QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.47K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Forwarded from TUPROQSIFATTAHLIL DUK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj #tuproqsifattahlil #tuproq_tahlili #koreya_tajribasi

Jahon bankining Qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash loyihasi doirasida Janubiy Koreyaning xalqaro ekspertlari "Tuproqsifattahlil" DUK Tuproq sinov laboratoriyasida bo’ldi.

http://t.me/TSTM_DUK
#tuproq #info #degradatsiya #yechim

🟫 Tuproq bu tabiiy jism bo‘lib, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Respublikaning qishloq xo‘jaligi sohasida 28 tipdagi tuproqlar mavjud bo‘lib, shundan 22 tasidan ko‘proq, qolgan 6 tipidan esa juda kam foydalaniladi.
Respublikadagi tuproqlar va ularning xususiyatlari haqida batafsil.

👉Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
#tuproq_unumdorligi #seminar

“TUPROQSIFATTAHLIL” DUK MUTAXASSISLARI XITOY QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASI TOMONIDAN O‘QITILDI

🎓Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tomonidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK mutaxassislari uchun malakaviy o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda mutaxassislar Xitoyning tuproq unumdorligi va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy qishloq xo‘jaligi yechimlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, mahalliy qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadida tomonlar o‘rtasida dalillarga asoslangan tajribalar almashildi.

Ushbu seminar “Tuproqsifattahlil” DUK va Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi o‘rtasidagi “Qishloq xo‘jaligini masshtablash va modernizatsiya qilishni rivojlantirish va boshqarish” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda imzolangan hamkorlik Memorandumi ijrosini ta‘minlash doirasida o‘tkazildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tuproq_tahlili #mobil_laboratoriya

TUPROQ KLINIKASI” MOBIL LABORATORIYASI TEZKOR XIZMATLARNI KO‘RSATMOQDA

🚌O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan hududlarda fermer xo‘jaliklari, klasterlar va tomorqa yer egalariga tezkor tuproq xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyasi 2021-yilda tashkil etilgan.

Ushbu innovatsion mobil laboratoriya bevosita hududlarda dalaning o‘zida tuproqning gumus, harakatchan azot, fosfor va almashinuvchi kaliy bilan ta‘minlanishi, sho‘rlanish, tuproq muhiti -pH va boshqa tuproq xossalarini aniqlash bo‘yicha tezkor xizmatlar ko‘rsatadi.
E’tiborlisi, tuproq xususiyatlari joyning o‘zida institut olimlari tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil natijalari asosida yer egalariga kerakli tavsiyalar beriladi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #raqamlashtirish #tuproq #tuproqshunoslik

DIQQAT E'LON
❗️

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

📝Mavzu: Tuproq unumdorligini saqlashda raqamli texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari va muammolari” respublika ilmiy-amaliy anjumani

🎊Tadbir: 2022-yilning 5-dekabrida “Butunjahon tuproq kuni”ga bag‘ishlab anjuman o‘tkaziladi

Anjumanga qatnashish uchun quyidagi yo‘nalish mavzularida ilmiy maqolalar qabul qilinadi:
🔸Qishloq xo‘jaligi yerlari tuproqlarining ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish;
🔸Degradatsiyaga moyil tuproqlari sifatini yaxshilash va ulardan samarali foydalanish;
🔸Tuproqshunoslikda raqamli texnologiyalardan foydalanish;
🔸Yangi turdagi mineral, organik va noanʼanaviy o‘g‘itlarni intensiv dehqonchilik tizimlarida samarali qo‘llash istiqbollari;
🔸Tuproqlarning fizik, suv-fizik, kimyoviy, biologik xossalarini maqbullashtirish;
🔸Tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishning innovatsion usullari;
🔸Malakali kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarish bilan ilm-fan o‘rtasidagi integratsiya muammolari.

📆Qabul: 2022-yilning 20-noyabrigacha maqolalar olinadi.
Maqolalarni tati_konf_2022@soil.uz elektron manziliga yuboring.

📍Anjuman manzili: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosining 510-xonasi

📞Qo‘shimcha ma’lumotlarni anjumanning tashkiliy qo‘mitasining +998 90 905 89 20;
+998 93 524 07 85
+99 893-878-84-07
ishonch telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

📃Axborot xati

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#mobil_ilova #tuproq

“SHO‘RLANGAN
TUPROQ” MOBIL ILOVASI YARATILDI

🔹“Sho‘rlangan
tuproq mobil ilovasining afzalligi nimada

🔹Mobil ilovaning vazifalari nimalardan iborat

🔹GAT (Geografik axborot tizimi) haqida eshitganmisiz

👉Shu kabi muhim savollarga javoblar maqolamizda

*****
#мобильное_приложение #почва

СОЗДАНО МОБИЛЬНОЕ ПРИЛОЖЕНИЕ «ЗАСОЛЕННАЯ ПОЧВА»

🔹В чем преимущество мобильного приложения «Засоленная почва»

🔹Каковы функции мобильного приложения

🔹Знаете ли вы о системе ГИС (Географическая информационная система)

👉Ответы на эти и другие вопросы читайте в нашей статье

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
SAYYORAMIZ XAZINASI

🥄Bir osh qoshiq tuproqda tirik organizmlar soni yer yuzidagi odamlarga qaraganda ko‘proq.

🥗 Biz isteʼmol qiladigan oziq-ovqatlarning 95 foizi tuproqda o‘sadi.

💧Tuproq yerdagi eng yirik suv filtridir. Uning tarkibidagi uglerod hajmi bo‘yicha sayyoramizda okeanlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

💨Tuproq iqlimni tartibga solishga yordam beradi. Ya`ni, sifatli, unumdor tuproq uglerodni saqlab, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatadi.
Sayyoramizda harorat keskin ko‘tarilib ketishining oldini oladi.

🐾Tuproq – bu uy. Yer yuzidagi barcha hayvonlarning to‘rtdan biri hayotining bir qismini tuproqda o‘tkazadi.

📈Sayyoramizdagi quruqlik suvdan ancha kichik bo‘lsa ham undagi tirik organizmlarning umumiy biomassasi dengiz va okeanlarnikidan bir necha baravar yuqori.

#bu_qiziq #tuproq

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YERNI LAZER BILAN TEKISLASHNING AFZALLIKLARI

🚜Sug‘orma dehqonchilikda qishloq xo‘jalik ekinlarini yaxshi yetishtirish, sug‘orish suvi, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, energiya resurslar sarfini tejash, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda dala maydoni tekisligi katta ahamiyatga ega.

👉Batafsil

#tuproq #lazer #ishlov_berish #dehqonchilik #fermer #afzalliklar
*****
ПРЕИМУЩЕСТВА ЛАЗЕРНОГО ВЫРАВНИВАНИЯ ЗЕМЛИ

🚜Ровность поля имеет большое значение на орошаемых землях для хорошего возделывания сельскохозяйственных культур, рационального использования воды для полива, распределения удобрений, экономии расхода энергоресурсов, а в результате и на получение высокого и качественного урожая сельскохозяйственных культур.

👉Подробнее

#почва #лазер #преимущество

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOMPOST - KIMYOVIY O'G'ITLARGA TABIIY MUQOBIL

♻️Kompost - bu organik o‘g‘it.
U maxsus mikroorganizmlar tomonidan organik moddalarni qayta ishlash natijasida olinadi.

Kompost har qanday tuproqlar va ekinlar uchun to’g’ri keladi. Ekinni ekishdan oldin tuproqni og’itlash lozim. Kompost o‘simlikning ildiz tizimini kuydirib qo’ymaydi, shuning uchun uni qo‘llashda aniq dozalar (miqdor) belgilanmagan.

👉Maqolamizda batafsil o'qing.

#kompst #organika #mikroorganizmlar #ogit #tuproq

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIOGUMUSNING EKINLARGA QANDAY FOYDASI BOR?

🌿Biogumus tuproqni mukammal darajada sog‘lomlashtiradi. U boshqa har qanday organik moddalar bilan yaxshi birlashadi va hosilning taʼm sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Biogumus qachon beriladi? Buning bir necha usullari mavjud.

Biogumus tabiiy tuproqqa yaqin bo‘lgan o‘g‘it turi bo‘lib, chirishga moyil chiqindilar: go‘ng, xazonrezgi, qushlarning axlati, qipiq, somon, o‘simlik uyumlarini Kaliforniya qizil chuvalchangi organizmidan o‘tkazish orqali olinadi.

👉Batafsil

🌐To'liq video

#biogumus #tuproq #ekin #foydasi
*****
ПОЛЬЗА БИОГУМУСА ДЛЯ ПОЧВЫ

🌿Биогумус оздоравливает почву. Он сочетается с любыми органическими веществами и служит для улучшения вкусовых качеств урожая.

Когда применяют биогумус?

Биогумус
– вид удобрения, приближенный к естественному грунту и получаемый путем пропускания через организм калифорнийского красного червя гниющих отходов: навоза, компоста, птичьего помета, опилок, соломы, растительных ворохов.

👉Подробнее

🌐Полное видео

#биогумус #почва #польза

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HOSILDORLIKNI OSHIRISHDA TUPROQ TADQIQOTLARINING O‘RNI

📌2023-yilning 20-25-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha viloyatlarida “Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish yo‘llari” mavzusida o‘quv-amaliy seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

#seminar #qishloq_xojaligi #tuproq #tuproqshunoslik
*****
РОЛЬ ПОЧВЕННЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ В ПОВЫШЕНИИ ПРОДУКТИВНОСТИ

📌С 20 по 25 февраля 2023 года по инициативе Министерства сельского хозяйства РУ в Республике Каракалпакстан и во всех регионах нашей страны проводятся обучающий курс и практические семинары на тему – «Способы использования результатов почвенных исследований для повышения урожайности сельскохозяйственных культур».

#семинар #сельское_хозяйство #почва #почвоведение

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining “Yangiliklar 24” dasturida "Qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirishda tuproq tadqiqotlarining ahamiyati" mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda mamlakatimizning barcha viloyatlarida klasterlar va fermer xo‘jaliklari vakillariga tuproq tadqiqotlari natijalaridan xabardor bo‘lish va undan foydalanish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar berishayotgani haqida so‘z boradi.

#repost #yangiliklar_24 #klaster #fermer #tuproq #tuproqshunoslik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM