QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI ENSIKLOPEDIYASI YARATILADI

📆Joriy yil 7-iyulda davlatimiz rahbarining “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023-2024-yillar mobaynida “Qishloq xo‘jaligi terminlarining izohli lug‘ati”ni va “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi”ni Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan nashr qilish va ularning elektron variantlarini tayyorlash vazifasi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi terminlarining izohli lug‘ati”ni nashr qilish hamda “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” loyihasini tayyorlash bilan bog‘liq chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 233-son buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur sohaviy qomus loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 154 nafar ilmiy va ilmiy-pedagog, olim va mutaxassis xodimlardan iborat Ishchi guruh ro‘yxati shakllantirildi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yisha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov rahbarligida “Qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi” loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh a’zolari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasiga kiritiluvchi ma’lumotlar, so‘z (atama)lar haqidagi matnlarga qo‘yiladigan talablar, unga kiritiladigan maqolalarni tayyorlashda tizimdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining o‘zaro uzviy va muvofiqlashgan faoliyatini tashkil etish, belgilangan reja asosida bajariladigan
ish hajmlari va ularning ijro muddatlari batafsil ko‘rib chiqildi.

#ensiklopediya #izohli_lugat #qishloq_xojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM