QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.59K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Agrar sohadagi hamkorlikning yangi bosqichlari

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Xitoyning “BGI group” kompaniyasi vitse-prezidenti Ning Li o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda, “BGI group” kompaniyasining genetika va genomika sohasidagi tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish va mazkur sohada ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va kelgusida ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining malaka oshirishi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish hamda cho‘l muammolari muhokama qilindi.

Aytish kerakki, “BGI group” kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hayot fanlari va genomika sohasida faoliyat yuritadigan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Maʼlumot o‘rnida, “BGI group” kompaniyasining dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonalari mavjud bo‘lib, sog‘liqni saqlash, resurslarni tejash va huquqiy xizmatlarini bo‘yicha turli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Muzokaralar natijasida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, respublikamizda genetika va genomika sohasining rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, albatta.

#agrar #hamkorlik #BGI #vazirlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM