QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Vazir #Yoshlar_bilan_uchrashuv

AZIZ VOITOV VAZIRLIK TIZIMIDA MEHNAT QILAYOTGAN VA AGRAR OLIYGOHLARDA TAHSIL OLAYOTGAN
YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

🗣2022-yil 3-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Shake & pear” kitoblar olamida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov vazirlikning hududiy boshqarmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh davlat fuqarolik xizmatchilari, ilmiy xodimlar hamda oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir #Yoshlar_bilan_uchrashuv

AZIZ VOITOV VAZIRLIK TIZIMIDA MEHNAT QILAYOTGAN VA AGRAR OLIYGOHLARDA TAHSIL OLAYOTGAN
YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

🗣2022-yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Vazir va
yoshlar shiori ostida o‘tgan mazkur uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari tinglandi, ularning bir nechtasini hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, vazirlik tizimidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish zarurligi taʼkidlandi. Shu joyning o‘zida faol yoshlarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Vazir #Yoshlar #Ozbekiston_24

🗣YANGILIKLAR 24|
VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

🎥"O‘zbekiston 24" telekanalida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning ilmiy xodimlar va talaba yoshlar bilan uchrashuvi haqida reportaj tayyorlandi. Lavhada vazir tomonidan yoshlarning mavjud muammo va takliflari, ularni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish hamda faol yoshlarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimoti amalga oshirilishi ko‘zda tutilganligi, vazirlik stipendiyasini joriy etish, raqamlashtirish sohasiga oid hamda ilmiy-tadqiqot institutlari labaratoriyalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish borasida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif-mulohazalar yoritilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI STIPENDIYASI TANLOVIGA START BERILDI

👨‍🎓O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasining joriy etilishi bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent davlat agrar universitetining 6 538 nafar nomzodi orasidan 12 nafari, Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universitetining 156 nafar nomzodidan 3 nafari tanlovning yakuniy bosqichida o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishdi.

👉Batafsil

#stipendiya #yoshlar #tanlov #talaba

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda agrar soha oliy ta’lim muassasalarining talaba va magistrlari uchun ilk bor Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasi ta’sis etildi.

Mazkur stipendiya uchun nomzodlarni saralash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutidan 116 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ulardan 16 nafari yakuniy bosqichda g‘olib bo‘ldilar.

Mazkur oliy ta’lim muassasalarida bugungi kunda, jami 29 032 nafar talaba-yoshlar tahsil olmoqda. Ulardan 27 730 nafari bakalavr va 1 302 nafari esa magistratura bosqichlarida o‘qimoqda.

2021-2022-o‘quv yillarida iqtidorli talaba-yoshlarimizning 15 nafari turli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat stipendiyasi sohiblari bo‘lgan bo‘lsa, 2022-2023-o‘quv yillarida ularning soni 5 nafarga oshib, jami 20 nafarni tashkil etdi.

#yoshlar #Qishloq_xojaligi_vazirligi #talabalar #stipendiat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA “KARYERA KUNI” O‘TKAZILDI

🧑‍🎓Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022/2023-o‘quv yilida bakalavriat va magistratura bitiruvchilari bo‘yicha «Karyera kuni» —mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

#yarmarka #yoshlar #talaba #TDAU
*****
В ТАШКЕНТСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ АГРАРНОМ УНИВЕРСИТЕТЕ ПРОШЕЛ «ДЕНЬ КАРЬЕРЫ»

🧑‍🎓В Ташкентском государственном аграрном университете совместно с Министерством сельского хозяйства, Министерством высшего образования, науки и инноваций и заинтересованными министерствами и ведомствами была организована ярмарка вакансий для выпускников бакалавриата и магистратуры.

#ярмарка #молодежь #студенты #ТГАУ

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Prezident #Mirziyoyev #yigilish #yoshlar

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor o‘g‘il-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirilgani aytib o‘tilib, shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan ayrim tumanlarda yoshlarning bandligini ta’minlash oqsayotgani tanqid qilindi va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi qayd etildi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta’kidlandi.

Bunda - yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga kiritildi;
- davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3052
YOSHLARNING START-UP G’OYA VA TASHABBUSLARINI QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID KELISHUV

🤝Bugun 14-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD),Yoshlar — kelajagimiz” Jamg‘armasi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida uch tononlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

#hamkorlik #kelishuv #yoshlar #ISСAD #Ozbekiston_savdo_sanoat_palatasi #memorandum
*****
СОГЛАШЕНИЕ О ПОДДЕРЖКЕ МОЛОДЕЖНЫХ СТАРТАП-ИДЕЙ И ИНИЦИАТИВ

🤝Сегодня, 14 апреля, Международный центр стратегических разработок и исследований в агропродовольственной сфере (ISCAD) при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, Фонд «Молодежь – наше будущее» и Торгово-промышленная палата Узбекистана подписали трехсторонний меморандум о сотрудничестве.

#сотрудничество #соглашение #молодежь #ISCAD #торгово_промышленная_палата #меморандум

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLARNING NAZARIY VA AMALIY BILIMLARINI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDA

🎓Yurtimizda «Yoshlar: bilim va amaliyot» loyihasining navbatdagi dasturiga start berildi.

Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar faolligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Qolaversa, bu loyiha mutaxassislikka tayyorlash orqali agrar soha tarmoqlariga kelgusida istiqbolli kadrlar zaxirasi uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.

«Yoshlar: bilim va amaliyot» loyihasi bir necha bosqichdan iborat: dastlab qatnashchilarning nazariy bilimlari va xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi test sinovlari orqali baholanadi. So‘ngra, ochiq muloqot davomida talabalarning iqtidori, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad-rejalari o‘rganiladi.

#Yoshlar #talabalar #agrar_soha #qishloq_xojaligi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR HAR DOIM VAZIRLIK E’TIBORIDA

🔰Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusida yoshlar bilan ishlashda yangicha tizim joriy etilgan bo‘lib, unda barcha vazirlik va tashkilotlar uchun bir qator topshiriq va vazifalar belgilangan. Xususan, Qishloq xo‘jaligi variligida ham yoshlar bilan ishlashning “mahalladan vazirlikkacha” tizimi joriy qilingan.

Toshkent viloyati Angren shahrida tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Axadbek Xaydarov va Qahramon Yuldashevning yoshlar bilan uchrashuvida Angren shahridagi MFYlar bilan hamkorlikda yoshlar yetakchilari, “qizil” toifaga kiritilgan bir guruh yoshlar qatnashdi.

#Yoshlar #mahalladan_vazirlikkacha #Angren
*****
МОЛОДЕЖЬ ВСЕГДА В ЦЕНТРЕ ВНИМАНИЯ МИНИСТЕРСТВА

🔰Известно, что по инициативе руководителя страны была внедрена совершенно новая система работы с молодежью, в рамках которой определен перечень задач к исполнению в разрезе каждого министерства и ведомства. В частности, Минсельхоз инициировал комплекс мероприятий по работе с молодежью по принципу «от махалли до министерства».

На встрече, организованной в городе Ангрене, заместители министра сельского хозяйства А. Хайдаров и К. Юлдашев вместе с молодежными лидерами махаллей встретились с группой молодых людей, входящих в так называемую «красную» категорию.

#Молодежь #от_махалли_до_министерства #Ангрен

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram