QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi: aerozol sug‘orish

💦 Aerozol (tuman hosil qilib, mayda dispers) sug‘orish usulida qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun qulay mikroiqlim sharoiti yaratiladi. Bunda havoning yer usti qatlamining nisbiy namligi oshiriladi, o‘simlik yer usti organlarining harorati 6-12°С pasaytiriladi.

🌫 Bu usulda sug‘orish me'yori gektariga 0,8–1,0 metr kub bo‘lib, kunning issiq paytida har ikki soatda amalga oshiriladi. Suv maxsus moslama (mikrosprinkler)lar yordamida diametri 0,5–1 mm va 300-600 mkm bo‘lgan mayda tomchilardan iborat nam bulutga aylantirib beradi.

💦 Bu usulda havosi quruq va issiq shamollar (garmsel) bo‘lib turadigan hududlarda bog‘, sabzavot, yem-xashak texnik ekinlarni sug‘orishda foydalaniladi.

Aerozol sug‘orish usulining afzalliklari:
– o‘simliklar fotosintezini yaxshilaydi;
– ekinlar hosildorligini oshiradi;
– yetishtirilayotgan mahsulot sifati yaxshilanadi;
– suv sarfi 45-50% ga kamayadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко Қўшма баёнот қабул қилдилар. Давлат раҳбарлари ҳузурида қатор икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди.

По итогам прошедших переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко приняли Совместное заявление. В присутствии глав государств состоялась церемония подписания ряда двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Diqqat viktorina!

Rasmdagi mevaning asl nomi nima?
Pitaya ekzotik mevasi

🤩 Ushbu meva Pitaya yoki ajdaho mevasi sifatida ham keng tanilgan bo’lib, kaktusda o‘sadigan ekzotik meva. Balandligi 2-10 metrgacha yetadi.

🌟 Po‘stlog‘i qizil, sariq yoki zangori ranglarda, eti oq yoki qizil bo'lib, mayda qora urug‘chalardan iborat. Ta'mi nafaqat shirin va tetiklantiruvchi, balki yengil iforga ham ega.

🌎 Pitaya asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy va Janubiy Amerika hamda Avstraliyaning ba'zi tropik va subtropik mintaqalarida yil davomida yetishtiriladi.

💊 Shuni ta'kidlash kerakki, pitaya immunitet tizimini va tananing umumiy salomatligini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan ko‘p miqdordagi vitamin, mineral va antioksidantlarga boy.

🏪 Pitayaning noyob va mazali mevasini yurtimiz bozorlari va turli do‘konlardan ham xarid qilishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shuhrat Otajonov – WSB universiteti faxriy professori

🇺🇿🤝🇵🇱 Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (AKIS)da Polsha davlatining WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✍️ Polshalik mehmon Milliy markaz rahbariyatiga uchrashuv tashkil etilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, jumladan, ilm-fan sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani, Toshkent davlat agrar universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari ijobiy natijalar berayotganini e’tirof etdi.

📖 Shundan so‘ng, WSB universiteti prorektori Rafal Rebilas o‘ziga topshirilgan yuksak vakolatdan foydalangan holda Qishloq xo‘jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovga mazkur universitetning faxriy professori unvonini topshirdi.

🔝 Ushbu universitet Yevropadagi eng nufuzli universitetlardan bo‘lib, Polshadagi mavjud 460 ta universitet ichida 20-o‘rinni, universitetni xalqarolashtirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda ushbu universitetda 3000 nafardan ziyod xorijiy talabalar tahsil oladi. Ular orasida 200 nafari o‘zbekistonlik talabalardir.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi Sh.Otajonovni ushbu yuksak daraja bilan qutlab, ilm-fan rivoji hamda yurtimiz nufuzi va taraqqiyoti yuksalishiga qo‘shayotgan hissalarida ulkan zafarlar tilaydi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Smart qurilmalarda montaj qilish, axborot tayyorlash va raqamli kontent yaratish texnologiyalari

🟢 Bugun, Toshkent davlat agrar universitetida “Smart qurilmalarda montaj qilish, axborot tayyorlash va raqamli kontent yaratish texnologiyalari” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda vazirlik tizim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari ishtirok etdi.

✍️ Seminarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kotibiyat rahbari Shamshod Ergashev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo’lim boshlig’i Nurali Oripov hamda mas’ul xodim Murod Fayziyevlar so‘zga chiqib, bugungi kunda matbuot xizmatlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlashda muhim o‘rni xususida so‘z yuritdi.


🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM