QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tropikmevalar #banan #papaya #noyobtajriba
🍌 O‘ZBEKISTONDA BANAN VA PAPAYA EKILMOQDA
- Salomatlik, oziq-ovqat, to‘qimachilik sanoatida foydali bo‘lgan ushbu mevalar qanday yetishtiriladi
- Ularni o‘stirishda nimalarga eʼtibor qaratish kerak
- Iqlim sharoiti nechog‘li ahamiyatli
Ushbu savollarning javoblari siz uchun qiziqmi, unda maqolamizni o‘qing.
👉Batafsil
————
#тропическиефрукты #банан #папайя #уникальный_опыт
🍌 В УЗБЕКИСТАНЕ ВЫРАЩИВАЮТ БАНАНЫ И ПАПАЙЮ

- Как растут эти полезные для здоровья, пищевой, текстильной промышленности плоды
- На что обратить внимание при их выращивании
- Насколько важны климатические условия
Если вам интересны ответы на эти вопросы, читайте нашу статью.
👉Подробнее

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#banan #tropik_osimlik

BANAN: FOYDALI VA SERHOSIL MEVA

🍌Biz sevib isteʼmol qiladigan foydali mevalardan biri banandir. Banan banansimonlar oilasiga mansub, ko‘p yillik tropik o‘simlik hisoblanadi.

Banan tarkibida A, С vitaminlari, fosfor, kaliy, kletchatka, tabiiy shakar mavjud. U qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga ko‘maklashadi.

Garchi banan foydali meva bo‘lsa-da, uning isteʼmolga yaroqsiz navlari ham bor.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BANAN – MEVA YOKI REZAVOR⁉️

🍌Banan qalin po‘stli va ko‘p urug‘li rezavor bo‘lib, balandligi 13 metrgacha bo‘ladigan o‘simlikda o‘sadi. Uning yovvoyi holda o‘sadigan turlarini urug‘lari bor, madaniylashtirilganlarida esa deyarli uzunligi 3 metrgacha, eni bir metrgacha bo‘lgan yirik barglari yo‘q. Banan bambukdan keyin dunyodagi eng baland o‘simlik hisoblanadi.

Banan chiroyli gullaydi. Poya yer ostidan to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab o‘sib chiqadi va undan yashil, binafsha rangdagi katta kurtaklar hosil bo‘ladi. Poyaning pastki qismida hosil bermaydigan kichik gullar, yuqorisida hosil beruvchi yirik gullar bor.

Banan har xil turda va shakllarda bo‘ladi — silindrsimon, cho‘zinchoq yoki uchburchak. U 3 dan 40 sm gacha o‘sadi, po‘stlog‘i yashil, sariq va qizil rangga ega.

Bananning vatani – Malay arxipelagi orollari. O‘simlik eng qadimiy ekinlardan biri. Iqlimi tropik bo‘lgan mamlakatlarda banan asosiy oziq-ovqat va eksport mahsuloti hisoblanadi.
Mamlakatimizda fermerlar tomonidan tajriba sifatida banan yetishtiriladigan maydonlar ham mavjud.

Do‘konlarning rastalarida asosan Kavendish navlari bor.

#rezavor #banan #Ozbekiston

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Banan – bu reza meva, banan daraxti esa, aslida, 15 metrgacha o‘sishi mumkin bo‘lgan o‘t.

Bilarmidingiz

Yo‘q bo‘lsa, keling, birga bilib olamiz.

🍌Reza meva deb bitta tuxumdonga ega bir gulda o‘sadigan, danaksiz mevaga aytiladi. Binobarin, kivi va banan ham reza meva sanaladi. Banan tabiiy antatsid ta'sirga ega (oshqozondagi rN ni oshirib, oshqozon kislotasini neytrallashtiradi), shu sababli, jig‘ildon qaynaganda banan iste'moli foyda beradi.

Har qanday reza mevada bo‘lgani kabi, bananda ham urug‘ mavjud, lekin juda mayda bo‘lgani sababli, mutlaqo sezilmaydi. Yovvoyi bananning aksariyatini yeb bo‘lmaydi, chunki ularda urug‘lar juda ko‘p, o‘zlari mayda bo‘ladi. Hozirgi kundagi bananlarga erishish uchun ming yillab seleksiya ishlari olib borilgan.

Banan, tabiiy holatda, biroz radioaktiv sanaladi, chunki unda kaliy (tabiiy radioaktiv izotop) mavjud. Ammo bu xavfli emas, chunki radiatsiya miqdori nihoyatda kam – halokatli doza olish uchun qisqa muddat ichida 100 000 000 dona banan yeyish kerak bo‘lardi. Banan tolasi qog‘oz va mato tayyorlashda ham qo‘llaniladi. Banan tolalaridan tayyorlangan mato “bashofu” deb ataladi va asrlar davomida Yaponiyada ishlab chiqarilgan. Tola banan daraxtidan olinadi, bu noyob mato paxta yoki ipakdan ancha mustahkam.

Yana bir qiziq ma'lumot – genetiklar aytishlaricha, inson DNKi 50 foizga banan DNKi bilan bir xildir.

#bu_qiziq #banan

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM