QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
HAMKORLIKNING ISTIQBOLLI IMKONIYATLARI MUHOKAMA ETILDI

🇺🇿🤝🇦🇫 Xabar berganimizdek, Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi delegatsiyasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Kuni kecha delegatsiya vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarinig fitosanitariya xavfsizligini ta’minlashda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda delegatsiya vakillariga Agentlikning tashkil topish tarixi va uning faoliyati davomida orttirgan zamonaviy tajribasi hamda tizimda yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

🔰 Shuningdek, uchrashuv davomida Afg‘oniston qishloq xo‘jaligida o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasini tatbiq etish va sohani malakali kadrlar  bilan ta’minlashda hamkorlik qilish takliflari o‘rtaga tashlandi.

🔗 Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari agentlikning markaziy fitosanitariya laborotoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
 
🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sifatli mahsulot yetishtirish, hosildorlikni oshirish, dunyo bozorini ekologik toza oziq-ovqat bilan ta'minlashda tuproq sifati va uning unumdorligini oshirish asosiy vazifalar qatorida turadi. Bunga erishmasdan turib, bugungi kundagi dolzarb oziq-ovqat xavfsizligini to'laqonli ta'minlash qiyin.

Qishloq xo'jaligi yerlarining holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish yurtimizda muhim masalalardan biri. Qolaversa, unumdor tuproq — serhosil va sifatli mahsulot degani. Dehqon qancha ko'p hosil olsa, daromadi shuncha oshib boraveradi.

Tuproq degradatsiyasi tuproqlar tarkibidagi foydali mikroorganizmlar populyatsiyalarining kamayib ketishida ham ko'rinadi. Ushbu muammoni yechimi bugungi infografikada keltirilgan.

#infografika #hosildiorlikni #ekologik_toza

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

🔹Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Respublikaning barcha hududlarida ona tabiatni yashillik va tabiiylik bilan boyitish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasi o‘tkazib kelinmoqda.

💼 "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda uning hududiy bo‘linmalari tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatining Respublikamizda uzum yetishtirish bo‘yicha yetakchi Oltiariq tumanidan Qashqadaryo viloyatiga 1 000 tup uzum qalamchalari yetkazib berilgan edi.

😊Institutning Navoiy viloyati bo‘linmasi xodimlari tomonidan esa "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida 1 000 dona uzum qalamchalari hamda 2 000 ta terak ko'chatlari ekildi.

🌿 Shuni alohida ta'kidlash kerakki, "Yashil makon" umumilliy loyihasida institutning barcha hududiy bo'linmalari xodimlari faol ishtirok etib kelishmoqda.

#yashil_makon #umummilliy_loyiha

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍😊😗😀😊😇🙂🤓

🇺🇸AQShda fermerlarga yordam berish uchun (AI) asosidagi FARM-GPT ishga tushirildi.

🖥AQShning GrubMarket kompaniyasi fermerlarning maksimal foyda olish va ekinlarni optimal usulda yetishtirish uchun generativ sun'iy intellekt (AI) ga asoslangan FARM-GPTmahsulotini ishga tushirganini e'lon qildi.

🤖Farm-GPT ilg'or sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanadi va mahalliy manbalardagi so‘nggi narx ma’lumotlariga tayangan holda fermerlarga bozor talabi va potensial daromadni oshirishda ko‘makchi vazifasini o‘taydi.

📝Farm-GPT quyidagi asosiy xususiyatlarni o'z ichiga oladi:

🟢Ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish;
🟢Mintaqaning mavsumiyligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiyalar;
🟢Qulay interfeys;
🟢Real vaqt rejimidagi bozor tahlili.

#agro_fakt #GPT

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQ TARKIBI–HOSILDORLIKNI OSHIRISHDA ASOSIY OMIL

🇺🇿🤝🇦🇫 Ayni kunlarda Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi delegatsiyasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Bugun Afg'oniston delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi" DUKga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya vakillari korxonada tashkil etilgan ko'chma mobil laboratoriya faoliyati bilan tanishdi. Ushbu mobil laboratoriya turli hududlarga borib, o‘sha joyning o‘zida tuproq tahlillarini olib borishga mo‘ljallangan.

Shuningdek, korxona direktori Odil Jabborov Afg'oniston vakillariga korxonada tashkil etilgan laboratoriyalar faoliyati hamda korxonaning xalqaro hamkorligi borasida ma'lumotlar berdi. Uchrashuv davomida har ikki davlat qishloq xo‘jaligi vakillari tuproq tahlillari borasida erishilayotgan yutuqlar hamda qilinishi zarur bo'lgan ishlar yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashdilar. Suhbat chog‘ida tuproq tarkibi ekinlar hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi va bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

🔗 Uchrashuv so‘ngida tomonlar kelajakda o'zaro hamkorlik qilish har ikki davlat uchun ham manfaatli bo‘lishini ta'kidlashdi.

🟢 Tashrif davomida delegatsiya vakillari Toshkent shahri hududidagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan ham tanishdilar.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TDAU: BARCHA IMKONIYATLAR BARKAMOL YOSHLAR UCHUN

🟢Toshkent davlat agrar universitetida barcha sharoitlar yoshlarning kelajakdagi hayotida mukammal va yetuk inson bo‘lishlari uchun yaratilgan.

Universitetda talaba yoshlar uchun 13 ta sport klubi, 5 ta badiiy jamoalar tashkil etilgan. Shuningdek, yoshlarning vaqtini qiziqarli va mazmunli o‘tkazish uchun kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, 5 ta ma'naviyat xonasi, Axborot resurs markazi, "Insight" sport klublari, "Universiada" da faoliyat yuritayotgan "Munozara" klubi mavjud.

🌍 Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Hamkorlik shartnomalariga asosan universitetning 150 dan ortiq talabasi Germaniyaning Bavariya fermerlar uyushmasiga, 300 nafardan ortiq talaba Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural davlat agrar universitetiga ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun borib kelishdi. 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar tuzilgan hamkorlik shartnomlariga asosan dunyoning turli davlatlarida xalqaro loyihalar doirasida o‘quv kurslari va seminarlarda ishtirok etib kelishdi.

🔸 Shuningdek talabalar turar joylarida ham talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

#tdau #barkamol_yoshlar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzgartirish uchun oʻzgarish kerak

Bugun har sohada taraqqiyot, har jabhada oʻzgarishlar shiddat bilan kechayotgan davrda yashayapmiz. Bunday paytda har bir idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ezgu maqsadlar yoʻnaltirilishi bilan birga, birinchidan xalqchil boʻlishi, ikkinchidan esa xalqimizni ham ergashtira olishi maqsadga muvofiqdir. 

Bu jihatdan olib qaraganda ayni paytda dunyo miqyosida global masalaga aylangan oziq-ovqat xavfsizligi va bunga erishishi borasida tinimsiz izlanishlar olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham birinchidan xalqqa tushunarli boʻlishi, ikkinchidan esa xalqona yechimlarga ega boʻlishi lozim.

Vazirlik huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi (AKIS)ga Toshkent viloyatida joy ajratib berilgan. Biroq bugun bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar umuman talab darajasida emas.

Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov markazda tizim tashkilotlari va vazirlik tasarrufidagi 12 ta ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari bilan oʻtkazgan ochiq muloqotda bunga alohida eʼtibor qaratdi.

#Akis #agro #tanqid #tahlil

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM