OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI – AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA
👥 Joriy yilning 22-sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Oziq-ovqat mahsulotlari hamda sog‘lom oziqlanish xavfsizligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrantlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Seminarga xalqaro ekspert, Buyuk britaniyalik professor Richard Vudi taklif etildi.
Barcha insonlar faol va sog‘lom hayot kechirishlari yo‘lida o‘z oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishlari uchun yetarli, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatdan jismoniy va iqtisodiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlaridagina oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligiga erishildi, deb bemalol aytish mumkin bo‘ladi. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, BRM 2 (ochlikka barham berish)da ushbu g‘oya o‘z aksini topgan.
Agrar universitetda o‘tkazilgan seminar-treningda bu maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ularning O‘zbekiston sharoitiga implementatsiyasi, yurtimizda oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligi borasida erishilayotgan natijalar xususida fikr almashildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va sotishning butun siklida “xavfsiz oziq-ovqat” tamoyiliga amal qilinishi muhimligi ta'kidlandi.
Erkin mluoqot ruhida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan ko‘plab dolzarb va qiziqarli savollar berildi va xalqaro ekspertdan to‘laqonli javoblar olindi.
#seminar_trening #oziq_ovqat
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MOYLI EKINLAR – QISHLOQ XO'JALIGINING MUHIM TARMOG'I
✅ Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari boʻlib oʻtdi.
Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari qishloq xo‘jaligi sohasi rahbariyati va mutasaddilarini, butun respublikadan moyli ekinlar ekishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar vakillarini, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar hamda mutaxassislarni jamladi.
🔰 Tadbirda qatnashgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda moyli ekinlar ekish va ishlab chiqarishni kengaytirishning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bu borada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish birlamchi ustuvorlikka ega ekanligini ta'kidladi.
🌻 Seminarda kungaboqar, soya, maxsar kabi moyli ekinlarning qishloq xo‘jaligi ekini sifatida ekilishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilibgina qolmay, fermerning o‘ziga yaxshigina foyda keltirishi ham isbotlab berildi. Chunonchi, takroriy ekin sifatida ekiladigan kungaboqarning iqtisodiy samardorligi aniq-ravshan hisob-kitoblar orqali namoyish etildi: takroriy ekin sifatida ekilgan kungaboqardan gektariga 12 mln so‘m sof foyda olinadi. Bu esa, yaxshigina qo‘shimcha daromad manbasi deganidir.
Shuningdek, bugungi kunda kungaboqarning eng samarali navlari deb e'tirof etilayotgan “Pioner” va “Aley” navlarining xarakteristikalari seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Seminar qatnashchilari kungaboqar urug‘lari, uni parvarishlash agrotexnikasi, bu borada jizzaxlik mirishkorlar erishgan yutuqlar bilan atroflicha tanishdilar.
#seminar #Jizzax

ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Hozirgi kunda respublikamizda haydaladigan lalmikor ekin maydonlari qariyb 800 ming gektarni tashkil etadi. Bunday maydonlarda moyli, dukkakli va ozuqabop ekinlar yetishtirish va ulardan hosil olish aholining turmush darajasini oshirish bilan birga hududdagi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi.
Kuni kecha, Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.
Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari qishloq xo‘jaligi sohasi rahbariyati va mutasaddilarini, butun respublikadan moyli ekinlar ekishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar vakillarini, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar hamda mutaxassislarni jamladi.
🔰 Tadbirda qatnashgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda moyli ekinlar ekish va ishlab chiqarishni kengaytirishning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bu borada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish birlamchi ustuvorlikka ega ekanligini ta’kidladi.
🌻 Seminarda kungaboqar, soya, maxsar kabi moyli ekinlarning qishloq xo‘jaligi ekini sifatida ekilishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilibgina qolmay, fermerning o‘ziga yaxshigina foyda keltirishi ham isbotlab berildi.
#moyli_ekinlar #Jizzax #Seminar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐑 CHORVACHILIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
🔰 Qishloq xoʻjaligi klasterlari va mahalliy fermerlarning qishloq xoʻjaligi salohiyatini oshirish maqsadida 5-oktyabr kuni Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti qoshidagi “Malaka oshirish markazi” tomonidan “Chorva xo‘jaliklarida yozgi va qishki tadbirlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir soha ishtirokchilarining katta doirasini birlashtirdi: ular orasida chorvadorlar, veterinariya mutaxassislari, tadqiqotchilar, shuningdek, nemis mutaxassislari va mahalliy mutaxassislardan bilim olishni istagan ishtiyoqli talabalar ham bor edi.
📈 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti salohiyatini oshirish markazi va Germaniya mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik Samarqand chorvachilik tarmog‘ida yanada barqaror va farovon kelajakka yo‘l ochdi.
Mazkur seminarda olingan saboqlarni amaliyotga tatbiq etish samarqandlik fermer xo‘jaliklarining farovonligiga, hududda iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz
#chorvachilik #seminar
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🔰 Qishloq xoʻjaligi klasterlari va mahalliy fermerlarning qishloq xoʻjaligi salohiyatini oshirish maqsadida 5-oktyabr kuni Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti qoshidagi “Malaka oshirish markazi” tomonidan “Chorva xo‘jaliklarida yozgi va qishki tadbirlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir soha ishtirokchilarining katta doirasini birlashtirdi: ular orasida chorvadorlar, veterinariya mutaxassislari, tadqiqotchilar, shuningdek, nemis mutaxassislari va mahalliy mutaxassislardan bilim olishni istagan ishtiyoqli talabalar ham bor edi.
Mazkur seminarda olingan saboqlarni amaliyotga tatbiq etish samarqandlik fermer xo‘jaliklarining farovonligiga, hududda iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz
#chorvachilik #seminar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KIGIZNING SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI OSHMOQDA
🔰 Joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari mazkur hududda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarda muqobil energiya resurslari va anʼanaviy issiqni saqlovchi materiallardan foydalanish” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat qishloq xo‘jaligi mutasaddilari, tadbirkor va xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi.
✅ Seminarni vazir A.Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, bugun yurtimizda, ayniqsa, qish va bahor oylarida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, bozorlar va savdo do‘konlarida bu mahsulotlarning maqbul narxlarda barqaror sotilishiga erishishda issiqxona xo‘jaliklarining faoliyati muhim ahamiyatga ega ekanini, ayniqsa, issiqxonalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini minimal darajada ushlab turish uchun muqobil energiya resurslari hamda bir maromda issiqlikni saqlovchi mahsulotlar foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.
Seminar davomida ham mutaxassislar tomonidan kigiz global muammoga aylangan mintaqaviy iqlim o‘zgarishlari sharoitida issiqxonalarning salbiy taʼsirini kamaytirishda va undan himoyalanishda munosib yechim bo‘la olishi borasida maʼlumot berildi.
Aytish kerakki, bugun "Varzak" MFYdagi 120 ta xonadon anʼanaviy usulda kigiz bosish bilan shug‘ullanadi, bu yerda tayyorlanadigan kigizning boshqa hududlarda tayyorlanadigan kigizdan farqi shundaki, uning yopishqoqlik darajasi, o‘z navbatida issiqlikni ushlab turish xususiyati va boshqa ko‘plab jihatlarda o‘ziga xos bo‘lib, o‘tda yonmaydi degan talabga to‘laqonli javob beradi.
Ma’lumot o‘rnida, kigiz o‘rtacha 15 darajagacha issiqlikni ushlab turishi mumkin. Kigiz bilan o‘ralgan kichik hajmdagi issiqxonalarda gaz va ko‘mir sarfi ancha kamayadi, qishning iliq kunlarida esa bu kabi yoqilg‘ilarga ehtiyoj sezilmaydi.
#kigiz #seminar

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
🍇 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tajiyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, oilaviy tadbirkorlar hamda viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari videokonferensaloqa shaklida ishtirok etdi.
🌱 Tadbir ishtirokchilari dastlab institutning in-vitro laboratoriyasidagi ish jarayonlari va institutda yaratilgan yangi navlar va ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishishdi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 dan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinayotgani, bunda meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2016-yildan 2021-yilga qadar qariyb 2 barobarga oshganini qayd etishdi.
📌 Seminar davomida mutaxassis olimlar tomonidan kasallik va viruslardan holi bo‘lgan uzum ko‘chatlarini tanlash, shuningdek uzumni payvand qilishda sifatli payvandtak va payvandustlarni tanlash zarurligi alohida qayd etdi.
Tadbir doirasida ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yangi payvandtag ko‘chatlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.
#seminar #uzumchilik
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🍇 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tajiyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, oilaviy tadbirkorlar hamda viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari videokonferensaloqa shaklida ishtirok etdi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 dan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinayotgani, bunda meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2016-yildan 2021-yilga qadar qariyb 2 barobarga oshganini qayd etishdi.
📌 Seminar davomida mutaxassis olimlar tomonidan kasallik va viruslardan holi bo‘lgan uzum ko‘chatlarini tanlash, shuningdek uzumni payvand qilishda sifatli payvandtak va payvandustlarni tanlash zarurligi alohida qayd etdi.
Tadbir doirasida ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yangi payvandtag ko‘chatlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.
#seminar #uzumchilik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lik garovi
🇧🇪 Qishloq xo‘jaligi vazirligida Belgiyaning Nutrition Research markazi eksperti Brodget Fenn “O‘zbekistonda sog‘lom ovqatlanish” mavzusida seminar o‘tkazdi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda bir qancha mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish, shuningdek dunyo bo‘yicha ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishga erishish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tushunchalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
✅ Seminar davomida belgiyalik ekspert Brodget Fenn ishtirokchilar bilan interaktiv usulda savol-javob qildi hamda O‘zbekistonda aholining ovqatlanish meyorlarini o‘rganganligini hamda bu borada bir qancha tavsiyalari borligini ma’lum qildi.
Ekspert inson sog‘lom ovqatlanishi uchun Jahonda olib borilgan ilmiy-kuzatuv tadqiqotlaridan na’munalar keltirib o‘tdi.
#seminar #soglom_ovqatlanish
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish, shuningdek dunyo bo‘yicha ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishga erishish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tushunchalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
✅ Seminar davomida belgiyalik ekspert Brodget Fenn ishtirokchilar bilan interaktiv usulda savol-javob qildi hamda O‘zbekistonda aholining ovqatlanish meyorlarini o‘rganganligini hamda bu borada bir qancha tavsiyalari borligini ma’lum qildi.
Ekspert inson sog‘lom ovqatlanishi uchun Jahonda olib borilgan ilmiy-kuzatuv tadqiqotlaridan na’munalar keltirib o‘tdi.
#seminar #soglom_ovqatlanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO STANDARTNI AMALIYOTGA JORIY ETISH IMKONIYATLARI MUHOKAMA ETILDI
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti “GIZ” va Global G.A.P. hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Global G.A.P. standartlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash va bu bo‘yicha mahalliy mutaxassislarning malakalarini oshirishga qaratilgan loyiha natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda GIZning “Barqaror iqtisodiy rivojlanish” dasturi rahbari Beate Schoreit, hamda Global G.A.P. mutaxassislari Ian Lucey hamda Edite Strazdinalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida “Sertifikat olgan mutaxassislar bilan kelajakda qanday hamkorlik o‘rnatish va ularni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Mazkur tadbir o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikada Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) xalqaro standarti talablari asosida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti “GIZ” bilan hamkorlikda Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) bo‘yicha 3 ta bosqichda seminar treninglar tashkil etgan. Seminar-treninglarning birinchi bosqichida maslahatchilarning bilim va malakalari oshirilgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda inspektorlar va auditorlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
#seminar #trening

O‘zbekistondagi CACILM-2 loyihasi jamoasi mintaqaning boshqa mamlakatlari vakillari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilikka qarshi kompleks kurashishni rejalashtirish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Global Ekologik Jamg‘arma (GEF)ning moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan CACILM-2 – “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi.
#Fao #seminar #qurgoqchilikga_qarshi_kompleks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda
Har yili 5-dekabrda tuproq salomatligi va tuproq resurslarini barqaror boshqarishning muhimligiga e’tiborni jalb qilish maqsadida Butunjahon tuproq kuni nishonlanadi.
Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Frankfurt mehmonxonasida Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan.
Respublika ilmiy-amaliy seminarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
U o‘z so‘zida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, tuproqlar muhofazasi, yerlar degradatsiyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish kabi masalalar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilarini ushbu sana bilan samimiy qutladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, milliy va xorijiy tuproqshunos mutaxassislar tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish, eroziya hamda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, neytral muvozanatni saqlash, yer degradatsiyasi, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilmoqdalar.
#tuproq_kuni #seminar
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram