QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#погода #климат

ПРОГНОЗ ПОГОДЫ С 12 по 14 СЕНТЯБРЯ

🌧 По Узбекистану небольшая, местами переменная облачность, без осадков, лишь по областям Ферганской долины 12 сентября возможен небольшой дождь. Ветер восточный 7-12 м/c, возможно усиление до 15-18 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 23-28°.

🌤 В Ташкенте небольшая, временами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 3-8 м/с. Температура 24-26°.

По предгорным и горным районам республики переменная облачность, 12 сентября местами дождь, в высокогорьях (свыше 2500 м) возможен переход в снег. Ветер западный 7-12 м/с, возможно усиление до 15-18 м/с. Температура
15-20°. 13 и 14 сентября переменная облачность, без осадков. Ветер восточный 7-12 м/с. Температура 13 сентября ночью 5-10°, днем 18-23°, 14 сентября ночью повышение до 10-15°, днем 20-25°.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SHHT #sammit #Samarqand #SCO2022

🇺🇿 SAMARQAND SHHT SAMMITIGA TAYYOR

📌 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda
O‘zbekiston raisligida Shanhay hamkorlik tashkilotining sammiti o‘tkaziladi. Sammitda 15 mamlakat rahbari ishtirok etadi.

Bu O‘zbekistonda o‘tkaziladigan to‘rtinchi sammitdir. Ilgari bunday muhim xalqaro tadbir 2004, 2010 va 2016-yillarda Toshkent shahrida o‘tkazilgan.

Sammit munosabati bilan Samarqandda zamonaviy aeroport, xalqaro sayyohlik markazi qurildi. Markaz hududida jami 10 ta obyekt bunyod etildi, 2 ta 5 yulduzli, 6 ta 4 yulduzli mehmonxona, kongress holl hamda karvonsaroy kompleksi.

«Boqiy shahar» majmuasida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, Chorsu sharq bozori, barcha viloyatlardan kelgan usta-hunarmandlarning ijod namunalaridan bahramand bo‘lish mumkin.
#ШОС #саммит #Самарканд #SCO2022

🇺🇿 САМАРКАНД ГОТОВ К САММИТУ ШОС

📌 Под председательством Узбекистана 15-16 сентября в Самарканде пройдет саммит Шанхайской организации сотрудничества. В саммите примут участие лидеры 15 стран.

Это четвертый саммит, проводимый в Узбекистане. Ранее такое международное мероприятие проводилось в Ташкенте в 2004, 2010 и 2016 годах.

Для проведения саммита в Самарканде был построен современный аэропорт и международный туристический центр. На территории центра создано 10 объектов: два 5-ти звездочных и шесть 4-х звездочных отелей, конгресс-холл и комплекс караван-сараев.

В комплексе «Вечный город» для гостей будут проходить мастер-классы по различным местным ремеслам, а также будут действовать чайхана в национальном стиле, восточный базар Чор-су, где также будет представлено творчество мастеров со всех регионов.
AZIZ VOITOV JIZZAX VILOYATIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI OBYEKTLARIGA TASHRIF BUYURDI

5 TA TUMAN - 11 TA OBYEKT
📹📸

2022-yil 10-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Sharof Rashidov, G‘allaorol va Forish tumanlariga tashrif buyurdi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan obyektlarga tashrif doirasida vazir boshchiligidagi ishchi guruh tadbirkorlarning muammo va takliflari bilan batafsil tanishib chiqdi, zarur masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Bundan oldin vazir Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan edi...

DAVOMI PASTDA 👇🏻 VA WWW.AGRO.UZ SAYTIDA
_

АЗИЗ ВОИТОВ ПОСЕТИЛ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЕ ОБЪЕКТЫ ДЖИЗАКСКОЙ ОБЛАСТИ

5 РАЙОНОВ – 11 ОБЪЕКТОВ
📸 📹

10 сентября 2022 года министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов посетил Зааминский, Зарбдарский, Шараф Рашидовский, Галляаральский и Фаришский районы Джизакской области. Рабочая группа во главе с министром ознакомилась с перспективными проектами предприятий, а также проблемами и предложениями предпринимателей.

ПОДРОБНЕЕ НА САЙТЕ
DAVOMI...

1️⃣ Vazirning ilk tashrif manzili ZOMIN TUMANIDAGI “Agro finans lizing” AJ korxonasi bo‘ldi. Bugungi kunda korxonaning 500 gektar maydonida intensiv bog‘zorlar barpo etilgan. Bog‘larda olma, o‘rik, bodom, nok va nektarin mevali daraxtlari yetishtirilmoqda.

Aziz Voitovga 112,6 gektar maydonda yaratilgan nokzorlar namoyish etildi. Bu yerda pakana bo‘yli, 6 xil “Abate-Fetel”, “Kaiser”, “Conference”, “Carmen”, “Williams”, “Max red Bartlett” navli nok daraxtlari parvarish qilinmoqda. Ishchi guruhga mevalarning holati, hosildorligi va isteʼmolchigacha yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayon haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Bundan tashqari korxona hududida 93 gektar maydonda agrouchastka barpo etilgan bo‘lib, unda pavlovniya plantatsiyalari o‘stirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari ushbu agrouchastka bilan ham tanishib chiqishdi.

2️⃣ ZOMIN TUMANIDAGI keyingi manzil “Barakali hosildor yerlari” fermer xo‘jaligiga tegishli piyoz maydonlari bo‘ldi. 25 gektarda tomchilatib sug‘orish tizimi orqali yetishtirilgan piyozning 1 gektaridan 100-110 tonnagacha hosil olinmoqda. Shuningdek, ushbu fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborxonasi mavjud. Sig‘imi 800 tonnalik omborxonada piyoz zahirasi yaratilmoqda.

3️⃣ Ishchi guruhi ushbu tumanda 2022-yilda tashkil etilgan “Zomin olam gullari” ishlab chiqarish kooperativiga tashrif buyurar ekan, issiqxonada yetishtirilayotgan gullar bilan tanishib chiqdi. Peshag‘or MFY da yashovchi 20 nafar gulchi ayol tomonidan tashkil etilgan ushbu kooperativ 15 gektar maydonga ega. 1,2 mlrd so‘mlik loyiha doirasida 100 ga yaqin ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Vazir bilan uchrashuv davomida fermer ayollarning gulchilikni rivojlantirish uchun ssuda ajratish, aholiga xizmat ko‘rsatish uchun kichik agrologistika majmuasini tashkil etishda amaliy yordam berish takliflari ijobiy hal etildi.

DAVOMI PASTDA 👇🏻👇🏻👇🏻
VA WWW.AGRO.UZ SAYTIDA