QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#prezident #taqdimot #takliflar #agro

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV TOSHKENT VILOYATIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAKLIFLAR TAQDIMOTI BILAN TANISHDI

Yig‘ilishda Toshkent viloyatining tuprog‘i unumdor, suvi mo‘l ekanligi, bundan samarali foydalanilsa, hosildor bog‘ va tokzorlar barpo etish, intensiv sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish, odamlarning bandligini taʼminlash mumkinligi qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 10-sentyabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida shu borada qator vazifalar belgilangan. Xususan, Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar paxta va g‘alla maydoni qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi. Bu 60 mingdan ortiq kishini ish bilan taʼminlash imkonini beradi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan, mutaxassislar ishtirokida Toshkent viloyatida foydalanilmayotgan imkoniyatlar o‘rganildi va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Yig‘ilishda ana shu takliflar haqida axborot berildi. Unga ko‘ra, viloyatda 62 ming gektar yerni foydalanishga kiritish hisob-kitob qilingan. Ularda yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, suv kam talab qiladigan moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari yetishtirish, chorva boqish mo‘ljallangan.

Shuningdek, Toshkent viloyatining har bir tumani meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik, uzumchilik kabi muayyan tarmoqqa ixtisoslashtiriladi. Mazkur chora-tadbirlar natijasida 24 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz bu chora-tadbirlarni maʼqullab, ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Manba