QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#agromaslahat #issiqxona #bodring #pomidor

ISSIQXONADA
BODRING VA POMIDOR YETISHTIRISH

🥒Issiqxonalarda bodring uchun maqbul harorat kunduzi 20-24 daraja, kechqurun 18-20 daraja bo‘lishi kerak. Harorat 0 darajaga tushib qolganda o‘simlik nobud bo‘ladi.

🍅Pomidor o‘simligi yaxshi rivojlanib, mo‘l hosil berishi uchun uning ildizi joylashgan qatlam havo bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak.

Bu mahsulotlarni issiqxonada yetishtirishning o‘ziga xos talablari qanday
Agrotexnik tadbirlar qanday amalga oshiriladi

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ISSIQXONADA BODRING YETISHTIRISH

🥒Issiqxonada yetishtirish uchun bodringni ko‘proq ko‘chatidan foydalangan maʼqul. Chunki ko‘chatidan ekilsa, o‘simlik kasallik va zararkunandalardan holi bo‘ladi. Shuningdek, o‘simlik ildizi baquvvat bo‘lib, mahsulot erta pishib yetiladi.

👉Bodring yetishtirshga oid maslahatlar bu yerda

#agromaslahat #bodring #yetishtirish #issiqxona

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
POMIDORCHILIK: MO‘L HOSIL E’TIBOR VA MEHR TALAB ETADI

🍅Respublikamizdagi issiqxonalar egallagan jami yer maydoni 6 ming gektardan ziyod bo‘lib, shundan 3,5 ming gektari gaz orqali, 1,5 ming gektari ko‘mir va qolgan 1000 gektari boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i orqali isitiladi.

Maydoni 2,5 gektarni tashkil etadigan “Fazliddin bashorat” MCHJga qarashli issiqxonaning 2 gektariga 50 mingta “Alamina” navli pomidor, qolgan 0,5 gektar qismiga esa “Fantina” navli bodring ekilgan.

#qishloq_xojaligi #issiqxona_xojaliklari #pomidor #bodring
*****
ВЫРАЩИВАНИЕ ТОМАТОВ: ОБИЛЬНЫЙ УРОЖАЙ ТРЕБУЕТ ОСОБОГО ВНИМАНИЯ И ТРЕПЕТНОГО ОТНОШЕНИЯ

🥒Общая площадь земель, занимаемых теплицами в республике, составляет более 6 тыс. га, из них 3,5 тыс. га отапливается газом, 1,5 тыс. га углем, а остальные 1000 га другими видами альтернативного топлива.

Общая площадь теплицы ООО «Фазлиддин башорат» составляет 2,5 га, на 2 га высажено 50 000 саженцев томатов сорта «Аламина», на оставшихся 0,5 га размещены огурцы сорта «Фантина».

#сельское_хозяйство #теплицы #томаты #огурец

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Joriy yil noyabr oyida bodring va uzum narxi ko‘tarilishi bo‘yicha ma’lumot

🥒Bodring narxlari ko‘tarilishi bo‘yicha:

Bugungi kunda ochiq dalalarda yetishtirilgan bodring hosili yig‘ishtirib olinib, iste’molchilarga yetkazib berildi. Ochiq dalalarda yetishtirgan mahsulotlarning narxi mavsumda 1 kg uchun o‘rtacha 1,5- 2,0 ming so‘mni tashkil qildi.

Tahlillarga ko‘ra, oldingi yillarda ham noyabr oyi o‘rtalariga kelib bodring narxi o‘sishi kuzatilgan. Jumladan 2021-yilda oldinga oylarga nisbatan noyabrda 1,3 barobarga, 2022-yilda 1,9 barobarga oshgan.

🗞Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi 567-sonli qarori qabul qilinib, issiqxonalarga kafolatlangan tabiiy gaz yetkazib berish belgilangandan so‘ng issiqxonalarda ekin ekish ishlari boshlandi. Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar noyabr oyi 3 dekadasi va dekabr oyi boshidan terimi boshlanishi bilan ichki bozorda narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.

🍇 Uzum narxlari ko‘tarilishi bo‘yicha:

📝Ko‘p yillik monitoring kuzatishlarga ko‘ra, noyabr-dekabr oylarida uzum mahsulotlari saqlash uchun joylashtirilishi oqibatida unga bo‘lgan narxlarning oshishiga olib keldi.

📌 Xususan, 2022-yilning noyabr oyi narxi oktabrga nisbatan 111,5 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda mos ravishda bu ko‘rsatkich 119 foizga o‘sgan.

🔗Jumladan, mahsulot navi bo‘yicha Husayni 15 - 25 ming so‘m, toyfi 15-20 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan “Rizamat ota”, “Mersedes” kabi navlariga talab oshgan (1 kg 90 ming so‘m atrofida).

Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari oshishi bilan bog’liq vaziyat tabiiy holat bo‘lib, bu qish mavsumi uchun issiqxonalarda bir muddat tayyorgarlik ishlari natijasida yuzaga kelgan.

#munosabat #narx #bodring #uzum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM