QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Qashqadaryo MTRK" tomonidan tayyorlangan tuproqlar unumdorligining pasayishiga olib kelayotgan sabablar to'g'risidagi lavhada hozirgi kundagi iqlim o'zgarishi oqibatida vujudga kelayotgan muammolar to'g'risida so'z yuritiladi.

Shuningdek, lavhada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Qashqadaryo mintaqaviy bo‘linmasi tomonidan mamlakatimiz tuproqlarida sodir bo‘layotgan degradatsiya jarayonlari va unga qarshi kurashish, tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish, uni muhofazalash hamda yerlardan oqilona foydalanish xususida so‘z yuritiladi hamda Institut olimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan g‘o‘zani takroriy ekin sifatida ham yetishtirish mumkinligi borasida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot natijalari haqida lavha efirga uzatildi.

Unda institutning tajriba maydonida joriy 4-iyun kuni dalaga takroriy ekin sifatida chigit qadalganligi va oktyabr oyining ikkinchi 10 kunligidan boshlab paxta qiyg‘os ochilgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shuningdek yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati ko‘rib chiqildi.

Bu yil 41 ta klasterda hosildorlik 40 sentnerdan oshgan bo‘lsa, 9 tasida 30 sentnerdan kamligi ko‘rsatib o‘tildi. Hosildorlik pastligi va tannarx yuqoriligi hisobiga Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida rentabellik 10-11 foizdan oshmayapti. Shu bois, kelgusi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinishi aytib o‘tildi va bu bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vaziri va viloyat hokimlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda ayrim klaster va fermerlar o‘rtasida hisob-kitob intizomi buzilgani qayd etilib, klasterlarni tashkil etish, ular bilan fermerlar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilayotgani ta’kidlandi. Lekin, hech bir tuman hokimi bu borada aytarli ish qilmayotgani tanqid qilindi.

Kelgusi yildan boshlab bog‘ va tokzorlarga hosildorligi va tushumiga qarab tabaqalashgan yer solig‘i stavkalari joriy qilinadi.

Davlat korxonalari balansidagi nosohaviy bog‘ va tokzorlarni tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan mablag‘lar to‘liq hajmda ishlatilmayotgani ko‘rsatib o‘tilib, bo‘sh mablag‘larni oziq-ovqat loyihalari, laboratoriya va texnikalarga yo‘naltirish zarurligi, ushbu resurslar banklar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham jozibador shartlarda ajratilishi kerakligi ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi loyihalariga beriladigan kreditlar muddati 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha uzaytiriladigan, kredit uchun taqdim qilingan loyihalarni ko‘rib chiqish muddati 2 oygacha qisqartiriladigan bo‘ldi.
Kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari davlatimiz rahbari byudjetga tushumlarni ta'minlash va kuz-qish mavsumida gaz ta'minotini yaxshilash masalalariga ham to‘xtaldi.

Kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarga tabiiy gazni sifatli va uzluksiz yetkazib berish, sohadagi hisob-kitobni tartibga solish, gazdan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlarning hisoboti eshitildi.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Repost

Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻtgan videoselektor yigʻilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi
#infografikada.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Prezident Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi Sebzor mahallasida bo‘ldi.

Bu yerda 7 ming 600 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. To‘rtta korxona, yigirmadan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida shu yerlik yoshlar doimiy ish bilan band. Mahalla ahli asosan bog‘dorchilik, chorvachilik va sabzavotchilik bilan shug‘ullanadi. O‘ttizdan ortiq dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.

Davlatimiz rahbari “Barakatullo Davr Baraka” fermer xo‘jaligi bog‘ida bo‘lib, poliz ekinlari rivoji ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 6 gektar olma, 1,3 gektarda xurmodan mo‘l hosil olinmoqda. Daraxtlar qatori oralariga ertaki ekinlar, jumladan, oq boshli karam, piyoz, sarimsoqpiyoz yetishtirilgan.

Ma’lumki, Surxondaryoning iqlimi erta hosil olish imkonini beradi. Lekin qishloq xo‘jaligida ilmiy yondashuv yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shuning uchun viloyatda in-vitro laboratoriyalari tashkil etib, urug‘chilikni yaxshilash, umuman, Surxondaryo qishloq xo‘jaligini eksportga ixtisoslashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bog‘, tog‘ yonbag‘ri va dala chetlarini xatlovdan o‘tkazib, ekinlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganish, olimlarni jalb etib, mahsulotlar hosildorligi va sifatini oshirish, qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston 24” telekanalida To‘qsonbosti ekinlar – mo‘l hosil garovi sarlavhasi ostida "Maxsus reportaj" efirga uzatildi.

Unda Farg‘ona viloyati bo‘yicha 54 ming gektarga bog‘ qator oralariga kuz mavsumida piyoz, sarimsoqpiyoz va rezavorlar ekilishi rejalashtirilgani, jumladan, Bag‘dod tumanidagi 56 ta MFY hududlarida joylashgan bog‘ qator oralig‘larining 2 ming 300 gektar maydonlariga to‘qsonbosti usulida ekinlar ekilib, parvarishlanayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishidagi masalalar bayoni haqida batafsil so‘z yuritilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun 30-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga jo‘nab ketdi.

Tashrif doirasida davlatimiz rahbari global iqlim sammitining yalpi sessiyasida nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalida Tomorqachilik: kuz – qish mavsumi agrotexnik tadirlari mavzusida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Andijon viloyati Izboskan tumanidagi ”Isroilov Rahimjon Orzusi” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan seminarda mutahassislar tomonidan to‘qsonbosti ekinlarini ekishda serhosil, yangi navlarini ekish jarayoni bilan tanishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, bog‘ qator oralariga kuzgi to‘qsonbosti ekinlarni ekishni tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berilgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi ishtirokchilari bilan birgalikda suratga tushdi hamda yetakchilar bilan global sammit ochilishiga yo‘l oldi.

#repost #Prezident #iqlim_ozgarishi

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O’zbekiston 24” telekanalida “Qishloq xo’jaligi: mahsulotlar yetishtirish hajmi ortmoqda” nomli maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar xususida mulohaza yuritilgan.

#repost

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 14-dekabr kuni avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimot chog‘ida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida bu yil 3 ming 500 donadan ortiq texnika ishlab chiqarilgani, 2030 yilgacha bu miqdorni yiliga 16 ming donaga yetkazish mo‘ljallangani aytib o‘tildi.

Bu yil Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri tashkil etildi. U yiliga 15 ming dona traktor, tirkama va boshqa texnikalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Lekin, ularni sotish tizimi zamon talablariga mos kelmayapti.

Shu bois mahalliy texnika xaridini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, klaster va fermerlarni jalb etib, bu borada buyurtmalar shakllantirish zarurligi ta'kidlandi va qo‘shimcha choralar belgilandi. Milliy traktorni mahalliylashtirish darajasini 35 foizga, osma texnika va tirkamalarni o‘rtacha 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

#repost

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM