QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.7K photos
2.57K videos
7 files
8.71K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Meva va sabzavotlarni qayta ishlash va eksport qilish yo‘lga qo‘yilmoqda

🌳O‘zbekiston meva-sabzavotlarni yetishtirish va qayta ishlashda ulkan imkoniyatlarga ega. Aholi farovonligini doimo oshirib borishda xalqimiz turmush tarziga eng yaqin va tez natija beradigan yo‘nalish qishloq xo‘jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni tashkil etish har qachongidan ham muhim o‘rin tutadi.

📍Samarqand tumanida joylashgan “Samfruit” MChJ XK ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va meva va sabzavotlarni qayta ishlashni o‘z oldiga maqsad qilgan ana shunday korxonalardan biri.

Aytish joizki, 5,7 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

🍒“Mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mazkur korxonaning yillik qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan, 30-35 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlash va to‘liq eksport qilish ko‘zda tutilgan.

🏠Korxona yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali esa, 100 ta ish o‘rni yaratiladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamon bilan hamnafas: talabalarning qiziqishi, intilish va ehtiyojlari o‘rganilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati va turar joy binolarida talaba yoshlar uchun yaratilgan sharoit bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetga tashrif buyurdi.

Aytish kerak, bugun, Toshkent davlat agrar universiteti bakalavriat yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shaklida 7180 nafar talaba-yoshlar tahsil olmoqda.

📌Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov universitet hududidagi 13-son talabalar turar joyi bilan yaqindan tanishar ekan, u yerda talabalarga yaratilgan sharoit, muammo va takliflar bilan qiziqdi. Vazir o‘z navbatida talabalar tomonidan amalga oshiriladigan har bir loyihani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Talabalar faqat auditoriyalarda saboq olish bilan chegaralanmasdan, o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borishlarini ta’kidladi.

Maqsad yagona: talaba ilm olish bilan birgalikda o‘zidagi iste’dod va qobiliyatni shakllantirsin. Zamonaviy fikrlaydigan hamda yangilik yarata oladigan shaxs bo‘lsin. Tillarni bilishi, to‘garaklardagi ishtiroklari uning kelgusi faoliyati hamda oila muhitida aks etishi joiz. Shunda agrotarmoqning zamonaviy menejerlari zamonaviy qishloq xo‘jaligini aqlli yo‘nalishlarini vujudga kelishiga zamin yarata oladilar.

#vazir #agrar #turar_joy #talaba

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil yanvar-sentabr oylarida necha tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan?
Anonymous Poll
30%
1,2 mln tonna
20%
1,3 mln tonna
26%
1,4 mln tonna
24%
1,5 mln tonna
ANDIJON VILOYATIDA ZAMONAVIY AGROSANOAT KLASTERI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov boshchiligidagi vazirlik vakillari yurtimizga tashrif buyurgan BAAning "Ye20 Investment Limited" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda “Andijon viloyatida zamonaviy agrosanoat klasterini yaratish” loyihasi muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Andijon viloyatida “Abu-Dabi-Uzbek Investment” investitsiya kompaniyasi hamda “E20 Investment Limited” kompaniyasi bilan birgalikda umumiy qiymati 28,5 mln dollarga teng bo‘lgan zamonaviy agrosanoat klasterini yaratish ko‘zda tutilgan.

Bu boradagi ishlarni tashkil etish maqsadida 2022-yil 25-martda “2 U” MCHJ kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda loyiha doirasida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida gilos va rezavor meva yekinlarining yuqori sifatli va eksportbop navlarini yetishtirish, saqlash, shuningdek, chuqur qayta ishlash jarayonlarini to‘liq qamrab oluvchi tizim joriy yetilgan.

Uchrashuv davomida Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov mazkur loyiha asosida yangi ish o‘rinlarining yaratilayotganligi, sifatli va jahon bozorida o‘z o‘rniga ega meva-sabzavot mahsulotlarning yetishtirilayotganligi juda quvonarli holat ekanligini alohida ta'kidladi. Shuningdek Azimjon Nazarov Mazkur loyihani yanada kengaytirish va rivojlantirish hamda to‘laqonli faoliyat olib borishida vazirlik yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

#andijon #agrosanoat #uchrashuv

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasi o'rganildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent Davlat Agrar universiteti va Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari hamkorligida oliygoh talabalari uchun “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv-seminarning ikkinchi haftaligi bo'lib o'tdi.

Mazkur o‘quv-seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Ushbu loyiha asosida universitetning 50 nafar saralab olingan talabalari koreyalik mutaxassislar tomonidan 3,5 yil davomida “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim, ko‘nikmalarini dastlabki bosqichdan boshlab o‘qitadilar.

📃 O'quv-seminarning yakunida seminar ishtirokchi talabalariga sertifikatlar topshirildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM