QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat agrar universitetining (TDAU) yangi rektori sifatida qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishchi guruh bilan universitet hududini ko‘rikdan o‘tkazdi.

Markaziy Osiyoning eng yirik agrar universiteti - 11 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladigan TDAU hududi 30 gektar maydonni qamrab oladi.

Bu yerda 20 ta bino va inshootlar, shu jumladan 8 ta yotoqxona (5 ta amaldagi va 3 ta ekspluatatsiyadan chiqqan), shuningdek o‘quv, laboratoriya va ma’muriyat binolari, oshxona va yirik sport majmuasi joylashgan.

Universitetning yotoqxona, ta’lim, sport va boshqa binolarini ko‘zdan kechirish, shuningdek, talabalar bilan muloqot natijasiga ko‘ra oliygoh hududida o‘qish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

TDAUda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.

#TDAU #talabalar #agrotalim #qishloqxojaligivazirligi

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Web l Facebook l Instagram| Telegram