QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI MAMLAKATLARIDA URUG‘CHILIKNI UYG‘UNLASHTIRISH

🗺 Ayni damda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Sh.Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya, Turkiyaning Antaliya shahrida bo’lib o’tayotgan “Tashqi savdo strategiyasini aniqlash” hamda “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlarida urug‘chilikni uyg‘unlashtirish” bo‘yicha loyihalarni baholash va muhokama qilishga qaratilgan xalqaro forumda ishtirok etmoqda.

🟢🟢🟢

ГАРМОНИЗАЦИЯ СЕМЕНОВОДСТВА В СТРАНАХ ОРГАНИЗАЦИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА

🗺В настоящее время делегация Центра по развитию семеноводства при Министерсве сельского хозяйства во главе с директором Ш.Мамаджоновым принимает участие в международном форуме по оценке и обсуждению проектов по "Определению стратегии внешней торговли" и "Гармонизации семеноводства в странах Организации экономического сотрудничества (ОЭС)", который проходит в турецком городе Анталия.

#iqtisodiy_hamkorlik #IHT #tashqi_savdo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eksport hajmini oshirish borasida bir qator muzokaralar olib borilmoqda

📈 Bugun agrar sohaga ilg‘or xorij tajribasini joriy etish, yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning eksport hajmini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🟢Jumladan ayni paytda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Fargʻona viloyati boshqarmasining bir guruh xodimlari hamda fermer xoʻjaliklari va eksportyor korxonalar rahbarlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida boʻlib turibdi.

U yerda qishloq xoʻjaligi sohasidagi yangiliklar va chorvachilik yoʻnalishida naslli qora mollarni Oʻzbekistonga olib kelish hamda yurtimizda yetishtirilayotgan meva va sabzavotlarni Rossiyaga eksport qilish boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.

#eksport #muzokaralar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar qizg‘in davom etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yil noyabr oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlab berilgan edi. Ushbu hayrli tashabbus har yili amalga oshirilishi an’anaga aylanib, joriy yilda ham 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “Kuzgi daraxt ekish mavsumi”ning e’lon qilinishi “Yashil” yo‘nalish O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.

Umummilliy loyiha doirasida Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" MCHJ rahbari O'.Mahmudov tashabbusi bilan markaz jamoasi ezgu maqsad yo‘lida, tabiatni asrab qolishga oz bo‘lsada o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida tashkilot hududida kichik bog' yaratishni maqsad qilib ko'chat o'tqazishdi. Bu esa ona zaminimizni yashillikka burkanishiga oz bo'lsada o'z hissasini qo'shadi, albatta.

2023-yil 11-oktyabr kuni Prezidentimiz turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida aholining daraxt ekishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va rag‘batlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan holda chiqindi poligonlari atrofida va yirik sanoat korxonalari hududida “yashil belbog‘” yaratish, dala chetlarida, barcha korxona, tashkilot va muassasalar hududida ko‘chatlar ekish zarurligini ta’kidlagan edi.

Shu bois, ezgu maqsad yo'lida, O'zbekistonni yashil makonga aylantirish borasida Qishloq xo'jaligi tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM