QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #Мustaqillik #vazirlik #qutlovlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI NOMIDAN MUSTAQILLIK KUNI BILAN BARCHANI SAMIMIY MUBORAKBOD ETAMAN.

Bu yili milliy bayramimiz «O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida nishonlanmoqda.

So‘nggi yillarda barcha yo‘nalishlarda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beryapti. Xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida e’tiborga molik bo‘lib, ular doirasida qishloq xo‘jaligida davlatning roli qayta ko‘rib chiqilmoqda, bozor munosabatlariga o‘tish, agrar sektorni diversifikatsiyalash targ‘ib etilmoqda, yer masalasiga hamda tabiiy resurslar - suv va tuproqdan foydalanishga oqilona, hosildorlik va ekologik tozalikni saqlash nuqtai nazaridan yangicha yondashilmoqda. Sanoatni jadal raqamlashtirish, agrar sohada ilm-fan va ta’limni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu shukuhli kunlarda har bir xonadonga sihat-salomatlik, farovonlik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat tilayman.

Davlatimiz va xalqimiz erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar bardavom, turmushimiz farovon, hayotimiz to‘kin va mahsuldor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak!


Aziz Voitov,
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #Мustaqillik #vazirlik #qutlovlar

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston xalqini Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonasi bilan samimiy qutlaydi!

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Министерство сельского хозяйства искренне поздравляет народ Узбекистана с 31-й годовщиной Независимости нашей страны!

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ayol #fermer #tabrik #vatanparvarlik
👩‍🌾 Agrar sohada fermer ayollarimiz talaygina. Bugun ular turli yo‘nalishlarda mehnat qilib, qishloq xo‘jaligiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Bayram munosabati bilan ular o‘z tabriklarini yo‘llashmoqda.

—————————————-
#женщина #фермер #поздравление #патриотизм
👩‍🌾 В сельскохозяйственном секторе много женщин-фермеров. Они трудятся и вносят достойный вклад в развитие сельского хозяйства. По случаю праздника они отправляют свои поздравления.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#challange #ustozlar #tabrik #bayram #1_oktyabr

Aziz ustozlar!

🎓Barchangizni 1-oktyabr —O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan muborakbod etamiz. Sizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizda xotirjamlik, doimo shogirdlar eʼzozida bo‘lib yurishingizni tilaymiz.

Bayram munosabati bilan talaba yoshlar orasida o‘tkazgan maxsus so‘rovnomamizni havola etamiz.

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#challange #ustozlar #tabrik #bayram #1_oktyabr #праздник #День_учителя

🎓Ustoz va murabbiylarga yo‘llanayotgan tabriklar davom etmoqda.

Bugun o‘zlarining dil so‘zlarini Toshkent davlat agrar universiteti va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘qituvchilari bildirishdi.

———————-

🎓Искренние поздравления в адрес наставников и учителей продолжаются.

Сегодня свои пожелания коллегам выражают преподаватели университетов ТГАУ и IAU.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qishloq_ayollari #fermerlar #tabrik

👩‍🌾 Agrar sohada fermer ayollarimiz talaygina. Bugun ular turli yo‘nalishlarda mehnat qilib, qishloq xo‘jaligiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

**************

#сельские_женщины #фермеры #поздравление

👩‍🌾 В сельскохозяйственном секторе много женщин-фермеров. Они трудятся и вносят достойный вклад в развитие сельского хозяйства.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qishloq_ayollari #tabrik

👩‍🌾Birimiz fermermiz, birimiz bog‘bon, birimiz dehqonmiz, yerga ko‘rk bergan. Sohaning olima, fozilalari ham bizda! Baxtimiz, taxtimiz, orzularimiz mana shu zamin va undagi mehnatimiz bilan bog‘liq! Bugun — 15-oktyabr kuni nishonlanayotgan Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan barcha mehnatkash, zahmatkash ayollarimizni qutlaymiz!

***********************

#сельские_женщины #поздравление

👩‍🌾Одна из нас фермер, другая – садовник, еще одна – земледелец и все мы – заботимся о земле. Есть среди нас и ученые и добродетели отрасли! Наше счастье, благосостояние и мечты неразрывно связаны с землей и зависят от нашего труда!
По случаю Международного дня сельских женщин, который отмечают сегодня, 15 октября, поздравляем всех наших тружениц села!

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Prezident #tabrik

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON XALQIGA
TABRIK YO‘LLADI:

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va maʼnaviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabardir.

Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Qoshg‘ariyning: “Erdam boshi tildur”, yaʼni “Barcha ezguliklar tildan boshlanur”, degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror moʻjizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi.

Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir
”.

*****
#Президент #поздравление

ПРЕЗИДЕНТ ШАВКАТ МИРЗИЁЕВ
ПОЗДРАВИЛ НАРОД УЗБЕКИСТАНА С ПРАЗДНИКОМ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА:

"Для каждого человека родной язык, определяющий его самосознание и духовный мир, является такой же священной ценностью, так же дорог и почитаем, как Родина, где он вырос, родители, подарившие жизнь и воспитавшие его.

Выдающийся ученый Махмуд Кашгари, одним из первых с научной точки зрения изучавший наш древний тюркский язык, писал: «Эрдам боши тилдур», то есть «Язык – начало всех добродетелей», и в этих словах заложен особый, глубокий смысл. Действительно, все благородные качества человека формируются прежде всего на основе несравненного чуда – родного языка, его очарования и красоты.

Сегодня бережное сохранение и развитие этого бесценного богатства, зеркала души и интеллектуального потенциала нашего народа является для нас одной из самых важных задач
".

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik #Tadbir #Konstitutsiya

MEHNATINGIZ QADR TOPAVERSIN

🎖2022-yil 7-dekabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ochib, mamlakatimizda agrar sohani transformatsiya qilish va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishdagi siyosiy, huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar, mamlakatimiz Qomusining taraqqiyot va mamlakat kelajagidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

“Barchangizni o‘zim va butun jamoa nomidan bayram bilan tabriklayman. Bilamizki, keyingi yillarda yurtimizda Konstitutsiya asosida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga jamiyatimiz taraqqiy etishida, hayotimiz farovon bo‘lishida siz aziz hamkasblarning ham hissangiz beqiyos. O‘ylaymanki, siz kabi fidoyi insonlar qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shadi”, – deb ta'kidlab o‘tdi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.

Shundan so‘ng vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalarda soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan rahbar va xodimlar "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Prezident #Konstitutsiya #Tabrik #30yil

Bugun vatanimiz tarixidagi eng muhim tarixiy sana —O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANINING 30 YILLIK BAYRAMI keng nishonlanmoqda.

Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev bayram munosabati bilan xalqimizga tabrik yo‘lladi.

Bayram tabrigida xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan Asosiy Qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligi taʼkidlangan.

Davlat rahbarining bayram tabrik matni bilan batafsil tanishing.

t.me/shmirziyoyev
#Tabrik #Vazir #Konstitutsiya #30yil #Bayram #8_dekabr

🇺🇿Qishloq xo‘jaligi sohasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularning eksportini ko‘paytirish, hosil sifatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan kompleks islohotlar muntazam amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizning mehnatkash xalqi tufayli amalga oshirilmoqda vа bu mehnatni Konstitutsiyamiz himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkinligimiz va farovonligimizning huquqiy kafolati bo‘lib, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soladi. Shuni esda tutish kerakki, u xalqimizning boy, tarixiy va huquqiy merosining ko‘p asrlik tajribasi va maʼnaviy qadriyatlari asosida yaratilgan.

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimga tinchlik va farovonlik tilayman. Xalqimiz amalga oshirayotgan har bir amal O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan doimo himoya qilinsin.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri
Aziz Voitov.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yurt muhofazasi, xalq osoyishtaligi, O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida fidokora xizmat qilayotgan barcha soha vakillarini muborakbod etadi hamda sharafli kasblarida kuch va matonat tilaydi!

✨️Ona Vatanga sadoqat va fidoyiligingiz hamisha tahsinga loyiq. Sizga yurt va chegara sarhadlarining osoyishtaligi hamda tinchligini taʼminlashda, adolat va barqarorlikni mustahkamlashda bukilmas iroda, bitmas-tuganmas sabr-toqat, jasorat yor bo‘lsin!

Samimiy tilaklar bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi!

#bayram #tabrik #vatan_himoyachilari_kuni

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan
samimiy muborakbod etamiz!

🇺🇿Hayotingiz doim sharaf va zafarlarga boy bo‘lsin.

Vatan himoyachilariga ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini asrab-avaylashida kuch-quvvat tilaymiz!

#bayram #tabrik #vatan_himoyachilari_kuni

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM