QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Prezident #paxtachilik #hosil

PAXTACHILIKDA “DOLZARB 30 KUNLIK” E’LON QILINDI
🔰 27-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev paxtachilikda dolzarb vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda paxta parvarishi va o‘ta yuqori havo haroratida hosildorlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Ularni amalga oshirish uchun respublikaning barcha hududlarida “dolzarb 30 kunlik” e’lon qilindi.
👉Batafsil
————
#Президент #хлопководство #урожай
ОБЪЯВЛЕНЫ «УДАРНЫЕ 30 ДНЕЙ» ПО УХОДУ ЗА ХЛОПКОМ
🔰 Президент Шавкат Мирзиёев 27 июля провел совещание по актуальным задачам в хлопководстве. На совещании были озвучены рекомендации и инструкции по уходу за хлопком и обеспечению урожайности при очень высокой температуре воздуха. Объявлены «ударные 30 дней» для их реализации во всех регионах.
👉Подробнее

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #hosil #himoya

G‘O‘ZA PARVARISHIDA HOSILGA HOSIL QO‘SHISH MAQSADIDA “DOLZARB 30 KUNLIK” TADBIRLARI
Hududlarda g‘o‘za parvarishidagi xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, so‘nggi kunlarda kuzatilayotgan anomal issiq haroratning g‘o‘zaga salbiy taʼsirini yumshatish, yaratilgan hosilni saqlab qolish maqsadida hosilga hosil qo‘shish uchun “Dolzarb 30 kunlik” eʼlon qilindi.

✳️Ushbu oylik doirasida g‘o‘za parvarishida olib boriladigan agrotexnik tadbirlarni e’tiboringizga havola etamiz.
👉Batafsil

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Repost #paxtachilik #himoya #hosil

“DOLZARB 30 KUNLIK”: HOSILGA HOSIL QO‘SHISH TADBIRLARI
🎥O‘zbekiston telekanali orqali namoyish etiladigan “STUDIYA 24” dasturining bu galgi soni joriy yil 27-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning paxta parvarishi va o‘ta yuqori havo haroratida hosildorlikni ta‘minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilangan “dolzarb 30 kunlik” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusiga bag‘ishlandi.

📌Ko‘rsatuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Paxtachilik boshqarmasi boshlig‘i Akmal Shamsiyev va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Amanovlar ishtirok etishdi.

https://youtu.be/5UCOUaQgtko

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
#Seminar #aprobatsiya #paxtachilik

📍Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Namangan viloyatining Elita urug‘chilik xo‘jaligida urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Unda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi vakillari, aprobatsiya komissiyasi aʼzolari, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ekpertlar, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘chilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishmoqda.

🔸Seminar davomida urug‘lik uchun ajratilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish, urug‘lik paxtani terish, qabul qilish va saqlash masalalari muhokama etiladi.

Batafsil maʼlumotlarni kuzatib boring
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

🔰 Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Qishloq xo‘jaligi fani va to‘qimachilik sanoatining yutuqlari, innovatsiyalari, texnologiyalari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium ish boshlaydi.

🗓 17-18-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu simpoziumda yurtimiz va 15 ga yaqin xorijiy davlatdan taklif etilgan qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

📌 Ushbu tadbir haqida keyingi xabarlarimizda yoritib boramiz. Kuzatishda davom eting.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

A‘zam Ravshanov, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI (PSUYEAITI) direktori:
- Bugungi kunda PSUYEAITIda xalqaro aloqalar geografiyasi kengaytirilib, ilg‘or xorijiy tajribalarni respublikaga joriy etish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi. Natijada, AQSH, Xitoy, Pokiston, Turkiya, Gretsiya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Belarus davlatlaridagi ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolanib, soha rivojida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Paxtaning rayonlashgan "Sulton", "Namangan-77", "Andijon-35", "Andijon-36" navlarining urug‘lari Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikalariga eksport qilinmoqda. Jumladan, Pokiston Islom Respublikasida 5 ta, Ozarbayjonda 4 ta, Qirg‘izistonda 2 ta g‘o‘za navlari urug‘larini sinash ishlari amalga oshirilmoqda.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

Ravshan Mamutov, O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi bo‘yicha qo‘mitasi raisi:

- Bugun agrar sohada urug‘chilik yo‘nalishining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda o‘rni alohida. Shu sababdan respublikada urug‘chilikni takomillashtirish orqali yangi navlarni yaratish masalalariga eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun maxsus urug‘chilikni rivojlantirish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etildi. Bu yo‘nalishda innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda. Qolaversa, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITIning qator tashkilotlar bilan hamkorlikdagi xizmatini alohida taʼkidlab o‘tmoqchi edim.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

Shavkat Hamroyev, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri:

– Simpoziumda belgilangan masalalar juda muhim va ularni hal etishda, shubhasiz, kompleks yondashuv zarur. Olimlarning fikricha, iqlim o‘zgarishi havo haroratining ko‘tarilishiga olib keladi va bu suv ta’minoti uchun xavf tug‘diradi. Vazirligimiz tomonidan respublika hududlarida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, kompleks melioratsiya ishlab chiqilmoqda, mutaxassislar tuproqdagi sho‘rlarni yuvishmoqda va sho‘rlanganlik darajasini kamaytirish ishlari olib borilmoqda. Biz tomchilatib sug‘orishni mamlakatimiz hududlarida keng ko‘lamda joriy etish bo‘yicha o‘rganishni davom ettirmoqdamiz.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

Akmal Shamsiyev, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Paxtachilik boshqarmasi boshlig‘i:

- Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yillik ilmiy faoliyati davomida institut olimlari tomonidan g‘o‘zaning tezpishar, yuqori hosil va tola sifatiga ega, urug‘laridagi moy miqdori yuqori, kasalliklar va zararkunandalarga bardoshli, mashina terimiga mos bo‘lgan o‘rta va ingichka tolali navlarini yaratish bo‘yicha keng qamrovli izlanishlar olib borilmoqda. Institut nafaqat O‘zbekistonda, balki Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa ko‘plab xorijiy davlatlarda ham paxtachilik sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Акмал Шамсиев, начальник управления хлопководства Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан:

- За 100-летнюю научную деятельность учеными НИИССАВХ проведена широкомасштабная исследовательская работа по созданию скороспелых, высокоурожайных, средне- и тонковолокнистых сортов хлопчатника с качественными волокнами, с высоким содержанием масла в семенах, устойчивых к болезням и вредителям, пригодных для машинной уборки. Институт вносит свой вклад в развитие хлопковой отрасли не только Узбекистана, но и Туркменистана, Таджикистана, Кыргызстана, Казахстана, Азербайджана и многих других зарубежных стран.

https://t.me/uzagroministry/7111