QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
23.6K photos
2.69K videos
7 files
9.37K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maymunjon #sinovlar

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA MAYMUNJON NAVLARI SINAB KO‘RILMOQDA

🍓
Hozirgi kunda Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida maymunjonning 3 ta: “Texas”, “Chester” va “Chaster Tornless” navlarining qimmatli xo‘jalik-biologik xususiyatlari ustida ilmiy izlanishlar olibborilmoqda. Bu borada “May Agro” fermer xo‘jaligi bilan hamkorlikda ishlanmoqda.

Institutning “Mevali ekinlar seleksiyasi va nav o‘rganish” bo‘limi ilmiy xodimlari fermer xo‘jaligiga borib, doim o‘z maslahatlarini berib borishadi. Tuproq tahlillarini o‘tkazish hamda mevalarning kimyoviy tarkibini o‘rganishda amaliy yordam berishadi.

👉Batafsil

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAYMUNJON YETISHTIRISH – QISHLOQ XO‘JALIGINING QAYTA TIKLANAYOTGAN SOHASI

Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e'tibor berilishi tufayli xorijdan maymunjonning sara navlari keltirilib, O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, ham xalqimiz dasturxonini bu mazali va foydali mahsulotga to‘ldirish, ham eksportga chiqarish imkoniyati yuzaga keldi.

Maymunjon navlarini ikkiga bo‘lsa bo‘ladi: bir marta hosil beruvchi an'anaviy navlar va remontant – ko‘p bora hosil beruvchi navlar. Reza mevaning remontant turlari asosan issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan.

O‘zbek olimlarining tadqiqotlari samarasi o‘laroq, yaqin kelajakda maymunjon ham mamlakatimizda keng ko‘lamda yetishtiriladigan va eksportga jo‘natiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari safidan o‘rin olishiga ishonamiz.

#maymunjon #eksport #remontant

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM