’lim oluvchi davlat va vazirlik stipendiyasi g‘oliblari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti stipendiatlari ishtirok etmoqdalar.

Uchrashuv tafsilotlari va Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasi sohiblarining fikrlari bilan tanishish uchun rasmiy sayt va kanallarimizni kuzatib boring.

#uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #davra_suhbati #talabalar #stipendiatlar
*****
Сегодня, 11 февраля, состоится круглый стол с представителями Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и победителями государственных и министерских стипендий, которые обучаются в вузах по направлениям сельского хозяйства.

Во встрече примут участие стипендиаты Ташкентского государственного аграрного университета, Института сельского хозяйства и агротехнологий Республики Каракалпакстан, Самаркандского филиала Ташкентского государственного аграрного университета, Андижанского института сельского хозяйства и агротехнологий, Международного сельскохозяйственного университета и Термезского института агротехнологий и инновационного развития.

Подробности встречи и мнения стипендиатов будем освещать в последующих материалах. Следите за нашим каналом.

#встреча #Министерство_сельского_хозяйства #круглый_стол #студенты #стипендиат

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Biroz avval O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillarining agrar sohadagi oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim oluvchi davlat va vazirlik stipendiyasi g‘oliblari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chinorkent” ko‘ngilochar dam olish maskanida bo‘lib o‘tayotgan тadbirga Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham tashrif buyurib, talabalarning har biri bilan alohida tanishdi hamda ularning o‘y-fikrlari, kelajakdagi rejalari, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida suhbatlashdi. Samimiy ruhda kechayotgan uchrashuvda vazir rivojlangan davlatlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘rsatkichlari, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari haqidagi ma‘lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, sohada erishilayotgan yutuqlar va kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar haqida talabalarga so‘zlab, ushbu tizimga qadam qo‘yayotgan yoshlarga o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda yo‘nalishlar berdi.

Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, vazirlik tomonidan yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, tizim tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlari, sohada amaliy tajriba oshirish uchun mavjud shart-sharoitlar bo‘yicha ham yetarlicha ma’lumot olishdi.

#uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #davra_suhbati #talabalar #stipendiat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🧑‍🎓Qishloq xo‘jaligi vaziri Davlat va qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiatlari bilan uchrashdi

#vazir #uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #davra_suhbati #talabalar #stipendiat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI DAVLAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI STIPENDIATLARI BILAN UCHRASHDI

🎞O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning agrar sohadagi oliy ta‘lim muassasalarida ta’lim oluvchi davlat hamda vazirlik stipendiyasi g‘oliblari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Ko‘ngilochar dam olish maskanida o‘tkazilgan ushbu tadbir havaskor ijrochilar tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar, mushohada yuritishga chorlovchi interaktiv savol-javoblar, dor yo‘li orqali toqqa ko‘tarilib, tabiat manzarasidan bahramand bo‘lish talabalarga ko‘tarinki kayfiyat bagishlash bilan birga ularning yodida uzoq vaqt saqlanib qolishiga xizmat qildi.

#vazir #uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #davra_suhbati #talabalar #stipendiat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI STIPENDIYASI SOVRINDORLARI BILAN UCHRASHUV

👥2023-yilning 11-fevral kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chinorkent” ko‘ngilochar dam olish maskanida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning agrar sohadagi oliy ta‘lim muassasalarida ta’lim oluvchi davlat hamda vazirlik stipendiyasi g‘oliblari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

#vazir #uchrashuv #Qishloq_xojaligi_vazirligi #davra_suhbati #talabalar #stipendiat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM