SAMARQANDDA XVI VERONA YEVROOSIYO IQTISODIY FORUMIGA START BERILDI
Bugun “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Italiyaning “Yevroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumiga start berildi.
Forum sessiyalarida o‘nlab mamlakatlardan mingga yaqin ishtirokchi, xususan, O‘zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish va o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan aloqa o‘rnatishdan manfaatdor italiyalik yirik tadbirkorlar, Yevropa va Osiyoning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, mutaxassislar, diplomatlar, xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Forumning V sessiyasi aynan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va jahon oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ekologik qishloq xo‘jaligi masalalariga qaratilgan bo‘lib, unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish, savdo investitsiya va hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan ma'ruza qildi, shuningdek, O‘zbekiston agrosalohiyati namoyish etildi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning asosiy “o‘sish nuqtasi” va drayveri bo‘lishi uchun sohani 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi qabul qilingani esa minglab yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining real daromadini oshirishda yuqori samara beryapti.
Mazkur forum ham biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlar o‘rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
#forum #qishloq_xojaligi #silk_road_samarkand
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM