TUMANLARARO HAMKORLIK SAMARASI
Surxondaryoga tashrifi davomida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lalmi yerlarda zamonaviy eksportbop uzum yetishtiriladigan uzumzorlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Oltinsoy tumanidagi “Oltinsoy cotton claster” MCHJga tashrif buyurdi.
🍇Korxonaga 400 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, 40 foiziga uzum ekilgan. “Kishmish”, “Kelin barmoq”, “Rizamat ota” hamda “So‘g‘diyona” navlari mazkur bog‘da ekilar ekan, “So‘g‘diyona” navining kuzda ekilishi hamda eksportbop ekanligi kishini e'tiborini o‘ziga jalb qiladi. E’tiborlisi, korxona rahbari o‘z mablag‘i hisobidan 60 gektar yer maydoniga uzum ko‘chatlari ekkan, buning zamirida esa daromad ko‘rishga bo‘lgan to‘liq ishonch yotadi.
Tashrif davomida bog‘bonlarning fikr-mulohazalari tinglandi. E'tiborlisi, Oltiariq hamda Oltinsoy tumanlari o‘rtasida mustahkam aloqalar va tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani alohida ta'kidlandi. Bog‘bonlarning eksportga mo‘ljallangan uzumlarni, yoinki ularning mayizlarini ham Yevropa talabiga muvofiq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Yana bir masala – yangi uzum qalamchalarini ekish, ularni yetkazib berish hamda zamonaviy laboratoriyada yetishtirish va amaliyotda, ya'ni bog‘ barpo etish borasida asosli fikrlar o‘rtaga tashlandi. Kasallikka chidamli, har tomonlama maqbul va jahon bozoriga to‘g‘ri keladigan navlarni ekish bo‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘z navbatida, bog‘bonlar suv masalasi , uning yechimlari borasida, undan tashqari qilinajak ishlar to‘g‘risida ham o‘zlarining fikrlarini aytib o‘tdilar. Konstruktiv ruhda kechgan ushbu samimiy uchrashuv tomonlar uchun manfaatli kechdi.
#tashrif #uzumzor #eksport #Kishmish #Rizamat_ota #Sogdiyona #Surxondaryo
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM