QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
DAVOMI...

4️⃣ ZARBDOR TUMANIDA 35 gektarlik yerda joylashgan “Zarbdor Universal logistika” MCHJ korxonasiga borildi. Bu yerda 7 gektarda issiqxona, 15 gektarda mevali bog‘ mavjud.

Aziz Voitovga 7 gektarlik issiqxonaning 1 gektarida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan maxsus ko‘chatchilik maydoni loyihasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, ushbu ko‘chatchilik issiqxonasida intensiv sabzavot va poliz ekinlari ko‘chatlari yetishtiriladi hamda Zarbdor va unga qo‘shni tumanlardagi aholi tomorqalari, fermer xo‘jaliklariga yetkazib beriladi.

DAVOMI PASTDA 👇🏻👇🏻👇🏻
VA
WWW.AGRO.UZ SAYTIDA
DAVOMI...

5️⃣ SHAROF RASHIDOV TUMANIDA Oltinsoy hududidagi “Qo‘ychi ota” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shab, mosh ekilgan 10 gektar maydoni bilan tanishildi. Ushbu maydondan 25 tonna yalpi hosil olish kutilmoqda.

6️⃣ Ishchi guruhi shuningdek, USHBU TUMANDAGI “Jizzaxkenteks” paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini o‘rgandi. Klasterda ip-kalava ishlab chiqarish, qolaversa, boshqa qishloq xo‘jaligi obyektlari uchun paxta urug‘ligini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

O‘rganish doirasida Jizzax viloyatining urug‘chilik markazlari rahbarlarining mavjud muammolari tinglanib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

DAVOMI PASTDA 👇🏻👇🏻👇🏻
VA
WWW.AGRO.UZ SAYTIDA
DAVOMI...

7️⃣ Ishchi guruh Jizzax viloyati SH.RASHIDOV TUMANIDA “BMB-NRC Agrologistics” qo‘shma korxonasi tomonidan barpo etilayotgan zamonaviy аgrologistika kompleksi faoliyatini o‘rgandi.

Tashrif davomida ishtirokchilar аgrologistika kompleksi hududida tashkil etilayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan muzlatgich omborlari qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri mazkur аgrologistika kompleksi qurilishi eksportchilar uchun bir qator qulayliklar, xususan, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish va mahsulotlarni qisqa vaqt ichida manzillariga yetkazib berishga sharoit yaratib bergan holda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishini alohida e’tirof etib o‘tdi.

DAVOMI PASTDA 👇🏻👇🏻👇🏻
VA
WWW.AGRO.UZ SAYTIDA