QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Oʻzbekiston–Belarus: hamkorlikning yangi bosqichlari

🔗Kuni kecha Qishloq xoʻjaligi vazirligi majlislar zalida Belarus-Oʻzbekiston ishchi guruhining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Qahramon Yuldashev va Belarus Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri oʻrinbosari Smilgin Ivan oʻzaro yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, goʻsht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va veterinariya, qishloq xoʻjaligi fanlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichlari yuzasidan fikr almashdi.

📌Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston bilan Belarus Respublikasi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi savdosi, fan va agrar taʼlim sohasida yaqin hamkorlik oʻrnatilgan, shuningdek, chorvachilik, veterinariya va oʻsimliklar seleksiyasi sohasida faol oʻzaro aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

🖥Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda Q.Yuldashev Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi sohasida ham juda katta koʻlamdagi islohotlar amalga oshirilayotgani, bu esa mamlakatlarimiz uchun birdek manfaatli ekanini eʼtirof etdi.

🟢Qolaversa, Belorussiyaning “Yagodka” fermer xoʻjaligida “in-vitro” usulida yetishtirilgan golubika koʻchatlarining elita navlaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida golubika yetishtirish boʻyicha eksperimental koʻrgazmali maydon yaratish loyihasi kelishib olindi.

🏫Muzokaralar yakunida tomonlar oʻzaro yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib oldi.

#agrar #belarus #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко тор доирада ҳамда икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида музокара ўтказдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко провели переговоры в узком составе и с участием членов официальных делегаций двух стран.

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко Қўшма баёнот қабул қилдилар. Давлат раҳбарлари ҳузурида қатор икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди.

По итогам прошедших переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко приняли Совместное заявление. В присутствии глав государств состоялась церемония подписания ряда двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X