QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QUVADA HAM EKSPORTBOP ATIRGUL KO‘CHATLARI YETISHTIRILADI

2021-yilda Farg‘ona viloyati So‘x tumanida yashovchi fuqaro To‘lqin Asroriddinov hamda quvalik Alijon Tojiboyev hamkorlikda gul ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha fermer xo‘jaligi tashkil etgan.

🤝Hamkorlik va hamfikrlilikdagi fermer xo‘jaligiga "Asad vodiy gullari" deb nom berildi.

🌹Fermer xo‘jaligiga dunyoning rivojlangan davlatlaridan gullarning 300 dan ortiq turdagi navi olib kelinib, payvand qilinib, asta-sekin ekishga tayyorlanmoqda.

📍Bu yerda yetishtirilgan atirgul ko‘chatlari asosan Rossiyaga eksport qilinadi.

#Quva #atirgul #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалиги тармоқларида ҳосилдорлик, даромад, иш ўрни ва инвестицияларни кўпайтириш масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.

Йиғилиш аввалида дунёдаги зиддиятлар, савдодаги чекловлар ҳамда асосий ҳамкор давлатлардаги девальвация йил бошида белгилаб олинган режаларни ўзгартириб юборгани, бу, айниқса, озиқ-овқат ва тўқимачилик экспортига салбий таъсир қилгани қайд этилди.

Вазиятни жиловлашнинг ягона йўли – қишлоқ хўжалигида ҳосилдорликни кескин ошириш ҳисобига таннархни камайтириш, чуқур қайта ишлашга ва қўшилган қиймат яратишга кўпроқ инвестиция жалб қилиш орқали экспортни кўпайтириш ҳисобланади.

Бунинг учун қишлоқ хўжалиги, бутун иқтисодий комплекс соҳани қўллаб-қувватлаш бўйича янгича ёндашувларни, ташкилий ва молиявий инструментларни жорий қилиш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Shuningdek yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati ko‘rib chiqildi.

Bu yil 41 ta klasterda hosildorlik 40 sentnerdan oshgan bo‘lsa, 9 tasida 30 sentnerdan kamligi ko‘rsatib o‘tildi. Hosildorlik pastligi va tannarx yuqoriligi hisobiga Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida rentabellik 10-11 foizdan oshmayapti. Shu bois, kelgusi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinishi aytib o‘tildi va bu bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vaziri va viloyat hokimlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda ayrim klaster va fermerlar o‘rtasida hisob-kitob intizomi buzilgani qayd etilib, klasterlarni tashkil etish, ular bilan fermerlar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilayotgani ta’kidlandi. Lekin, hech bir tuman hokimi bu borada aytarli ish qilmayotgani tanqid qilindi.

Kelgusi yildan boshlab bog‘ va tokzorlarga hosildorligi va tushumiga qarab tabaqalashgan yer solig‘i stavkalari joriy qilinadi.

Davlat korxonalari balansidagi nosohaviy bog‘ va tokzorlarni tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilish davomida parrandachilikda ozuqa masalasi mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bermayotgani ta'kidlandi.

Mamlakatimizda birinchi tartibli parranda naslining ota-onalik liniyasi yo‘qligi bois, yiliga 3 million bosh jo‘ja import qilinmoqda. Shu munosabat bilan birinchi tartibli ota-onalik sof liniyasini olib kelish choralarini ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, kelgusi yilda 1 million tonna baliq yetishtirish zarurligi ta'kidlandi. Mutasaddilarga Sloveniya tajribasi asosida 50 ta zamonaviy kichik hovuzlarni ishga tushirish, 35 ming gektar sun'iy havzalarga aerator o‘rnatib, hosildorlikni 3-4 barobar oshirish, xonbaliq, losos, osyotr kabi sovuq suv baliqlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklarni 35 taga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sariyog‘ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha Hukumatga topshiriq berildi.

Yirik chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyotini joriy etish, ko‘chma go‘sht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi ta'kidlandi.

Repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan mablag‘lar to‘liq hajmda ishlatilmayotgani ko‘rsatib o‘tilib, bo‘sh mablag‘larni oziq-ovqat loyihalari, laboratoriya va texnikalarga yo‘naltirish zarurligi, ushbu resurslar banklar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham jozibador shartlarda ajratilishi kerakligi ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi loyihalariga beriladigan kreditlar muddati 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha uzaytiriladigan, kredit uchun taqdim qilingan loyihalarni ko‘rib chiqish muddati 2 oygacha qisqartiriladigan bo‘ldi.
Kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari davlatimiz rahbari byudjetga tushumlarni ta'minlash va kuz-qish mavsumida gaz ta'minotini yaxshilash masalalariga ham to‘xtaldi.

Kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarga tabiiy gazni sifatli va uzluksiz yetkazib berish, sohadagi hisob-kitobni tartibga solish, gazdan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlarning hisoboti eshitildi.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish ertangi taraqqiyot demak

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakatimizning turli tarmoq va sohalariga jadallik bilan tatbiq etilayotgani rost. Qishloq xo‘jaligi ham bundan istisno emas. Ayniqsa, tarmoqni rivojlantirishda, mahsulotlarni yetishtirishdan tortib, isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda raqamlashtirishning o‘rni katta.

🌳Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masala xususida so‘z bordi.

🖥Zamonaviy jamiyat uchun raqamli iqtisodiyot nisbatan yangi jarayondir. Davlatimiz tomonidan ham bu borada qaror amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔊Tashkil etilgan yig‘ilishda yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malakalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo‘nalishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

#vazir #agrar #raqamlashtirish #yigilish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVINING RESPUBLIKA SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovining respublika saralash bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, ushbu tanlov mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini taʼminlash, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlovchi yangi avlod kadrlarini shakllantirishga qaratilgan kadrlar siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida o‘tkazilayotgani haqida taʼkidlab o‘tdi.

Mazkur tanlov nizom talablariga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi.

Bugungi o‘tkazilgan tanlovning respublika saralash bosqichida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining «Yosh karantinchilar» jamoasi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining «Agronazorat» jamoasi hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining “Milliy markaz” jamoalari 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

🏆 Ishtirokchi jamoalarga har bir shartni bajarish uchun 8 daqiqa vaqt ajratilgan bo‘lib, 10 ballik tizimda hakamlar hay’ati aʼzolari tomonidan baholab borildi. Murosasiz o‘tgan tanlovda “Milliy markaz” jamoasi 1-o‘rin, «Yosh karantinchilar» jamoasi 2- o‘rin hamda «Agronazorat» jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kitishdi.

Tanlovda ishtirok etgan jamoalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan diplom bilan taqdirlandilar.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM