QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#prezident #xalqaro_turizm_markazi

🌐Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida Xalqaro turizm markazining ochilishiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari:

Xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan ushbu majmua Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi yana bir salmoqli, zafarli natija bo‘ldi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Qadimiy va navqiron Samarqand bag‘rida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulug‘vor meʼmoriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin, buyursin!”, – deya so‘zini boshladi.

Yiliga 2 million turistga xizmat qiladigan bu ko‘p tarmoqli markaz tarkibida “Boqiy shahar” majmuasi, Kongress holl, 8 ta zamonaviy mehmonxona, amfiteatr va ko‘plab boshqa obyektlar mavjud.

Markaz loyihasini ishlab chiqishda tajribali meʼmor va muhandislardan iborat xalqaro jamoa jalb etilgan. Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning yuksak malakali injener va texnik mutaxassislari qurilish jarayonida faol ishtirok etgan.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2282
#prezident #xalqaro_turizm_markazi

🌐Prezidentning taʼkidlashicha, bundan 3-4 yil oldin Samarqandga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar soni 500 ming nafardan oshmas edi. Hozirgi kunda turizmni rivojlantirish bo‘yicha islohotlar, qulay investitsiyaviy muhit yaratish bo‘yicha saʼy-harakatlar tufayli Samarqandga kelayotgan xorijiy turistlar soni 2 barobar ko‘paydi.

Kelgusi yillarda Samarqandga keladigan xorijiy turistlar sonini 1,5 milliondan oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Kelgusida bunday zamonaviy majmua Buxoro shahrida ham barpo etiladi. Bu kabi loyihalarni respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirish bo‘yicha rejalar bor.

Ana shunday ishlar tufayli kelgusi besh yilda mamlakatimizga keladigan sayyohlar sonini hozirgi 2 milliondan 9 millionga yetkazish kutilmoqda.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2283
#prezident #xalqaro_turizm_markazi

“Oldimizda katta-katta sanalar, yirik siyosiy, madaniy va maʼrifiy tadbirlar turibdi. Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda.

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar rahbarlari uchrashuvi kabi nufuzli xalqaro tadbirlar ham yaqin oylarda aynan Samarqandda bo‘lib o‘tadi”, - dedi Prezident.

So‘zining yakunida Samarqand qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborgan ushbu qurilishlarni amalga oshirishda mehnat qilgan barcha quruvchi va mutaxassislarga, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilotlarga, chet ellik hamkorlarga, Samarqand ahliga, ko‘p millatli butun xalqimizga minnatdorlik bildirdi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2284
#prezident #xalqaro_turizm_markazi

"Bugun siz, azizlar bilan, barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Samarqandning yangi qiyofasini belgilab beradigan muhtasham majmua – “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimida uchrashib turganimdan xursandman" - Prezident.

"Мне доставляет большое удовольствие встретиться сегодня с вами на торжественной церемонии открытия Международного туристического центра “Великий шелковый путь”, определяющего облик Нового Самарканда, дорогого для всех нас города" - Президент.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2285