QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20K photos
2.55K videos
6 files
8.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #Bauer #Ozbekiston #Avstriya
BUXORONING QOROVULBOZOR TUMANIDA YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH USKUNALARI O‘RNATILDI

💧Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Avstriyaning Bauer kompaniyasi hamkorligida olib borilayotgan zamonaviy keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik xodimlari bilan birga Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etdi. Tumanda o‘rnatilgan qurilma 58 gektar yer maydonini sug‘orishga mo‘ljallangan bo‘lib, masofadan boshqarish imkoniyati ham mavjud.

👉Batafsil

*****

#Сотрудничество #Bauer #Узбекистан #Австрия
В КОРОВУЛБАЗАРСКОМ РАЙОНЕ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ УСТАНОВЛЕНО ОБОРУДОВАНИЕ ДЛЯ ДОЖДЕВАНИЯ

💧
В Коровулбазарском районе Бухарской области состоялась презентация современного оборудования для комплексного дождевального орошения, которую представили Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан и компания «Bauer» (Австрия).

В мероприятии вместе с сотрудниками министерства принял участие хаким Бухарской области Ботир Зарипов. Установленное в районе оборудование рассчитано на орошение 58 га земли и имеет дистанционное управление.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZAMONAVIY USKUNALAR — FERMERLARGA KO‘MAKCHI

💧Zamin o‘zining cheksiz imkoniyatlari bilan insoniyatni doim hayratlantirib, ruhlantirib kelgan. Ayniqsa, ekin ekishga yaroqsiz, tashlandiq yerni o‘zlashtirib, obod ekinzorga aylantirish insonning yerga bo‘lgan mehr-muhabbatidan, qo‘li gulligidan darak beradi.

Suvni tejash va yerdan unumli foydalanish maqsadida bu yerda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy etildi. Buning uchun Avstriyadan keltirilgan Bauer” yomg‘irlatib sug‘orish uskunasi o‘rnatildi. Hozirga kunda ushbu uskuna yordamida kartoshkani sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan.

Bu tarzda sug‘orishning afzalligi shundaki, u suv va mineral o‘g‘itlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekinning ildiziga yetib borishini taʼminlaydi. Shuningdek, suvni tejash orqali yerdan unumli foydalanishga erishiladi va ishchi kuchining ortiqcha sarflanishi tejaladi. Har biri 60 gektardan 120 gektar maydonni sug‘orish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilma suvni 50% ga tejaydi va yerning meliorativ holatini yaxshilaydi. Bu kabi innovatsion usulda ertagi kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali mahsulotning hosildorlik unumdorligini ikki barobarga oshirish mumkin. O‘tgan yili 25 tonna hosil olingan bo‘lsa, ushbu uskuna yordamida joriy yilda hosildorlikni 45-50 tonnaga yetkazish kutilmoqda.

#qishloq_xojaligi #yomgirlatib_sugorish #Bauer

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM