QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#prezident #selektor

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari sohada erishilgan natijalarga to‘xtaldi.

Oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish - 4,5 baravarga (4 trilliondan 17 trillion so‘mga), eksport – 5 baravarga (117 milliondan 563 million dollarga) oshdi.

Yil yakunigacha eksport 750 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Eksportbop mahsulotlar soni 200 taga yetdi, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi 11 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqdi.

Bugungi kunda sohada 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Tarmoqda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni 2 baravarga, eksportni yanada oshirish reja qilingan.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2498
#prezident #selektor

Prezident tarmoqdagi o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ichki bozorda ham 1 milliard 300 million dollarlik import bozori bor.

Bundan tashqari, ichki va atrofimizdagi bozorlarda yarim o‘tkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi.

Masalan, elektromobil sanoati uchun zarur litiy-temir-fosfatli batareyalar ishlab chiqarishga barcha xom-ashyo zahirasi mavjud.

Bu borada hududlarda barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Lekin, hudud rahbarlari bu imkoniyatlarni hisob-kitob qilib, foydalanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa oldi, xolos. Eksportning 80 foizi shu brendlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Eksportni 1,5 milliard dollarga olib chiqish uchun esa kamida 3-4 ta yangi brend yaratish zarurligi taʼkidlandi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2499
#prezident #selektor

Yaqinda Prezident tomonidan tasdiqlangan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha dasturda:

- 34 mingta xonadon, vazirlik va idoralarning 6 mingta obyektida bunday qurilmalar o‘rnatilishi belgilandi;

- aholiga kompensatsiya olish, kreditni 3 yil ichida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi.

Kelgusi uch yilda misni chuqur qayta ishlashni kamida 2 baravarga oshirish zarurligi qayd etildi.

Ohangarondagi mis klasterining boshqaruv tizimini takomillashtirish, xorijiy boshqaruvni yo‘lga qo‘yib, chuqur qayta ishlash loyihalari, ilm va innovatsiyani olib kirish muhimligi taʼkidlandi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2500
#prezident #selektor

Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish maqsadida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga:

- Toshkent viloyatida elektr jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 million dollarlik 14 ta loyihani;

- Farg‘ona viloyatida maishiy texnika va kabel simlari ishlab chiqarish bo‘yicha 56 million dollarlik 9 ta loyihani;

- Andijon viloyatida 34 million dollarlik maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlariga bir oy muddatda 100 million dollarlik loyihalar to‘plamini shakllantirishga topshiriq berildi.

Oxirgi yillarda aholi xonadonlarining maishiy texnikaga bo‘lgan talabi har yili 10-15 foizga oshmoqda. Bu ularning servis xizmatiga ham talabi ortib bormoqda, degani.

Mutasaddilarga yirik ishlab chiqaruvchilar bilan birga hududlardagi kasb-hunar maktablarida maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatishga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2501
#prezident #selektor

Misni chuqur qayta ishlash yo‘nalishida mutasaddilarga:

- yil yakuniga qadar har oyda qo‘shimcha 1 ming tonnadan misni birjaga chiqarish, 2023 yilda 90 ming tonnaga yetkazish;

- Ohangaron va Qarshida mis klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;

- Qorao‘zakdagi 140 million dollarlik mis ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini boshlash, yil yakuniga qadar loyihalashtirish ishlarini yakunlash;

- transport xarajatlari subsidiya qilinadigan ro‘yxatga mis trubkasi va fitinglarini kiritish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2503
#prezident #selektor

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Kun tartibidan sohadagi ishlar holatini tahlil qilib, temir yo‘l tranziti imkoniyatlarini oshirish, aviatashuvlar va aeroportlarni qulay, tez va sifatli xizmat ko‘rsatadigan sohaga aylantirish, xalqaro tranzit yuklari uchun zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha kelgusi vazifalarni belgilab olish masalalari o‘rin olgan.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2510
#prezident #selektor

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

***********

#президент #селектор

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по проделанной работе и дальнейшим приоритетным задачам в области благоустройства махаллей и реализации общенационального проекта «Яшил макон».

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2557
#prezident #selektor

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Tadbir avvalida boshlangan islohotlar, amalga oshirilayotgan loyihalarning barchasi inson qadrini taʼminlash orqali aholini rozi qilishga qaratilgani yana bir bor taʼkidlandi.

Joriy yilgi dasturlar doirasida 4 100 ta mahallani obod qilish, bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash, suv, elektr, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga byudjetdan qariyb 29 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani ko‘rsatib o‘tildi. Buning natijasida:

- 434 ta mahallada ichki yo‘llar taʼmirlandi;

- 672 ta mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgani hisobiga, 1,5 million aholi ilk bora toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi;

- joriy yilda 2 mingdan ortiq mahallaga xizmat qiladigan 34 ta yangi maktab ishga tushirildi, 338 tasi rekonstruksiya qilinib, 360 tasi taʼmirlandi. Bularning hisobiga 78 mingta yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratildi;

- joylarda 580 ta transformator, 20 ming kilometr tarmoqlar yangilanib, 413 ta mahalladagi 1,5 million nafar aholining elektr taʼminoti yaxshilandi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2558
#prezident #selektor

“Aholini rozi qilish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi” – Prezident.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini o‘rganib, uni qiynayotgan muammolar ro‘yxatini shakllantirdi.

Aholi tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, sug‘orish tizimi, elektr, taʼlim va tibbiyot bilan bog‘liq 12 mingta masala va taklif ko‘tarilgan.

“Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning ko‘zgusi.

Katta-kichik bo‘ladimi, aholimiz ko‘targan har bir muammoga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi shart va zarur”,
dedi Prezident.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2559
#prezident #selektor

Mahallalarni obod qilish va ularga infratuzilma olib borish dasturlarini ishlab chiqishda aholi koʼtargan 12 mingta masalani ham hal qilishni oʼz ichiga oladigan yangi tizim yaratiladi.

Eng avvalo, 4 979 ta mahalladagi ichki yoʼllar, ichimlik suvi va oqova tizimi, elektr energiyasi va gaz taʼminoti, bogʼcha, maktab va sport obyektlari, obodonlashtirish, sugʼorish, koʼchalarni yoritish va boshqa masalalarni hal qilishga bir oy muddatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamgʼarmalariga 1,7 trillion soʼm yoʼnaltirish topshirildi. Ehtiyojga qarab, yil yakuniga qadar yana 1 trillion soʼm ajratilishi takidlandi.

Joriy yilning ikkinchi yarmida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 9 201 ta mahalla ishtirok etib, 38 mingta loyihaga 8 million aholi ovoz berdi (birinchi yarim yillikda 4 mingta mahalla qatnashgan).

Bu borada, Fargʼona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari aholisi faol boʼldi.

Ovoz berish yakunlariga koʼra, 1 418 ta loyiha gʼolib deb topilib, ular uchun jami 1 trillion soʼm mablagʼ oʼtkazib berildi.

Prezident “Tashabbusli byudjet” loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini takidladi. Shu bois, bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini toʼplagan, lekin gʼolib boʼlmagan 364 ta loyiha uchun qoʼshimcha 335 milliard soʼm ajratishga koʼrsatma berildi.

200 dan ortiq aholi qoʼllab-quvvatlagan mahalla shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarni jihozlashga kelgusi yilda qoʼshimcha 200 milliard soʼm ajratiladi. Bu orqali 195 ta loyiha doirasida 600 ta mahalla aholisi qamrab olinadi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2561
#prezident #selektor

Shu bilan birga, kelgusi yildan viloyat byudjetlari qoʼshimcha mablagʼlarining 30 foizi ham “Tashabbusli byudjet” loyihalariga beriladi.

Umuman, kelgusi yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun mablagʼlar faqatgina “Tashabbusli byudjet” orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishi belgilandi. Bunda “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun mablagʼlar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trillion soʼmga yetkaziladi.

“Shunda adolat boʼladi, odamlar oʼzlari hissa qoʼshgan loyihalarni, albatta asrab-avaylaydi”
, dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari mutasaddilar eʼtiborini respublika boʼyicha 1,5 mingta mahalla aholisi birorta loyihaga ovoz bermaganiga qaratdi. Yaqinda mahallalarda raislar saylovi boʼlib oʼtgani, yangidan saylangan raislar odamlarga vaʼdalar bergani, lekin taqdim etilayotgan bu imkoniyatdan foydalanmayotganini koʼrsatib oʼtdi. “Mudrab oʼtirgan” raislarni faollikka chaqirish, kerak boʼlsa oʼqitish kerakligi takidlandi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2562
#prezident #selektor

Har bir mahalla oʼzining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi aytildi.

Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer soligʼini undirish mahallaning oʼziga oʼtkaziladi.

Bunda:

- undirilgan mol-mulk va yer soligʼi mahalla byudjetida qoladi;

- har yili 1 fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla byudjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar roʼyxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;

- kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2563
#prezident #selektor

Аyni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash masalalari yuzasidan yigʼilish oʼtkazmoqda.

#президент #селектор

В настоящее время Президент Шавкат Мирзиёев проводит совещание по вопросам бесперебойного обеспечения населения, социальной сферы и отраслей экономики энергоресурсами в осенне-зимний сезон.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2595
#prezident #selektor

Prezident raisligida oʼtgan videoselektor yigʼilishida Qashqadaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari koʼrib chiqildi.

Eng avvalo, davlatimiz rahbari viloyatda beshta yoʼnalishda - tadbirkorlik, sanoat, agrar, ichimlik suvi taʼminoti, ijtimoiy sohada erishilishi lozim boʼlgan maqsad va vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:

- viloyatda tadbirkorlik va xizmat koʼrsatishni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 207 ming nafar ish oʼrni yaratish zarur;

- sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkin;

- 22 ta noruda konni oʼzlashtirib, talab yuqori boʼlgan qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoni bor;

- paxtani chuqur qayta ishlash darajasini 32 foizdan 56 foizga chiqarish uchun klasterlar tomonidan 2 trillion soʼmlik 12 ta loyihani yakunlash zarur;

- kimyo, neftь-gaz, energetika tizimidagi yirik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasini yoʼlga qoʼyib, 65 ta mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish lozim;

- 18 ming gektar maydonda suv taʼminotini yaxshilab, qoʼshimcha 90 milliard soʼmlik mahsulot yetishtirish, 66 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib, 300 million kub metr suvni iqtisod qilish, 10,5 ming gektar paxta va gʼalla maydonini qisqartirish hisobiga, 32 ming oila bandligini taʼminlash imkoniyati bor;

- hududda markazlashgan toza ichimlik suvi taʼminotini kelgusi yilda 60 foizga yetkazish lozim.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2598
#prezident #selektor

Yigʼilishda Qashqadaryo viloyati hokimi M.Аzimov hududni rivojlantirish ishlari holati va istiqboldagi maqsadlar yuzasidan hisobot berildi.

Masalan, 2022 yilning 9 oyida 12,5 mingta yangi tadbirkorlik subʼektlari tashkil etilgan, ularning soni 55 mingtaga yetgan, ularda 32 mingta yangi ish oʼrni yaratilgan.

2023 yilda mahallalarda 15 ta "Obod mahalla" markazlarini tashkil etish, xizmatlar sohasida 6,5 mingta ish oʼrni yaratish rejalashtirilgan.

5,2 ming tonna parranda goʼshti, 450 tonna baliq goʼshti, 18 tonna yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik parrandachilik majmuasini ishga tushirish moʼljallanmoqda. Qarshi shahrida loyiha qiymati 20 million dollarlik biznes markazini barpo etish koʼzda tutilgan.

Viloyatga 50 ming nafar xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist tashrif burgan. "Sahrodan-muzlikkacha" turizm magistralini yaratish rejalashtirilgan.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2599