QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IFAD #Xalqaro_hamkorlik #COSOP

🖋Toshkentda O‘zbekiston hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yevropa-Markaziy Osiyo mintaqasida oziq-ovqat tizimini transformatsiya qilishni moliyalashtirishning umumiy yo‘li” mavzusida mintaqaviy konferensiya boshlandi.

Konferensiya doirasida BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi o‘tkaziladi.

Kecha, 24-oktyabr kuni IFAD tomonidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan yangi strategik imkoniyatlar dasturi (COSOP) O‘zbekiston hukumatiga taqdim etildi.

*****
#IFAD #Международное_сотрудничество #COSOP

🖋В Ташкенте началась региональная конференция на тему «Единый способ финансирования трансформации продовольственной системы в регионе Европа-Центральная Азия» с участием правительства Узбекистана, Министерства сельского хозяйства РУ и представителей международных организаций.

В рамках конференции состоится церемония подписания соглашения об открытии представительства Международного фонда сельскохозяйственного развития ООН (МФСР-IFAD) в Узбекистане.

Вчера, 24 октября, Правительству Узбекистана была представлена новая Программа стратегических возможностей страны (COSOP) на 2023–2027 годы, разработанная МФСР-IFAD при непосредственном участии Министерства сельского хозяйства РУ.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Xalqaro_hamkorlik #COSOP

Sharlotta Adrian xonim, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi
:
Nazarimda, bugungi davra suhbati o‘z vaqtida bo‘lib o‘tmoqda. Chunki so‘nggi vaqtlarda dunyoda ro‘y berayotgan inqirozlar tufayli oziq-ovqat xavfsizligi tizimlariga tahdidlar bo‘lyapti. Tabiiyki, oldimizda mana shu xavflarga qarshi qanday javob berishimiz kerak, degan savol turibdi. Ayniqsa, daromadi kam mamlakatlarga ushbu omillar salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda, oziq-ovqat zanjirida jahon miqyosida narxlar ko‘tarilyapti, xomashyo ham qimmatlashib bormoqda. Albatta, bu inqirozlar shuni tasdiqlaydiki, global miqyosda tezlashishimiz kerak. Yevropa Ittifoqi dunyoviy oziq-ovqat xavfsizligini tiklash uchun harakatlarni boshlab yuborgan. Bu borada gumanitar yordamni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Maqsadimiz, oziq-ovqat transformatsiyasini o‘zgartirish va uni barqarorlashtirishdan iborat. O‘zbekistondagi oziq-ovqat sektori va qishloq xo‘jaligidagi hayot doim tashkilotimiz markazida bo‘lib kelgan. Keyingi yetti yilda ham bu borada ushbu faoliyatimizni davom ettiramiz. Turli moliyalashtirish institutlari, hamkorlarimiz yordamida biz aqlli qishloq xo‘jaligini rviojlantirishni qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz. Toki eng kichik dehqon xo‘jaliklari uchun ham imkoniyatlar yaratilsin. Xalqaro tashkilotlar qatorida IFADning ham qo‘shayotgan hissasini alohida taʼkidlab o‘tmoqchiman. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ISKAD markazining investitsiya portfoliosini boshqarishdagi o‘rni ahamiyatli va uning saʼy-harakatlarini ham olqishlaymiz”.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Международное_сотрудничество #COSOP

Г-жа Шарлотта Адриан, Посол Европейского Союза в Узбекистане
:
«Сегодняшняя конференция проходит в нужное время. Ведь в последнее время возникают угрозы в системе пищевой безопасности из-за кризисов, происходящих по всему миру. Эти факторы негативно сказываются, в особенности, на странах с низким уровнем доходов, цены в продовольственной цепочке растут в глобальном масштабе, дорожает сырье. Перед нами стоит важный вопрос — как нам реагировать на эти опасности. Конечно, эти кризисы подтверждают, что нам нужно ускоряться. Европейский союз уже начал свои усилия по восстановлению глобальной продовольственной безопасности. В связи с этим мы также запустили гуманитарную помощь. Наша цель - изменить и стабилизировать трансформацию пищевых продуктов. Пищевая сфера и сельское хозяйство Узбекистана всегда была в центре внимания нашей организации и мы продолжим нашу деятельность в этом направлении в ближайшие семь лет. С помощью различных финансовых учреждений и наших партнеров мы поддерживаем развитие «умного» сельского хозяйства. Мы хотим создать возможности даже для самых маленьких дехканских хозяйств. Я хотела бы выразить признательность за вклад IFAD среди международных организаций и подчеркнуть роль центра ISCAD при Министерстве сельского хозяйства в управлении инвестиционным портфелем. Мы приветствуем эти усилия».

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Xalqaro_hamkorlik #COSOP

Aziz Voitov, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri:

“Biz xalqaro hamkorlarga mamlakat oziq-ovqat tizimi barqarorligini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz.

Respublikada davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda investisiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Hukumat kafolati ostida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan jami 1,8 milliard AQSH dollariga teng 7 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

Xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi”, shuningdek, mamlakatimiz o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan qator davlat tarmoq dasturlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

O‘zbekistonning Jahon banki,
IFAD va FAOning qishloq xo‘jaligi statistikasini rivojlantirish bo‘yicha “2030-YILGACHA 50 TA STRATEGIYA” deb nomlangan qo‘shma tashabbusiga qo‘shilishi qishloq xo‘jaligi sohasini muvofiqlashtirish va kelajakdagi muammolarga tezroq javob berish qobiliyatimizni oshiradi.

Loyihalarning shaffofligi va kelgusida rejalashtirish samaradorligini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda loyihalarning monitoring qilish va hisobot berishning kompyuterlashtirilgan tizimini yaratishimiz kerak bo‘ladi".

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Международное_сотрудничество #COSOP

Азиз Воитов, министр сельского хозяйства Узбекистана:

«Мы благодарны международным партнерам за их вклад в развитие устойчивости продовольственной системы страны.

В республике особое внимание уделяется реализации инвестиционных проектов с привлечением средств государственного бюджета и международных финансовых институтов.

Наше министерство реализует 7 крупных проектов под гарантию Правительства, направленных на развитие сельского хозяйства на общую сумму 1,8 миллиардов долларов США.

В тесной работе с международными партнерами была разработана и утверждена «Стратегия развития сельского хозяйства Узбекистана до 2030 года», а также ряд государственных отраслевых программ по усилению положения страны во всех ключевых показателях ЦУР.

Присоединение Узбекистана к совместной инициативе Всемирного Банка, МФСР и ФАО по развитию аграрной статистики под названием «50 СТРАТЕГИЙ ДО 2030 ГОДА» позволит повысить наши возможности по координации отрасли сельского хозяйства и быстрее реагировать на будущие вызовы.

Нам предстоит совместно выстроить
цифровую систему отчётности и мониторинга реализации проектов с международными финансовыми институтами для повышения их прозрачности и эффективности дальнейшего планирования».

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Xalqaro_hamkorlik #COSOP

Alvaro Lario,
IFAD prezidenti:
Pandemiya inqirozi insoniyatni kambag‘allikka yanada ko‘proq yaqinlashtirmoqda. Aynan shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga harakat qilmoqdamiz. Agar bu borada zarur qadamlarni qo‘ymasak, dunyo aholisi uchun qiyin bo‘ladi. Agrar sohada fermer xo‘jaliklari juda ko‘p va ularni rivojlantirish, bioxilma-xilligini oshirish kerak. Sababi, kichik fermer xo‘jaliklari bizga barqaror jamiyatni yaratishga yordam beradi. Fermerlar daromad olsa, demak, iqtisodning rivojlanishiga imkoniyat kengayadi. Qishloqlarda yangi ish joylarini yaratish, ayol va erkaklarda bir xil imkoniyatlarni taʼminlash lozim. Qolaversa, hukumat ham birinchi galda eʼtiborni qishloq xo‘jaligiga qaratishi kerak, bu o‘z navbatida moliya institutlari va xususiy sektorlarni birlashtiradi. Aholining eng zaif qatlami ham eʼtiborga olinishi talab etiladi. Ushbu masalalarda ijobiy natijaga erishish uchun IFAD O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda. Biz 2023-2027-yillarda va undan keyin ham hamkorlikni yanada faollashtiramiz”.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Международное_сотрудничество #COSOP

Альваро Ларио, президент МФСР-
IFAD:
«Кризис от пандемии показал, что человечество уязвимо перед бедностью. Именно поэтому мы пытаемся развивать аграрный сектор. Если мы не предпримем необходимых шагов в этом отношении, населению мира будет трудно. В аграрном секторе очень много ферм и необходимо их развивать и увеличивать их биоразнообразие, они помогают нам создавать устойчивое общество. Если фермеры получают доход, это помогает и экономике в целом. Необходимо создать новые рабочие места в селах, обеспечить равные возможности для женщин и мужчин. Кроме того, правительство должно сосредоточиться в первую очередь на сельском хозяйстве, которое, в свою очередь, объединит финансовые институты и частный сектор. Нужно учитывать и наиболее уязвимые слои населения. Для достижения положительного результата в этих вопросах IFAD укрепляет сотрудничество с правительством Узбекистана. Мы будем активизировать сотрудничество в 2023-2027 годах и далее».

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Xalqaro_hamkorlik #COSOP

Jamshid Xodjayev, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
:

“Biz bu yerga Yevropa-Markaziy Osiyo (EMO) mintaqasida oziq-ovqat tizimlari transformatsiyasini jadallashtirish uchun nima qilish zarurligini, shuningdek, bunga erishishda xalqaro moliya institutlarining muhim rolini muhokama qilish uchun yig‘ilganmiz. Global pandemiya va jahondagi hozirgi tahlikalar global zarbalarga nisbatan zaif ekanligimizni namoyon qildi va mintaqaning ko‘plab tuzilmaviy zaif jihatlarini ochib berdi. Ammo, shu bilan birga, ular savdo hamkorlari sifatida o‘zaro bog‘liqligimizni ta’kidlashga ham yordam berdi.

Oziq-ovqat ta’minoti zanjirlarining uzilishi bizni eng kichik fermerlardan tortib, eng yirik qishloq xo‘jaligi korxonlari va savdo tarmoqlaridan iborat bo‘lgan oziq-ovqat tizimlarimizning barcha darajalari muhim va o‘zaro bog‘liq ekanini anglab yetishimizga yordam berdi.

Ushbu tahlikalar bizdan qiymat zanjiridagi o‘zgarishlarni kuzatish va tahlil qilish, jamiyatning turli guruhlari - ishlab chiqaruvchilardan tortib, iste’molchilargacha o‘tkazadigan ta’sirini o‘lchash hamda aholining zaif qatlamlari uchun ijtimoiy himoya tarmoqlarini yaratishni ta’minlash imkonini beruvchi tizimlarga moliyaviy sarmoya kiritishni talab qiladi.

Barqaror oziq-ovqat bo‘yicha yangi kun tartibi EMO mintaqasi hukumatlaridan ham, bizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan xalqaro moliya institutlaridan ham biznes yuritishning yangi usullaridan foydalanishni talab qiladi.

Ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bugungi panel muhokamalari va muloqotlar ushbu maqsadga ijobiy hissa qo‘shishiga chin dildan umid qilaman. Va bugungi ishimiz natijasida paydo bo‘ladigan "maqsadlar deklaratsiyasini" ko‘rib chiqishni orziqib kutaman".

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Международное_сотрудничество #COSOP

Жамшид Ходжаев, заместитель премьер-министра по инвестициям и внешнеэкономическим связям
:

«Мы собрались здесь обсудить, что необходимо для ускорения преобразований продовольственных систем в регионе Европа-Центральная Азия (ЕЦА), а также важную роль международных финансовых институтов в достижении этого. Глобальная пандемия и текущие вызовы в мире высветили нашу уязвимость перед глобальными потрясениями и обнажили многие структурные слабости в регионе. Но они также помогли подчеркнуть нашу взаимозависимость как торговых партнеров.

Нарушение цепочек поставок продовольствия помогло нам осознать важность и взаимозависимость, которые существуют на всех уровнях наших продовольственных систем, от самых мелких домашних фермеров до крупнейших агропродовольственных предприятий и торговых сетей.

Эти вызовы требуют от нас финансовых вложений в системы, которые позволят отслеживать и анализировать изменения, происходящие в цепочке создания стоимости, измерять влияние на различные группы общества - от производителей до потребителей, обеспечивать создание сетей социальной защиты уязвимых слоев населения.

Новая повестка дня в области устойчивого продовольствия требует нового способа ведения бизнеса как со стороны правительств региона ЕЦА, так и международных финансовых организаций, которые готовы поддержать нас.

Я искренне надеюсь, что сегодняшние панельные дискуссии и диалог между участниками внесут положительный вклад в достижение этой цели. И я с нетерпением жду возможности рассмотреть «декларации о намерениях», которые будут получены в результате сегодняшней здесь работы
».

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#IFAD #Xalqaro_hamkorlik #COSOP

Natalya Juxova, YETTB agrobiznes bo‘limi direktori va rahbari
:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bugungi kunda duch kelayotgan bir necha muammolarni keltirib o‘tmoqchi edim. Avvalo, ishlab chiqaruvchilarda moliyaviy savodxonlik, mahsulotlarini eksportga chiqarish borasida biroz bilimlar yetishmayapti. Korxonalar orasida o‘rta tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarning soni kam, ammo aslida aynan shular qishloq xo‘jaligini rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Biz asosan mahalliy banklar bilan ishlashga harakat qilamiz. Ushbu banklar orqali aholiga iqlim o‘zgarishi, barqaror ishlab chiqarish haqidagi maʼlumotlarni yetkazamiz. Biz shuningdek, o‘g‘itlarni nazoratsiz qo‘llashni oqlamaymiz, iloji boricha bunday jarayonlarning oldini olish zarur. Bu borada zamonaviy organik dehqonchilikka o‘tish muhimdir. Bundan tashqari, hosildorlikni ko‘paytirishda zamonaviy amaliyotlarni qo‘llash kerakligini taʼkidlaymiz”.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM